1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi sizga ta`zim, Aziz ustozlar


Download 39.99 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi39.99 Kb.
#1752545
  1   2   3
Bog'liq
02 1-OKTYABR


1-OKTYABR –
USTOZ VA MURABBIYLAR
KUNIGA BAG’ISHLANGAN

TADBIR
SENARIYSI



Sizga ta`zim, Aziz ustozlar



Zal bayromona bezatilgan. Musiqa sadolari ostida bolalar qo’llarida gullar, sharlar bilan kirib keladilar.


Boshlovchi: - Assalomu alaykum, xurmatli mehmonlar! Sizlarni umumxalq bayrami – Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizdan boshlanadi asl tatafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!
(Abdulla Oripov)
Bola: - Boshda fikr nuri-gavhar,
Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Ishimizda gar sezga nuqson,
Yuragida turar, to’fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon.
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Ishi bilan dili birdir,
Do’sti yorga shirish tildir.
To’lqin ursa Amu-Sirdir,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Mustaqillik xush zamona,
Xush zamonga u parvona
Yurtim, elim, deya yona,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!

“Bog’cha apa, bo’lmang xafa!” qo’shig’ini kuylaydilar. Gul va sharlar bilan “Bayramingiz muborak” raqsini ijro etadilar.


Boshlovchi: - Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan 1997 yili 1 oktyabrni “O’qituvchi va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami deb, e’lon qilindi. Bolajonlar, ustoz deganda ko’z oldingizda qanday insonlar namayon bo’ladi?
Bola: - Bizlarga odob va axloqni o’rgatuvchi opamiz.
Bola: - Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o’yinlar o’rgatuvchi opamiz.
Bola: - Ular bizlarga tinmay bilim beradilar, hisob-kitobni o’rgatadilar.
Bola: - Ulug’larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni ehzozlashni,
Ham qo’ynida yayrashni,
Bulbul bo’lib sayrashni,
O’rgatadi opamiz.
Boshlovchi: - Barakalla, juda to’g’ri topdingiz. Ustoz ana shunday ulug’ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlar qancha shirin so’zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: - Assalom, aytamiz sizga azizlar!
M ing kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom, so’ziday aziz bo’lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo’lingiz.

Download 39.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling