1. Oltin metallurgiyasining dastlabki rivojlanish bosqichlari
Nodir metallarning iqtisodiyot sohasidagi o
Download 25.81 Kb.
|
NODIR METTALAR MINERALLARINI TAVSIFLASH
3. Nodir metallarning iqtisodiyot sohasidagi o’rni
Oltinning eng yaqin xususiyatlarini o’zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab-chiqarish va xalq xo’jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o’rinda turadi. Oltin o’zining o’zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomalasi o’rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg’armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir. Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o’tga va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qo’llaniladigan dastgohlarda ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, reaktiv dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng qo’llaniladi. Turli xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda elektronika va elektrotexnikada keng qo’llaniladi. Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush qoplama, xalq xo’jaligida idish-tovoq tayyorlashda ishlatiladi. Kumush idishlarda saqlangan suv uzoq paytgacha aynimaydi. Platina va platinoidlardan eng sezgir, o’tga chidamli, asbob-uskuna, laboratoriya jihozlari tayyorlashda ishlatiladi. Platina va palladiy neft sanoatida katalizator sifatida keng ishlatiladi. Shu boisdan nodir metallarni ko’proq ishlab-chiqarish zarurdir. Buning uchun rudalar tarkibida murakkab sharoitda bo’lgan nodir metall elementlarini, fan va texnikaning eng ilgor, faol, samarali yutuqlaridan foydalanish zarur bo’ladi. Misning asosiy iste’molchilari foto va kinomotografiyada, rentgenografiyada va boshqa foto mahsulotlar olishda ishlatiladi. Shuningdek kumush elektronika va elektrotexnikada, radiotexnika va mashinasozlikda keng qo’llaniladi. Kumushning muhim iste’molchilaridan raketasozlik, kosmik va aviotexnika, dengiz xarbiy qismlar, Shuning bilan bir qatorda kumush-rux va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish sanoatidir. Xozirgi vaqtda kumushning 70%dan ortig’i sanoat maqsadida ishlatilsa, qolgan qismi esa tanga tayyorlashda, bezag vositalar va uy ro’zg’or buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Kumushning asosiy iste’molchilari (t/y): AQSH 3500-4500; Rossiya 1400-1500; Yaponiya 1800-3200; Italiya 900-1100; Angliya 700-850; Fransiya 450-600. Bu davlatlar hissasiga barcha iste’mol qilinadigan kumushning 85% to’g’ri keladi. Kumush ishlab chiqarishning 80% yo’ldosh usulda qazib olishga asoslangan bo’lib faqat 20% gina to’g’ridan to’g’ri rudadan olinadi. Platina guruhi metallari yuqori karroziyaga chidamli va eng qiyin sharoitlarda ham o’z xususiyatlarini o’zgartirmasligi sababli xalq xo’jaligida keng qo’llanildi. 2-jahon urushiga qadar 60% platina zaragarlik va meditsinada ishlatildi. 2-jaxon urushidan so’ng esa Shu sohalarda platina qo’llanilishining ulushi 810% gacha tushib ketdi. Shuning bilan bir qatorda platina sanoatda keng qo’llanila boshlandi. Platina guruhi metallarining asosiy iste’molchilari kimyo sanoati, neftni qayta ishlovchi sanoatda, elektrotexnikada va avtomabil sanoatida, Shuningdek shisha ishlab chiqarishda, asbobsozlikda va mudoofaa sanoatida keng qo’llaniladi. Kimyoviy tajriba sharoitida platina tajriba idishlari va dastgohlarida tayyorlashda ishlatiladi. Bu metallar elektrotexnika sanoatida eritmalarda erimaydigan anod shaklida qo’llaniladi, masalan vodorod pereoksid ishlab chiqarish sanoatida, perxlorat olishda keng qo’llaniladi. Platina va palladiy qoplamalari reaktorlar va maxsus idish va dastgohlar tayyorlashda ishlatiladi. Kimyo sanoatida platina va palladiy maxsus machalkalar olishda, panjaralar tayyorlashda, similar listlar va kalloidlar olishda qo’llaniladi, Shuningdek organik va neorganik mahsulotlar olishda katalizator sifatida ishlatiladi. Ularni azotdan ammiak ishlab chiqarishda ishlatiladi. Katalizator sifatida platinining qotishmalari Ya’ni palladiy-platinali, rodiyli, iridiyli va ruteniylilari ishlatiladi. Elektrotexnika sanoatida, elektronika va asbobsozlikda platina keng qo’llanilib, platina qotishmalari kontaktlar tayyorlashda, elektr qarshilik asboblarida, potensometr olishda, elektr saqlagich ishlab chiqarishda, rentgen quvurlarini elektrodlari olishda, aloqa vositalarida, astronomik asboblar olishda ishlatiladi. Platina va rodiyli qotishmalar yuqori haroratni o’lchovchi termoparalar olishda ishlatiladi (1300-1800 °S). 40% Ir va 60% Rh li qotishmalar 2000-2300 0C temperaturani o’lchashga bardoshlidir. Ruteniy yuqori zichlikka ega bo’lgan detallar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Osmiy va Iridiy juda yuqori qattiqlikka egaligi bilan boshqa metallardan ajralib turadi va Shuning uchun yuqori aniqlikka ega bo’lgan o’lchov asboblari olishda ishaltiladi. Platina va kobalt qotishmasi kuchli doimiy magnit olishda ishlatiladi. Meditsinada platina va uning qotishmalari igna, shprislar tayyorlashda ishlatiladi. Palladiy tish protezlari olishda ishlatiladi. Palladiy va ruteniy bir muncha platinadan arzon bo’lib, boshqa qimmat metallarni o’rnini almashtirish uchun ishlatiladi. Sof volfram oqish kulrangdagi juda og‘ir va juda qiyin eruvchan metaldir. Volframning klarki 0,0002, erish harorati 3410 °C, qaynash harorati 5500 °С, solishtirma og‘irligi 19,3. Volfram ajoyib xossalarga ega izdirilganda yuqori darajada elektron emissiyaga ega, qizdirilganda deyarli kengaymaydi, ko‘p metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlari uchun volfram elektr chiqarishdaishlab chiqarishda, maxsus mustahkam va yuqori haroratga chidamli bo‘lgan qotishmalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi (9-rasm). Bundan tashqari kimyo sanoatida bo‘yovchi modda sifatida,yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishda, katalizator sifatida ishlatiladi. Qimmatbaho metall nodir metaldir va shuning uchun juda yuqori qiymatga ega. Xo’sh, nodir metallar nima? Quyida keltirilgan nodir metallarning xususiyatlari va ulardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lamiz. Nodir metallar haqida o’ylaganimizda, birinchi navbatda oltin va kumush xayolimizga keladi. Ammo bu qimmatbaho deb hisoblangan ikkita metall, ammo yana bir nechtasi bor. Sarmoyalar bo’yicha to’rtta qimmatbaho metallar oltin, kumush, platina va paladiydir. Shu bilan birga, platina oilasi a’zolari ham qimmatbaho metallar hisoblanadi. Xo’sh, bu metallarni boshqalardan nimasi bilan farq qiladi? Nima uchun nodir metallar bu qadar qimmat? Buning sababi shundaki, ular faqat o’ziga xos o’ziga xos xususiyatlarga ega va bu ularning jahon bozoridagi talabining ortishi hisobiga qiymatini oshiradi. Qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish oqilona investitsiya qarori hisoblanadi, chunki ularning qiymati hech qachon pasaymaydi. Nodir metallar qaysilar Quyida keltirilgan nodir metallar ro’yxatida har bir metalning fizik xususiyatlari, shakllanishi va ishlatilishi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Har bir metall uchun siz unga tegishli kimyoviy belgini, atom raqamini, atom massasini va elektron konfiguratsiyasini (elektronlarning qobiqlarda joylashishi) topasiz. Nodir metallar haqida – qimmatbaho metallar Qimmatbaho metall nodir metaldir va shuning uchun juda yuqori qiymatga ega. Xo’sh, nodir metallar nima? Quyida keltirilgan nodir metallarning xususiyatlari va ulardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lamiz. Nodir metallar haqida o’ylaganimizda, birinchi navbatda oltin va kumush xayolimizga keladi. Ammo bu qimmatbaho deb hisoblangan ikkita metall, ammo yana bir nechtasi bor. Sarmoyalar bo’yicha to’rtta qimmatbaho metallar oltin, kumush, platina va paladiydir. Shu bilan birga, platina oilasi a’zolari ham qimmatbaho metallar hisoblanadi. Xo’sh, bu metallarni boshqalardan nimasi bilan farq qiladi? Nima uchun nodir metallar bu qadar qimmat? Buning sababi shundaki, ular faqat o’ziga xos o’ziga xos xususiyatlarga ega va bu ularning jahon bozoridagi talabining ortishi hisobiga qiymatini oshiradi. Qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish oqilona investitsiya qarori hisoblanadi, chunki ularning qiymati hech qachon pasaymaydi. Nodir metallar qaysilar Quyida keltirilgan nodir metallar ro’yxatida har bir metalning fizik xususiyatlari, shakllanishi va ishlatilishi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Har bir metall uchun siz unga tegishli kimyoviy belgini, atom raqamini, atom massasini va elektron konfiguratsiyasini (elektronlarning qobiqlarda joylashishi) topasiz) mumkin. Oltin Oltin davriy jadvalning 11-guruhiga kiruvchi o’tish metali. Bu noyob metall va uni dunyoning ayrim qismlarida topish mumkin. Janubiy Afrika dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchidir. Oltin tabiatda turli shakllarda, shu jumladan barglar va donalarda paydo bo’lish Kumush Kumush asosan Janubiy Amerika, Norvegiya va Avstraliyada qazib olinadi. U tabiatda o’zining tabiiy shaklida (sof kumush), qotishma va mineral rudalar shaklida uchraydi. Platina Platina juda kam uchraydigan metalldir va bu uning juda qimmatli deb hisoblanishining sabablaridan biridir. Platinaning ko’p qismi Janubiy Afrikada qazib olinadi. Platina – bu asosan daryo bo’ylarida joylashgan metall. Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling