34. O‘lchash o‘zgartkichi deb nimaga aytiladi?
a) o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatiga aytiladi
b) o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqiga aytiladi
c) o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi
d) bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga aytiladi
35. Raqamli o‘lchash asbobi deb nimaga aytiladi?
a) kirish qismiga o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi, qarshilik, induktivlik va sig‘imni kuchlanishga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlarga aytiladi
b) o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi
c) bu muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir
d) asosiy qismi integrallovchi xossaga ega o‘zgarmas tok kuchaytirgichga aytiladi
36. Raqamli o‘lchash asbobining asosiy xatolik manbalari nimalar hisoblanadi?
a) Diskretlashtirish va kvantlash
b) Diskretlashtirishi
c) Kvantlash
d) Tebranishlar
37. Raqamli qayd etish qurilmasi (RQQ) o‘lchanayotgan kattalik bo‘yicha kodlangan ma’umotni raqamli qaydnoma tarzida, ... qulay formada ko‘rsatadi
a) yozishga
b) ekranga
c) uzatishga
d) operatorga
38. Raqamli o‘lchash asboblarining qanday kamchiliklari mavjud?
a) murakkabligi, tannarxining balandligi, nisbatan ishonchliligi pastroq
b) ta’sirlarga chidamsizligi, tannarxining balandligi
c) turli muhitlarda ishaltib bo‘lmasligi
d) murakkabligi, tannarxining balandligi
Do'stlaringiz bilan baham: |