1. oila instituti transformatsiyasi nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari


OILAVIY MUNOSABATLARDA ANDROGONISTIK YONDASHUV


Download 87.13 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1605404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DILHUMOR OILA VA GENDER

OILAVIY MUNOSABATLARDA ANDROGONISTIK YONDASHUV
Oilaviy munosabatlarda androgonistik yondashuv mavzusiga tuxtalar ekanmiz, avvalo androgonistik yondashuvning o`zi nima degan savolga javob berish lozim. Andragogika (grekcha ἀνήρ anér – erkak, ἄγειν ágein – rahbarlik qilmoq) 1 – oila nazariyasining erkaklar sub‘ekti tomonidan boshqarilishi, erkaklar ustuvorligi mafkurasi, oiladagi erkakning o`rni, shuningdek, oilasi oldida erkakning xususiyatlarini ochib beruvchi bo`limi. ―Androgogika‖ tushunchasini 1833 yilda nemis pedagogika tarixchisi Aleksandr Kapp ilmiy foydalanishga kiritgan. O`zlashtiruvchi xo`jalikdan ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tilishi munosabati bilan ijtimoiy tuzilma shakli sifatida matriarxat o`z o`rnini patriarxatga bo`shatib berdi. Endi, erkak asosiy ta‘minotchi kuch, jamoa boshqaruvchisiga aylandi. Ota urug‘i ustuvorligi, ishlab chiqarish vositalariga egalik erkaklarga o`tib, mehnat qilish shakllari ijtimoiy institut sifatida shakllanib, tovar-pul munosabatlari yuzaga keldi. Poligam munosabatlardan monogam oila tizimiga o`tildi. Xususiy mulk paydo bo`ldi. Ijtimoiy tuzilmaning ushbu shakli xo`jalik yuritish shartlari bilan bog‘liq bo`lib, dehqonchilik, kulolchilik, chorvachilikning asoschisi, mehnat taqsimotini yo`lga qo`yib, dastlabki mehnat qurollarini yaratgan, uy xo`jaligini yuritishni boshlab bergan xotin-qizlar edi. Demak, ayollar ijtimoiy munosabatlar tizimida bunyodkorlik va yaratuvchanlik faoliyatiga tamal toshini qo`ydilar. Sinfiy jamiyatlarning paydo bo`lishi patriarxal tartibotlarni yanada musthakamladi. Ushbu munosabatlar negizida shakllangan ijtimoiy me‘yorlar ilk davlatlarning rasmiy qonunchilik hujjatlarida o`z aksini topdi. Xususan, qadimgi Bobil hukmdori Hammurapi qonunlarida qizlar turmushga chiqqunlariga qadar otasiga tegishli bo`lar, bo`lg‘usi er ularni otadan sotib olishi kerak bo`lgan. Turmushga chiqqan ayol itoat etmasa, eri uni shafqatsiz jazolash huquqiga ega bo`lgan. Xotin-qizlar ayniqsa, iqtisodiy sohada deyarli huquqsiz bo`lib, ularga kimningdir mulki sifatida qaralgan. Bugungi kunga kelib esa xotin-qizlarga kimningdir mulki sifatida emas, balki gender tenglik, feminizm, ayollar va erkaklarning teng huquqligi tushunchalarining kirib kelinishi bilan, xotin-qizlarning huquqlari himoya qilinib kelinmoqda. Shaxslar ijtimoiy mavqei, jinsi va boshqa ijtimoiy ko`rsatkichlaridan qat‘i nazar inson huquqlaridan bir xilda foydalana olishsa, gender tengligi yuzaga keladi. Bitta huquq ham erkakda, ham ayolda bo`lsa-yu, erkak bu huquqdan foydalansa, ammo ayol ayol bo`lgani uchun ham foydalana olmasa, mana shu nuqtada gender muvozanati buziladi. Bunday buzilishlarning bo`lishi esa jamiyatda erkaklar ustunroq, ayollar quyiroqda degan tushunchani paydo qilishi mumkin. Aslida esa huquqlar baravar, lekin shu huquqdan foydalanish imkoniyati turli to`siqlar bilan kamaytiriladi. Oilada gender tengligi bo`yicha muammolar ilgari ham etarlicha mavjud bo`lgan. Ammo ular haqida gapirilmagan, muammolar tabiiy hol deb qabul qilingan. Lekin boshqa manbalar o`qilsa, Qur‘on va hadislar bilan tanishsa, aslida boshqacha bo`lishi, muammolarsiz yashash mumkinligini tushunish mumkin. O`zbek mentalitetida ham, dinimizda ham ayolni xo`rlash yo`q. Islom dinida ayolni xo`rlamaslik, qizlarni tarbiyalaganlarning jannatga tushishi, jannat onalar oyog`i ostiga ekani uqtirilgan.
Gender tengligini birinchi navbatda ayollar – onalar buzishadi. Chunki qizlarga ham, o`g`il bolalarga ham, jamiyatga ham onalar tarbiya berishadi. Ayollarning bunday harakatlari natijasida notenglik odatga aylanib boradi, oqibatda davlatning o`zi ham bunga e‘tibor bermay qo`yishi, jamiyat notenglik muhitiga ko`na boshlashi mumkin. Gender adolati faqat ayollar emas, erkaklar uchun ham kerak. Davlat o`z siyosatini gender yondashuvi bo`yicha tashkil qilishi kerak – erkaklarning ham, ayollarning ham o`ziga xosliklarini inobatga olgan holda ularga o`z huquqlaridan bir xilda foydalana olishini kafolatlashi lozim. Bugun oilada erkakning vazifasi nimadan iborat? Oilaviy barqarorlik uchun to`liq uyg'unlik muhitida, erkaklarning oilasi oldida erkaklarning vazifalari barcha oila a'zolarini bilish juda yoqimli bo`ladi. Erkaklar nafaqat fiziologiyada, balki ular psixologik jihatdan ham farq qiladi, shuning uchun oilaviy majburiyatlar ham ajralib turadi. Oilada namunali er, ota va oila boshlig`i bo`lish uchun nimalar qilish kerak? Oila paydo bo`lganidan to hozirgi davrlarga qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o`zgarib bormoqda. Oila turlari va tarkibida sodir bo`lgan o`zgarishlar va ularga ta‘sir etuvchi omillarni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlari uchun alohida o`rganish zarur.
Oilaning mohiyati – u bajarayotgan vazifalar bilan belgilangan. Oilaning eng muhim vazifasi - bu farzandlarning tug`ilishi, ya‘ni jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi yangi avlod yaratishdir. Oila bugungi shaklida oila a‘zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiymulkiy, ma‘naviy-mulkiy, psixologik munosabatlar, o`zaro javobgarlik his-tuyg`ulari bilan bog`lanib turadilar. Oilada har bir oila a‘zolarining o`z ijtimoiy o`rni bor. Oila paydo bo`lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlardan o`tadi. Ular oilaning tashkil topishi (nikohga kirish) birinchi farzandi tug`ilishi (farzand ko`rish faoliyatining boshlanishi) oxirgi farzand tug`ilishi, oxirgi farzandning oilali bo`lishi, oilasini tashkil etgan er yoki xotinning dunyodan ko`z yumushi. Yuqorida keltiradigan jarayonlar oilaning hayoti davrlari bo`lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi. Ushbu har bir davrning o`ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud. Oila-nikoh munosabatlari, oila tarbiyasi masalalarini o`rganish ham oila va gender sotsiologiyasidan keng o`rin olgandir.
Mamlakatimizda oilalar mustahkamligini, ularda ijtimoiyma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizda ham oila to`g`risida alohida bob ajratilib, oila manfaatlari muhofaza qilinayotganligi va oila mustahkamligi tamoyillari belgilanib, kafolatlanganligi bejiz emas.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish choratadbirlari to`g`risida‖gi PF-5325-sonli Farmoni ham oila mustahkamligini ta‘minlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi rolini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Hozirgi vaqtda nikoh tuzish shartlari haqida to`xtalib o`tadigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 14 va 15- moddalariga muvofiq, nikoh ixtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham 18 yosh) etgandan so`ng tuziladi. Shuningdek, Oila kodeksining 13-moddasiga muvofiq, muhim qaror ustida o`ylab ko`rishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi. Oila va nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash sohasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi ―Jamiyatda ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi ―O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida‖gi qarorining qabul qilinganligi ham mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko`taruvchi muhim qadam bo`ldi Yuqorida sanab o`tilgan hujjatlarga asosan, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligiga:
*jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to`laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko`maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog`lomlashtirishda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o`rnatish;
*oila institutini mustahkamlash bo`yicha, eng avvalo, «Sog`lom oila — sog`lom jamiyat» g`oyasini hayotga tatbiq etishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko`maklashishni tashkil etish;
*xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta‘minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta‘minlash;
*xotin-qizlarning muammolarini o`z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo`lgan va og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish;
*xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo`llab-quvvatlash;
*fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini qo`llabquvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
*fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o`rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta‘sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;
*mahallalarda qonun ustuvorligini ta‘minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o`zaro hamkorligini mustahkamlash;
*yolg`iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta‘minlangan oilalarga moddiy ko`maklashish, ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni ta‘minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
*fuqarolar yig`inlarining moddiy-texnika ta‘minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Yuqoridagi islohotlarning samarasi sifatida aytib o`tsak bo`ladiki, mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarini azaliy qadriyatlarimiz va bugungi kun talablari asosida rivojlantirish borasida ko`rilayotgan amaliy choralar negizida ana shunday ezgu maqsadlar mujassamdir.


XULOSA
Oila – bu murkkab sosiomadaniy hodisadir. U o`zida inson hayotiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas hodisaga aylandi, shuningdek, tashkillangan sotsial guruh sifatida uning a‘zolari umumiy ro`zg‘or, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, jamiyatning jismoniy va ma‘naviy o`z-o`zidan qayta ishlab chiqarilish ehtiyoji bilan shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‘langan. oilaning rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh oila alohida sotsial qimmatga ega. Yosh oila sifatida er-xotinning yoshi 30dan oshmagan, 5 yillik birgalikdagi hayot tajribasiga ega, rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi oilani nazarda tutish maqsadga muvofiq. mamlakatimizda yosh oila rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi birinchi bosqich, birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq ikkinchi bosqich, oilaviy byudjetni shakllanishi, yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari ro`yobga chiqariladigan uchinchi bosqichni bosib o`tadi. Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy jamiyatlarning asosiy muammolaridan biridir. oila, uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, shuningdek, doimiy o`sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir; Oila institutidagi zamonaviy o`zgarishlar, zamonaviy sosium sharoitida oilaning barbod bo`lishini emas, aksincha doimiy tarzda sodir bo`layotgan o`zgarishlarga moslashishning nisbatan optimal shakllarini qidirishdan iboratdir. Chunki, oila va oilaviy turmush tarzi qadriyatlari zamonaviy yoshlar qadriyatlari tuzilmasidagi bosh qadriyatlardan biridir.

Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling