1. Oksidlar Asoslar Kislotalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Oddiy moddalar
Xossalari. Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda gazsimon (SO
Download 118.45 Kb.
|
anorganik-moddalarning-sinflari- (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amfoter oksidlar.
- Betaraf oksidlar.
- Aralash oksidlar.
- Me(OH) n
- Cu(OH) 2 , Mn(OH) 2 , Fe(OH) 2 , Cr(OH) 3
Xossalari. Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda gazsimon (SO2, NO2, CO2), qattiq holatda (P2O5, CrO3, SiO2, N2O5) uchraydi. Kislotali oksidlarni suv bilan o’zaro ta’siridan kislotalar hosil bo’ladi. Faqat kremniy(IY) oksidgina suv bilan o’zaro ta’sir etmaydi.
Ishqorlar ta’sir etganda kislotali oksidlarning tuzlari hosil bo’ladi: Ma’lum sharoitda kislotali oksidlar tuzlar bilan ham ta’sirlashadi: Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar (4-jadval) bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega. Amfoterlik xossalari ZnO, BeO, SnO, PbO, Al2O3, Cr2O3, SnO2, PbO2, GeO2va MnO2 da ham kuzatiladi(4-jadval). 4- jadval. Amfoter oksidlarning kislotalari va asoslari
*bunday kislotalar erkin holda mavjud emas. Xossalari. Amfoter oksidlar suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi: Xrom(III) oksidi kislota va ishqor eritmalarida erimaydi. Lekin ishqorlarda yoki karbonatlar ishtirokida suyuqlantirilsa xromitlar hosil qiladi: Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi. Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi. Betaraf oksidlarga CO, NO,N2O, SiOkabioksidlar kiradi. Peroksidlar. Peroksidlar oq qattiq moddalardir. Bunday birikmalarni vodorod peroksidning H2O2tuzlari sifatida qaralishi mumkin.Peroksidlarga Na2O2, K2O2, BaO2, ozonid birikmalar KO3 kabi moddalarni olish mumkin. Peroksidlar faol metallardan bo’lgan ishqoriy metallarning havoda yonishida hosil bo’ladi: Aralash oksidlar. Bunday moddalar qatoriga oksidlarning aralashmasi yoki ularni tuzlar deb qarashga to’g’ri keladi. Masalan: Fe3O4, Pb2O3, Pb3O4, Mn2O3, Mn3O4, Co3O4. Bu oksidlar biror metallning tuzi ko’rinishida yozilsa Fe(FeO2)2, PbPbO3, Pb2PbO4, Mn2MnO4 tuzlar sifatida yozilishi mumkin. Aralash oksidlar qatoriga shpinellar , ya’ni II va III valentli oksidlar aralashmasini ham kiritish mumkin. Masalan: FeO*Al2O3, ZnO*Al2O3, MgO*Al2O3va boshqalar. 2.Asoslar Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(OH)n . Me metal atomi, n- metallning valentligi. Elektrolit sifatida asoslarning dissosialanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi. Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko’k rangga, fenolftalein indikatori qizil - pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to’qimalarni yemirish xossasiga ega. Agar asos ko’p kislotali bo’lsa dissotsialanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaliligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng. Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga NH4OH, LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Dissotsialanish qobiliyatiga ko’ra asoslar kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi. Suvdagi suyultirilgan eritmalarda to’la dissotsianadigan asoslarni kuchli asoslar deyiladi. Kuchli asoslarga barcha ishqorlar kiradi. Ishqor so’zi “o’yuvchi” ma’nosini beradi. Suvda erimaydigan asoslar oz dissotsialanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissotsialanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, va boshqalar . Nomlanishi. Asoslarni nomlash ularga asos yoki gidroksid so’zini qo’shish orqali amalga oshiriladi. NaOH natriy gidroksidi, natriy asosi, o’yuvchi natriy. Agar biror metallning bir necha gidroksidlari bo’lsa Cr(OH)2 -xrom(II) gidroksidi, Cr(OH)3- xrom(III) gidroksidi va hokazo. Olinishi. Faol metallardan bo’lgan ishqoriy va ishqoriy-yer metallari suvda eritilsa ishqorlarga aylanib vodorodni ajratadi: Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari). Gidridlar, nitridlar, fosfidlar va sulfidlarning suv bilan ta’sirlashganida ham asoslar hosil bo’ladi: Erimaydigan asoslar olish uchun metallarning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettiriladi: Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling