1. Operaning kelib chiqish Operaning turlari haqida
Download 26.94 Kb.
|
jaloladdin
Opera kelib chiqish .(lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi: unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor esa, roʻy berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy - ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.
Opera sanʼatining alohida turi sifatida XVI asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. Operaning keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan opera seria — jiddiy opera (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada operasi (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa XVIII asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish XIX—XX asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, , Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. XIX asrda romantik opera rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy opera maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda opera— oratoriya (A. Onegger), opera—kantata (K. Orf), kamer opera (F. Pulenk), qoʻshiq operasi (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, opera janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg, A. Berg, neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa opera sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi. San’at asari sifatida opera birinchi bor XVII asr boshlarida Italiyada shakllangan. Operaning kelib chiqishi va rivojlanishi Yevropa musiqasida gomofon uslubning asta-sekin mustahkamlanishi bilan bog'liq. Unda kuyning jo'rlikdagi hissiy ifodaviyligi asosga aylandi. XVII va XVIII asr opera musiqasida jiddiy opera (Italiyada - “opera- seria”, Fransiyada- “grand-opera”) va hajviy opera (Italiyada - “opera-buff’, Fransiyada—“opera-komik”) tarzida bo'linish mavjud. Download 26.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling