174. Absolyut (mutlaq) xatolik deb nimaga aytiladi?
a) kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolik
b) kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanuvchi, olingan natija bilan kattalikning chinakam qiymati ayirmasi
c) absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) larda ifodalanadi
d) vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatolik
175. Bevosita baholash usuli nima?
a) o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash
b) kattalikning qiymati bevosita o‘lchash asbobining ko‘rsatishiga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlanadigan o‘lchash usuli
c) o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli
d) o‘lchanadigan kattalikning va o‘lchovning taqqoslash asbobiga bo‘lgan ta’siri natijasini nolga keltirish
176. O‘lchov bilan taqqoslash usuli nima?

177. O‘lchash vositalarini turlarini belgilang?
a) o‘lchovlar
b) o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari
c) o‘lchash qurilmalari, etalonlar
d) barchasi to‘g‘ri
178. Standartlashtirish nima?
a) mahsulot yoki xizmatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat
b) o‘lchash vositalarini metrologik xizmat orqali berilgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash jarayoni
c) haqiqiy mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalarda barcha tomondan ko‘p marta foydalanish uchun ma’lum sohada nizomlar o‘rnatish vositasida maqbul darajada tartibga solishga yo‘naltirilgan faoliyat
d) haqiqiy mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalarda 1 tomondan 1 marta foydalanish uchun ma’lum sohada tartib o‘rnatish vositasida maqbul darajada tartibga solishga yo‘naltirilgan faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |