1. oila instituti transformatsiyasi nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari
Download 87.13 Kb.
|
DILHUMOR OILA VA GENDER
OILA INSTITUTI TRANSFORMATSIYASI
Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligining yanada oshib borishi an‘anaviy jamiyatdan zamonaviy (modern)lashgan jamiyatga o`tish jarayoni davomida yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Zero, jamiyatning zamonaviylashuvi jarayoni dastlab rivojlangan g‘arb davlatlari ijtimoiy qiyofasini o`zgartirgan bo`lsa, keyinchalik butun dunyoda yangilanishlar zanjirini hosil qildi. Bu jarayon bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikdagi siyosiy, iqtisodiy, intellektual transformasiyalar mahsuli sifatida jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Individning shaxsiy va kasbiy hayotida kechayotgan gender munosabatlar bundan mustano qolmadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan jinslararo tafovut doirasidagi stratifikasion tasnif asosida xotin-qizlar sosiomadaniy qiyofasidagi o`zgarishlar tahlil etilib, quyidagi xulosaga kelindi: - jismoniy-irsiy stratifikasiya tizimi ijtimoiy guruhlarning «tabiiy» ijtimoiy-demografik belgilariga tayanadi. Bunda «boshqalarga nisbatan zaif va jismoniy nuqsonlarga ega kishilar past ijtimoiy mavqyeni egallaydi»57. Tabiiy-biologik asosga ega ushbu tizimda jismonan zaifroq sanaluvchi xotin-qizlar o`z-o`zidan erkaklarga nisbatan quyi pog‘onani egallaydi; - ijtimoiy-professional stratifikasiya tizimida esa mehnat mazmuni va shart-sharoitlariga ko`ra jamiyat turli kasblarning stereotiplashgan «erkaklarga xos» yoki «xotin-qizlarga xos»ligi taqsimoti bilan izohlanadi. Odatda, «xotin-qizlarga xos» kasblarning aksariyati erkaklarning nisbatan bepisandroq munosabatiga sabab bo`ladi. Ilmiy tadqiq etilayotgan masala mazmunan bu ikkila turdagi funksiya doirasida bo`lib, jamiyatdagi jinsli-rolli tafovutlar qoliplariga mutanosib hulq-atvor modellari doirasida aksariyat ayollar kasbiy maqomning nufuzli shakllari uchun kurashdan chetlatilgan va ayol o`zi mansub sinfiy qatlam erkaklari bilan nufuzli maqom uchun ochiq raqobatda zaif muxolifat sanaladi. Erkak va ayollarning hulq-atvor me‘yorlari, ularning asl «tabiiy» sifatlari, ayollik nafosati kabi tushunchalar patriarxal jamiyatning ijtimoiy-madaniy voqyeligi, gender stereotiplaridan kelib chiqib asrlar davomida o`zgarib borgan. Ayniqsa transformasion jarayonlar, burilishlar va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirayotgan davlatlarda ayollarning mavqyeiga ta‘sir ko`rsatuvchi salbiy omillari ko`payadi. Modernlashgan postindustrial jamiyatlarda jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi murakkab va chigal munosabatlar tizimi ma‘lum transformasiyalarni boshidan kechirar ekan, bunday holat xotin-qizlarga nisbatan diskriminasiyaning har qanday shakllariga barham berilishi g‘oyalariga tayandi. Ayniqsa, mehnat sohasida jinslararo muvozantni o`rnatish masalasi dolzarblashdi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, XX asrning 80 yillarigacha stratifikasiya nazariyotchilari jinsiy taqsimot muammolarini deyarli o`rganmadilar. Ushbu davrgacha bo`lgan tadqiqotlarda ayollar erkaklar bilan yagona ishchi sinfi yoki o`rta sinf tarkibiga kiritib yuborilgan yoki ayolning mavqyei oila mavqyeiga tenglashtirilgan. Oila mavqyei esa erkakning kasbiy hayotida «o`z darajasi (mavqyei) ni topish» orqali belgilangan. Oqibatda, jamiyatda erkakning kasbiy maqomi ayolning mavqyeini belgilovchi omil ekanligi borasidagi aqidalar mustahkamlandi. Tez orada jinslararo munosabatlarni stratifikasiya muammolari bilan uzvilikda o`rgangan gender tadqiqotlarning butun boshli to`lqini ko`tarildi. Ayollarning ijtimoiy mobilligi mustaqil omil sifatida o`rganib boshlandi. E.Xit o`z tadqiqotlarida ayollar va erkaklarning kasbiy imkoniyatlarini solishtirganda ayollarning kundalik toliqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnat bilan bog‘liq quyi lavozimlarni tark etish ehtimoli erkaklarga nisbatan past ekanligini aniqladi58. Muallif ayollarning vertikal mobilligi nikohga kirishish munosabati bilan muvaffaqiyatli bo`lib borishini ta‘kidlaydi. Demak, ushbu holatda ham ayolning ijtimoiy faolligining bosh omili sifatida uning oilaviy maqomi ustuvorligi ta‘kidlanadi. Ayollar masalalari bilan atroflicha shug‘ullangan G. Sillastening fikriga ko`ra, ijtimoiy mobillik keng ma‘noda – ayollarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mavqyeini o`zgarishi va o`zgaruvchan hayotiy faoliyat sharoitlariga moslashuvini anglatadi. Tor ma‘noda – ijtimoiy mobillik ayolning o`z lavozimiy va kasbiy maqomini o`zgaritirish va nihoyat yangi ijtimoiy va iqtisodiy muhitga moslashishdagi individual imkoniyatlarini angladi59 . G.Sillaste ayrim g‘arb mualliflarining jamiyatdagi transformasion jarayonlarda jinsning psixobiologik va fiziologik xususiyatlari erkak va ayol xulq-atvori modellarini shakllantiruvchi bosh omil ekanligi haqidagi fikrlariga zid ravishda ijtimoiy omillarni ko`rsatadi. Albatta jinsiy taqsimotni sinfiy differensiasiyaning davomi sifatida qabul qilish o`ta qo`pol soddalik, ushbu yirik tushunchaning turli bo`laklarini «yutib» yuborish bo`lar edi. Ayollar gorizontal va vertikal segregasiya obyekti sifatida umumiy sinfiy taqsimotga singib ketmaydigan alohida kategoriyani hosil qiladi. Gorizontal segregasiya kasblarning «erkaklarga xos» yoki «ayollarga xos»ligi aqidasidan kelib chiqib ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligini ma‘lum sohalarda jamlashini anglatadi. Aksariyat hollarda bandlikning ta‘lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, oziq-ovqat ta‘minoti, maishiy xizmat kabi sohalarida ayollar ulushi baland. Ko`pchiligi monoton konveyrli liniyalarda mehnat qiladi. Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1. Ijtimoiy institutlarni paydo bo`lishining zarur shartsharoitlaridan biri shunga xos ijtimoiy talabalarning paydo bo`lishidir. Institutlar odamlarning u yoki bu talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda faoliyat ko`rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi, jinslar va avlodlar o`rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Oliy ma‘lumot instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi, odamlarga o`zini turmushini ta‘minlash uchun o`z qobiliyatini rivojlantirish, namoyon etish, realizasiya uchun imkon beradi. 2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o`zaro hamkorlik, aniq shaxs, ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatining asosida tashkil qilinadi. Ammo boshqa ijtimoiy tuzumlar kabi ijtimoiy institut hamshaxslar va ularning hamkorligiga qo`shilmaydi. Ijtimoiy institutlar xususiy tavsifga ega, o`zining xususiy tizimi va sifati bor. Binobarin, ijtimoiy institut o`zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy ta‘limdir. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy institutlar turgan tarkibiga ega, elementlarning integrallashgan va funksiyalarining ma‘lum bir o`zgarishga ega tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida qurilishi mumkin. Bu qanday tuzumlar? Ularning asosiy elementlari nimalardan iborat? Eng avvalo, bu qadriyatlar, me‘yorlar, g‘oyalar, shuningdek, odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarining faoliyati namunasi, tuzimidir. Bu tuzum odamlarning to`g‘ri yurish-turishiga kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal etadi. U yoki bu jamoa jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlikni holatini saqlaydi. 3. Uchinchi, institutlashtirishning eng muhim elementlaridan biriijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut moddiy manba bilan ta‘minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni bajarayotgan shaxslar, muassasalar majmui bo`lib ko`rinadi. Shunday qilib, oliy ma‘lumot instituti ma‘lum bir shaxslar majmui: o`qituvchilar, xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo`lib, muassasa yoki oliy maktab bo`yicha Davlat qo`mitasi chegarasida harakat qiladilar va o`z faoliyati uchun ma‘lum qimmatli materiallardan foydalanadilar (binolar, moliya va boshqalar). Har bir ijtimoiy institut o`z faoliyati maqsadiga, shu maqsad yo`liga aniq ish harakatiga, ijtimoiy dunyoqarash rollari to`plamiga ega. Yuqoridagilarga asoslanib, ijtimoiy institutni quyidagicha ta‘riflash mumkin. Ijtimoiy institutlar-bu aniq ahamiyatga ega ijtimoiy vazifani bajaruvchi, o`zining a‘zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida birgalikda ijtimoiy qadriyatlar, me‘yoriy va yurish-turish namunalari, vazifalarini bajarish yo`lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni ta‘minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir. Har bir institut o`ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu ijtimoiy vazfalar to`plami ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari darajada tashkillanadi. Bu vazifalar rang-barangdir. Nisbatan to`la va qiziqarli tasnifni «institutlashtirish maktabi» deb ataluvchi maktab vakillari taklif qilishdi. Bu maktab vakillari S.Lipset, D.Landberg va boshqalar. Ijtimoiy institutning to`rtta asosiy vazifalarini belgilashdi. 1.Jamiyat a‘zolarini yetishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalandavlat; 2. Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa jamoa tashkilotlari siyosiy hukumronlikni aniq shakllarini qo`llabquvvatlovchi va shu hukumronlikni o`rnatuvchi siyosiy maqsadni ko`zlaydilar. Ularning barchasi mazkur jamiyatning siyosiy tuzimini tashkil qiladi. Ijtimoiy institutlar g‘oyaviy qadriyatlarni saqlash, jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibini ustivor bo`lishni ta‘minlaydi. 3. Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o`z oldiga madaniy hamda ijtimoiy qadriyatlarni o`zlashtirish va rivojlantirish, shaxsni aniq bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek, ijtimoiy-madaniy intizom standartini o`zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me‘yorlarini himoyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. 4. Me‘yoriy mo`ljal mexanizmlarni axloq, etikani o`zlashtirish va shaxs intizomini tartibga solish. Ularning maqsadi intizom va yurishturishga axloqiy dastak, estetik asos berish. Bu institutlar hamkorlikda umuminsoniy qadriyatlar, intizomning maxsus kodeksi va etikasini tasdiqlaydilar. 5. Me‘yoriy sanksiyalovchi-huquqiy va ma‘muriy aqidalarda belgilangan me‘yor, qoidalar va ko`rsatmalar asosida umumijtimoiy intizomni tartibga solish. Me‘yorning majburiyligi davlat va taalluqli sanksiyalar tizimining majbur qiluvchi kuchi orqali ta‘minlanadi. 6. Marosim-timsol va vaziyat konvension institutlar. Bu institutlar (shartnoma asosida) qisqacha yoki uzoq vaqtga konvensiya me‘yorlarini qabul qilishga asoslangan. Bu me‘yorlar kundalik to`qnashuvlarini, turlituman guruhlar yoki guruhlararo intizomni tartibga soladi. Ular tartibintizomning tartibini aniqlaydilar, axborot almashish usullarini vaqt soatini belgilaydi. Salomlashish, murojaat qilish, masjislarni, yig‘ilishlarini qandaydir birlashmalar faoliyatini soatini ham belgilaydi. O`zaro me‘yoriy hamkorlik (ijtimoiy muhit bilan) ijtimoiy institut disfunksiyasi deyiladi. Avval aytib o`tganimizdek, ijtimoiy institutning aniq harakat qilish va vakillashtirish asosiy u yoki bu ijtimoiy talabalarni qondirishdir. Ijtimoiy jarayonlarning jadal oqimi, ijtimoiy o`zgarishlar tempining tezlashishi sharoitida jamiyat talablari o`ziga xos ijtimoiy institutning faoliyati va tarkibida o`z aksini topa olmasligi ham mumkin. ularning faoliyatlaridan disfunksiyalar paydo bo`lishi mumkin. Disfunksiyalar maqsadining aniq emasligi, uning ijtimoiy nufuzini va obro`yi tushganda alohida faoliyatini «Timsoliy» faoliyatini paydo bo`lishida, ya‘ni faoliyatining samarali maqsadga erishishiga qaratilmaganligida ifodalanadi. Jamiyat talabi qondirilmaganligi natijasida hayotiy me‘yoriy tartibga solinmagan, institut disfunksiyaning to`ldirishga intilgan, shu maqsadda joriy me‘yor va qoidalarini buzilishlar ro`y beradi. Bu xil faolliklar huquqqa qarash faoliyatlarda ifodalashi mumkin. Ayrim iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «tenevaya ekanomika» ya‘ni chayqovchilik, poraxo`rlik, o`g‘rilik va hokazolarga sabab bo`ladi. Disfunksiyani ijtimoiy institutining o`zini o`zgartirish yoki bo`lmasa yangi mazkur jamiyat talabini qondiruvchi institut yaratish yo`li bilan bartaraf qilish mumkin. Tadqiqotchilar ijtimoiy institutlarning ikki xilini ajratmoqdalar: Oddiy va murakkab xillari. Oddiy ijtimoiy institutlarijtimoiy ahamiyatga ega, aniq vazifani bajarayotgan odamlardan tashkil topgan birlashmadir. Ular birgalikda va maqsadini ko`zlaydilar, shu maqsad yo`lida har bir odam o`zining ijtimoiy vazifasini bajaradi. Bu saviyada boshqaruvchi tizim mustaqil tizim sifatida ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, ma‘naviyatlar, me‘yorlar o`zlari ijtimoiy institut faoliyatini ta‘minlaydilar. 3. Oddiy ijtimoiy institutning namunasi-oila institutlar A.G.Xarchyov oilani nikoh va qondoshlikda asoslangan umumiy maishat va o`zaro javobgarlik bilan bolangan odamlar birlashmasi deb ta‘riflaydi. Oilaviy munosabatlar eng avvalo, nikohdan boshlanadi. Nikoh-ayol va erkak munosabatlarini tarixiy o`zgaruvchan ijtimoiy shaklidir bu munosabatlar orqali jamiyat ularning jinsiy hayotining tartibi va huquqlarini belgilaydi. Ularning qondoshlik va er-xotinlik huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ammo oila nikohga nisbatan ancha murakkab munosabatlar tizimini belgilaydi. Chunki u nafaqat erxotinning balki bolalar va boshqa qarindoshlarni birlashtiradi. Shuning uchun oilaga faqat nikohda birlashgan guruh sifatida emas, ijtimoiy institutlar sifatida, ya‘ni inson avlodini davom ettiruvchi o`zaro hamkorlik va munosabatlarning aniq qadriyatlar va me‘yorlar asosida faoliyat ko`rsatuvchi shaxslarning aloqaviy tizimi sifatida qarash joizdir. Bu institut keng ko`lamda ijtimoiy nazorat ostiga olingan. Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o`tadi. Bu bosqichlarning ketma-ketligi oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini tashkil qiladi. Tadqiqotchilar bu jarayonda turli fazalarni ajratmoqdalar. Ammo ularning ichida eng asosiylari quyidagilardir. A) birinchi nikohdan o`tish-oilani tashkil bo`lishi. B) bolalanishning boshlanishi - birinchi bolaning tug‘ilishi. V) bolalanish nihoyasi-kenja bola tug‘ilishi. G) «bo`shagan uya» oxirgi farzandning nikohi va uning oiladan bo`linishi. D) oilaning tugatilishi-er-xotinlardan birini o`limi. Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish aqidalari mavjud: nikoh shakliga qarab oila manogom va poligam oilaga bo`linadi. Download 87.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling