1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi sizga ta`zim, Aziz ustozlar


Download 39.99 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi39.99 Kb.
#1752545
1   2   3
Bog'liq
02 1-OKTYABR

Boshlovchi: - Ustozlarni ulug’lovchi yana qanday she’rlarni bilasiz?
Bola: - Ustozlarim bor bo’ling,
Burgut bo’ling,sor bo’ling.
Suyanuvchi tog’ bo’ling,
Baxtimizga sog’ bo’ling.
B ola: - O’tkirlashdi zehnimiz,
Sizga oshdi mehrimiz.
To’lib toshdi qalbimiz,
Baxtimizga sog’ bo’ling.
Bola: - Mehr suvi ichirdingiz,
Ishlarimiz tekshirdingiz.
Xato qilsak kechirdingiz,
Baxtimizga sog’ bo’ling.
B oshlovchi: - Aziz ustozlar, hamkasb do’stlarim, siz bilan bizning oldimizda buyuk vazifa, ya’ni – kelajagi buyuk yurtning sog’lom avlodlarini har tomonlama yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash turgan ekan, ana shu sharafli vazifani bajarishda sizlarga sabr-toqat va omad tilab qolaman!
Bola: - Qanchalar baxt erur ushbu onlarda,
Ustoz atalmish zotlarga ta’zim.
Men shoir emasman, bitolmam bayot,
Lek faqat istagim tashakkur aytmoq,
Siz kabi buyuk zotlar nomiga.
Bola: - Ollohim yaratib, odamiy zotni,
Taqsimlab bermish vazifalarni.
Sizlarga yuklabdir buyuk vazifa.
Siz jajji go’dakni azaldan yo’llab,
O’rgatar ekansiz odob-axloqni.
Bola: - Salom berib, aqil olishni,
Hurmat qilib, izzat ko’rishni.
Bobo-yu, momolarga ta’zimda bo’lib,
Urf-odatlarni saqlab qolishni,
Olamni asrashni, odam bo’lishni,
Gulzor yaratib bog’bon bo’lishni.
Bola: - Barcha ezgulikni o’rgatgan sizlar
Yana bir bora egib boshimiz
Sizlarga qilgumdir ta’zim va ta’zim,
Hamma: - Aziz, mehribon, munis, Ustozim!


Bolalar “Yurtim” qo’shig’ini kuylaydilar. (G.Quchfarova musiqasi)


Boshlovchi: - Mana shunday, ma’suliyatli kasb egalari bo’lmish ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram bo’lsin!



Download 39.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling