1. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi
Download 29.6 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o\'zgarish va muammolar) nnnn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Jurnalistlarning huquqiy maqomi
MAVZU : O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o'zgarish va muammolar) Reja: 1. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi 2.Ommaviy axborot vositalari va ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi 3.Jurnalistlarning huquqiy maqomi Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat. Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi. Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi. Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi. Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi. Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon hamjamiyati XX asrning o`rtalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta`minlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa axborot huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi. Axborot huquqlari va erkinliklari 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilk bor e`tirof etilgan edi. Jumladan, uning 11- moddasida ta`kidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta`minlangan holda, ochiq sudlov yo`li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega. 12- moddada qaayd etilishicha, hech kimning oilaviy va shaxsiy hayotiga o`zboshimchalik bilan aralashish, turar joy daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning or-nomusi hamda sha`niga nisbatan asossiz ravishda tajovo`z qilinishi mumkin emas. Har qanday inson bunday aralashuv va tajovo`zdan qonun yo`li bilan himoyalanish huquqiga ega. 19-moddada ko`rsatilishicha, har bir inson e`tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu hukuq qech bir to`siqsiz o`z e`tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g`oyalarni izlash, olish, va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari bo`yicha belgilab qo`ylgan qoidalar yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq o`z fikrini asos tutish erkinligi va axborotlar hamda g`oyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va davlat chegaralariga bog`liq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya korxonalariga litsenziyalashni amalga oshirishga to`sqinlik ko`rsatmaydi. Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga oshirilishi demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki jamiyat osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va ahloqni saqlash, boshqa shaxslarning obro`si yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy tarzda olingan axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufo`zi va xolisligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik, shartlar, cheklashlar va buyruqlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, deb ta`kidlanadi. Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta`minlash borasida 1966 yil 19 dekabrda to`zilgan "Fuqorolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi halqaro ahdnoma" alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida ta`kidlanishicha, unda ishtirok etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki o`zga qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki boshqa holatlaridan qat`i nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada e`tirof etiladigan huquqlarni hurmat qilish va o`z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi ostida bo`lgan barcha shaxslar uchun ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi. 4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani to`g`risida rasmiy ravishda e`lon qilingan bo`lsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar yuzaga kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq bo`yicha boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bo`lmaslik sharti va faqatgina irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga olib kelmaslik sharti bilan ushbu ahdnoma bo`yicha o`z majburiyatlaridan chekinish yhlida muayyan darajadagi tadbirlarniko`rishimumkin. Ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan, chekinish huquqidan foydalanadigan har qanday davlat darhol Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali chekinmoqchi bo`lgan qoidalar va bunday qarorni qabul qilish sababi haqida ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan boshqa davlatlarni xabardor qilishi kerak. Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda to`xtatishi haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada ko`rsatilishicha, sud va tribunallar oldida barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblov ko`rib chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq va majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil va odil sud tomonidan ko`rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda ma`naviyat, ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda yoki taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri bo`yicha lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini bo`zishi mumkin bo`lgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish ko`rishlarga yoki ularning bir qismiga matbuot xodimlari va jamoatchilik vakillari qo`yilmasliklari mumkin, lekin jinoiy yoki fuqorolik ishi bo`yicha o`ar qanday sud qarori ochiq bo`lishi lozim, balog`at yoshiga yetmaganlarning manfaatlari boshqacha holatni talab qilgan yoki ish, uylanish nizolari yoxud bolalarga vasiylik qilishga taaluqli bo`lgan holatlar bundan mustasnodir. 17- moddada ta`kidlanishicha, hech qanday insoning shaxsiy va oilaviy hayotiga aralashishga, uning turar joyi daxlsizligiga, uning xat-xabarlarining maxfiyligi va uning or-nomusi hamda obro`siga nisbatan asossiz ravishda yoki qonunga xilof tarzda tajovo`z etishga duchor etilishi mumkin emas. Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga bog`liq bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining sog`ligi yoki axloqini qo`riqlash. 20 - moddada ko`rsatilishicha har qanday urush targ`iboti qonun bilan taqiklangan bo`lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ko`rsatib o`tilgan yuridik manbalar fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga karatilgan milliy qonunlarni yaratishga asos bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Qiyinchiliklar jamiyatda demokratii tamoyillarni rivojlantirishga ta`sir ko`rsatmoqda. Ikkinchidan rahbarlaring ko`pchiligi matbuotdan qo`rqadilar. O`zbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga ko`ra, bu qo`rquv - o`z malakalarining yetishmasligini, qo`yilgan savollarga yetarli saviyada javob bera olmasliklarini ko`rsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar go`yo bizning jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvo`rni tug`diruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib keladi. Holbuki, O`zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi. Ma`lumki demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniye davlat siyosatiga ham ma`lum ma`noda ta`sir ko`rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog`i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o`quvchilar (tinglovchilar, tomoshabinlar) auditoriyasining juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga suyet ta`sir ko`rsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta`sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta`sir o`tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda nufo`z qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o`rganib, muayyan masalalar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish narsanint o`z nomi bilan atash - tom ma`nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi to`g`risida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 144- moddasi jo`rnalistning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilishga qattiq choralar ko`radi (3 yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga g`arazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy javobgarligini tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Fukorolik Kodeksi ham Ommaviy Axborot Vositalar faoliyatini tartibga soluvchi qator moddalarni (Sha`n, shaxsiy qadr-qimmat himoyasi, ma`naviy zarar) o`z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish Rossiya Federatsiyasining 72-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va uning subyektlarining qo`shma boshqaruvida amalga oshiriladi. 1996 yilgi Halqaro Fuqaroviy va siyosiy huquqlari pakti har bir shaxsni erkin "axborot va g`oyalarni davlat chegaralaridan mustaqil holda qidirish, olish va tarqatish"ni ko`rsatib o`tadi. Shuningdek, 1950 yilgi Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari to`g`risidagi Konvensiya har bir shaxsni "Davlat organlari aralashuvisiz va davlat chegaralaridan mustaqil ravishda axborot va g`oyalarni olish va tarqatish" huquqini o`rnatadi. Shuningdek 1989 yilgi Transchegaraviy televideniye to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasi va Yevropa Kengashining "Davlatlar parlamentlarini Ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlari to`grisida"gi №820 Rezolyutsiya taqdimotini ham e`tiborga olishimiz zarur. 1994 yildan Rossiya Federatsiyasida Prezident qoshidagi axborot nizolari bo`yicha Sud palatasi davlat organi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Uning asosiy vazifasi bo`lib Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga uning ommaviy axborot soxasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini samarali amalga oshirilishiga ko`makdosh bo`lishdir. Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida "Har kim o`z qikrini ogzaki, yozma ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bo`lgan manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yuq". Avstriya Federatsiyasining 1967 yil 21 dekabrida qabul qilgan qonuni (1974,1989 yilgi o`zgarishlar bilan) 13- moddasida: "Har kim qonun doirasida o`z fikrini ogzaki, yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir. Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan bosma asarlarga ma`mauriy pochta ta`qiqlari qo`llanilmaydi" deyilgan. Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida: "Har bir shaxe qonuniy yo`l bilan axborot izlash, qo`lga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi huquqiga egadir. Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan. Jazoir konstitutsiyasining 19- moddasida: "Respublika matbuot va boshqa axborot vositalari erkinligini, birlashish huquqini, so`z erkinligi va ommaviy chiqishlar erkinligini, shuningdek yilishlar erkinligini ta`minlaydi" deyilgan. Fuqarolarning axborotlarga bo`lgan erkinligi tugrisidjagi qonunchilik sohasini taraqqiyoti xozirgi kunda demokratik davlatning umum qabul qilingan standartiga kiradi. Fuqorolarga axborot erkinligiga bo`lgan talabi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan tashqari quyidagi natijalar bilan bevosita bog`liq: davlat hokimiyatining ochiqligi va siyosiy yo`nalishning aniqligi; korrupsiyaviy hukuqbo`zarliklarning sodir bo`lishini ehtimoli kamligi; ma`muriy madaniyatning oshishi va xizmatchilarning jamiyat oldida o`z faoliyati haqida hisobot berishi; hokimiyat organlarida samaradorlikni oshirish; ochiq hokimiyatnm jamiyat tan olishi; Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul qilgan. Ayni paytda ularning ko`pchiligi keyingi yillikda qabul qilingan. Va yana 3O dan ortiq mamlakat xuddi shunday qonun qabul qilish arafasida. Birinchi mamlakatlar guruhiga quyidagi mamlakatlar kiradi: MDH: Armaniston(2003), Gro`ziya(1999), Moldova(2000), Tojikiston(2002), O`zbekiston (2002), Ukraina(1992). Yevropa: Avstriya(1987), Albaniya(1 999), Belgiya(1994), Bosniya va Gersogovina(2000), Buyuk Britaniya(2000), Vengriya(1992), Gretsiya(1999), Daniya (1985), Irlandiya(1997), Islandiya(1 996), Ispaniya (1992), Italiya(1990), Latviya(1998), Litva (2000), Lixtenshteyn(1999), Niderlandiya (1978), Norvegiya(1970), Polsha(2001), Portugaliya(1993), Ruminiya(2001), Serbiya(2004), Slovakiya(2000), Sloveniya(2003), Finlandiya(1 999), Fransiya(1978), Xorvatiya(2003), Chexiya(1999), Shvetsiya(1 766,1 949), Estoniya(2000). Shimoliy Amerika: Kanada(1983), AQSH(1966). Lotin Amerikasi: Kolumbiya(1985), Meksika(2002), Panama(2002), Peru(2002), Trinidad va Tobago(1 999), Yamayka(2002). Osiyo, Avstraliya va Okeaniya: Avstraliya(1982), Isroil(1998), Hindiston(2003), Yangi Zellandiya(1982), Pokiston(2002), Tailand(1 997), Turkiya(2003), Janubiy Koreya(1996), Yaponiya(1 999). Afrika: Beliz(1 994),3imbabve(2002), JAR(2000) Axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul qilish arafasida turgan mamlakatlarga kelsak, ularga quyidagi mamlakatlar kiradi: MDH: Ozarbayjon va Qirg`iziston Yevropa: Germaniya, Makedoniya, Shveytsariya Lotin Amerikasi: Argentina, Barbados, Braziliya, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Nikaragua, Paragvay, Salvador, Urugvay, Ekvador. Osiyo, Avstraliya va Okeaniya: Bangladesh, Indoneziya, Nepal, Tayvan, Fidji, Fillipin, Papua-Yangi Gvineya, Shri-Lanka. Afrika: Botsvana, Gana, Keniya, Lesoto, Malavi, Mozambik, Namibiya, Nigeriya, Tanzaniya, Uganda, Efiopiya. Bundan xulosa qiladigan bo`lsak bugungi kunda fuqarolarning axborot erkinligini kun tartibiga qo`ymagan biror-bir davlat (Xitoydan tashqari) qolmadi. Jahon hamjamiyati axborotlarni erkin tarqatish huquqiga doimo maxsus urgu berib, bu huquqni inson va fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri deb unga alohida e`tibor, alohida himoya zarur deb hisoblaganlar. Bu shu bilan bog`liqki, axborotni erkin tarqatish va olish huquqini himoya qila turib, jamiyat o`zining jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy munosabatlar, ularning o`zgarishlari, jamiyatni boshqarish faoliyati haqida obyektiv ma`lumotlarga ega bo`lish huquqini himoya qiladi. Jahon hamjamiyati allaqachon teleradioeshitttirishlarni o`z ichiga olgan ommaviy axborotni tarqatishning asosiy tamoyillarini yegishli aktlarda ishlab chiqqan. 1978- yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining 20- moddasida aytiladi: "Quyidagi huquqlar tan olinadi: a) g`oya, fikr va qarashlarni yozma, og`zaki yoki boshqa usullar orqali erkin fikr bildirish va tarkatish d) ixtiyoriy vositalar orqali axborotlarni tarqatish va olish... 2. Bu huquqlarni amalga oshirish hech qanday senzura bilan chegaralanmaydi. Ispaniya Konstitutsiyasida bu huquqlar asos bo`luvchi harakterga ega deb ko`rsatilgan va ularni himoyasi davlatning barcha organlari va mansabdor shaxslariga taaluqli deb kursatilgan. Ispaniya Konstitutsiyasida Yuqorida keltirilgan huquqlarni protsessual garantiyalari ham mavjud: Sud himoyasi tez va yengil sud jarayoni bilan amalga oshiriladi. Shuningdek ushbu huquqlar himoyasi bo`yicha Ispaniya KOnstitutsiyaviy Sudiga uchrashish mumkin. Shvetsiyada Matbuot erkinligi haqida Akt hamda fikr erkinligi haqida qonun muhim hisoblanadi va Shvetsiya konstitutsiyasining bir qismini tashkil etadi. Konstitutsiyaning 2 bobida "Asosiy huquq va erkinliklar" aytiladi: .Har bir fuqaroga uning jamiyat bilan aloqasida quyidagilar yaratib berilishi kerak:Fikr erkinligi: ma`lumotlarni yozma, ogzaki, rayem orqali ki boshqa yo`llar bilan tarqatish erkinligi... Matbuot erkinligi va radio, televideniye va analogik peredacha vositalarida fikr erkinligini cheklash holllarida matbuot erkinligi haqidagi Akt va Fikr erkinligi to`g`risidagi Asosiy qonunda ko`rsatilgandek bo`ladi". O`z navbatida Fikr erkinligi to`g`risidagi Asosiy qonun: "§ 1. Har bir shved fuqarosi jamiyat bilan aloqasida, amaldagi Fikr erkinligi to`g`risidagi asosiy qonunga muvofik tarzda o`z fikr va qarashlarini radio, televideniye va boshqa shunga o`xshash vositalar orqali, shuningdek filmlar, videoprogrammalar va boshqa ko`chma manzaralarda bildirishi, shuningdek har qanday mavzuga ma`lumot berishi mumkin". Kanadada matbuot hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat olib boradi, senzuraga yo`l qo`yilmaydi. Fikr bildirish erkinligi 1982 yili Kanada huquqlar va erkinliklar Hartiyasini qabul qilinishi bilan o`rnatib qo`yilgan. Hartiyada har bir kishiga fikr, qarashlar va ularni yetkazish, hamda "matbuot va boshqa vositalar erkinligi" belgilab qo`yilgan. Kanadadagi teleradioeshittirishlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy akt bu 1967-1968 yillarda qabul qilingan Kanada radioeshittirishlar soxasidagi siyosat yuritishi to`g`risidagi Qonun hisoblanadi. Ko`pgina rivojlangan demokratik davlatlar davlat tomonidan teleradioeshittirishlarni tartibga solishni maqsad qilgan, inson va fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligini muhofaza qiluvchi maxsus davlat organlarini tashkil qilganlar. Bunday oganlar davlat tomonidan axborotni olish va tarqatish erkinligini muxofazasini ta`minlaydigan davlat kafolati hisoblanadi. Bunday davlat organlari har qanday to`g`ri korporativ qiziqishlardan xoli bo`ladilar va maxsus qonunlar asosida faoliyat olib boradilar. Shu ma`noda bu organlar jamiyatning ayrim guruhlari yo`lida emas, balki jamiyat yo`lida izmat qiladilar. Bunday organlarni tayinlash ko`p hollarda ijro hokimiyati organlariga, hukumatga yoki profillar ministiriga tegishli bo`ladi. Parlamentlar ham ayrim hollarda bunday vakolatga ega bo`ladilar, jumladan Bolgariya, Chexiya, Estoniya, Islandiya, Litva, Slovakiya, Sloveniya va Turkiya. Boshqa hollarda bunday vakolat ijro hokimiyatiga tegishli bo`ladi, masalan Fransiya, Ruminiya va Polsha. Ayrim holllarda bunday huquq ikkala hokimiyat tizimi o`rtasida bo`ladi. Ayrim davlatlarda, masalan Avstriya va Portugaliyada bunday davlat organlarini tayinlashda sudlar ham ishtirok etadi. Shu bilan birga, yuqori darajadagi sudyalar bunday vazifani bajarishga kirishadilar. Masalan, Italiya, qonunga binoan bunday vazifaga o`tiruvchi shaxe albatta Konstitutsion sud yoki Davlat Kengashining a`zosi bo`lgan bo`lishi kerak. Shvetsiyada bunday mansabdor shaxe va uning o`rinbosari tajribali sudya bo`lishlari lozim. Va, nihoyat tayinlash jarayonida jamoat tashkilotlarining ta`sirini ham keltirib o`tishimiz kerak (Avstriyada tele- va radio eshittirishlar haqidagi qonunni nazorat qiluvchi komissiya, Germaniyada ARD va SDF kompaniyalari, Kiprda eshittirishlar maslahatchi organi, Irlandiyada Irlandiya tele- va radio boshqarmasi). Xullas bu organlar kosultativ harakturdagi vakolatlarga ega bo`ladi. Fransiyada teleradioeshittirishlar huquqi mustaqil davlat organiga - "Erkin eshittirishlar to`g`risida"gi Fransiya Respublikasi Qonunga binoan tashkil etiladigan audiovizual vositalar Oliy Kengashga (OK) beriladi. OK mustakil davlat organi maqomiga ega, Prezident(Ma`muriyatdan) va Hukumatdan mustaqil. 90-yillar o`rtalarida OK apparati a`zolari soni 300 kishini tashkil qilar edi. OK texnik komitetlar va komissiyalar tashkil etadi. Texnik xizmatga direktor rahbarlik qiladi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: - «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar'); - «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr); - «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust); - «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul'); - «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr); - «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may); - «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi. Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi. 1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda 1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil etadi. Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir.Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir. Mazkur Qonun Ommaviy axborot vositalari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi 2007-yil 15-yanvardagi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan.Qonuni 1-modda. Ommaviy axborot vositalari Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bolgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin. 2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi: Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bolib, ular Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat korsatadi.Konstitutsiyasiga 4-modda. Senzuraga yol qoyilmasligi: Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yol qoyilmaydi. Elon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni ozgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yoq. 5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili: Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari oz faoliyatini Davlat tili haqidagi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.Qonunga 10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik Ommaviy axborot vositasi xabar, malumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki taxallusini qoygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusini qoygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi mumkin. Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi borasida yagona yondashuv yo‘q, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bo‘lgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim. Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda. Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqacha aytganda, rahbarlarga xalqning o‘zi baho beradi. Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va istisnolar mavjud. Bu esa, oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq. Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq. Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag‘batlantirilishini ta'minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan. Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek, uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari hamda funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 7 mart kuni esa hukumatning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan. Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.http: // www. ziyonet.net 2.http: // www.lex.uz 3.http: // www.parliament.gov.uz 4.http: // www.e-tarix.uz 5.http: // www.uza.uz 6.http: // www.gov.uz Download 29.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling