1. Operaning kelib chiqish Operaning turlari haqida


Download 26.94 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi26.94 Kb.
#1023346
1   2   3
Bog'liq
jaloladdin

Opera turlari. Opera asari tuzi 1 ishining ikki asosiy turi ma’lum:
1 ) yopiq nomerlar tizimiga asoslangan operalar;
2 ) uzluksiz o'tuvchan rivojlanishga asoslangan operalar.
Ko'pincha bu ikki tamoyilni birlashtirish hollari, ba’zida ulardan birining ustunligi bilan kuzatiladi. Ko'pincha, nomerli strukturali operada alohida nomerlarning yakuniy lavhalari, ularning yakunlovchi xarakteriga qaramay, harakatning to'xtashiga olib kelmaydi, zero garmoniya va faktura vositalari bilan kompozitor go'yo kutilayotgan tanaffusni bartaraf etadi va harakatning bevosita davom etishiga erishadi. Va aksincha, rechitativ tuzilishli operada va o'tuvchan rivojlanishli turdagi operada yirik. mazmun va shakliga ko'ra mustaqil, operaning qolgan musiqasidan anchagina aniq ajratilgan nomerlar bo'lishi mumkin.
Opera — qurilgan mavzuiyligi xarakteriga va uni rivojlantirish usullariga ko'ra ikki asosiy turga bo'linadi:
1 ) bayonning qo‘shiq-kuyli tuzilishi ustuvorlik qiladigan operalar
(ko‘pincha nomerli struktura bilan bog'liq);
2 ) bayonning rechitativ tuzilishi ustuvorlik qiladigan operalar (odatda,
o'tuvchan harakatli operaga mos keladi).

Rechitativning u yoki bu ko‘rinishi operaning u yoki bu turiga taalluqli emas.Bayonning rechitativ turi uchun kuy suratini yaratish va unda aksentlarni (urg'ularni) matnning nutqiy talaffuz qonunlariga muvofiq joylashtirishga intilish xarakterli.


Opera rechitativining asosiy turlari:
• Quruq rechitativ — solo ovozining vokal yoMi akkordlar bilan quvvatlanadi, vokal yo‘lining kuychan ifodaviyligi shartli va sezilarli emas. Amalda, rechitativning bu turi kuy lab deklamatsiyalashga teng. Quruq rechitativ bog`lov, ya’ni operaning bir nomeridan boshqasiga o‘tish vazifasini bajaradi.
• Kuylashtirilgan rechitativ — kuychan ifodaviylikka ega bo‘lib, mazkur ishtirokchi shaxsning asosiy tavsiflariga yaqin alohida ohang va iboralarni o‘z ichiga oladi. Kuylashtirilgan rechitativ deganda, odatda, rivojlangan orkestr jo ‘rligi nazarda tutiladi, unda garmoniya va faktura vositalari qahramon xarakteri va xulqining turli detallarini ta’kidlaydi.
Opera janrining O`zbekistonda paydo bo`lishi. Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarning yashab turganlari, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asoiy turtkilarda yana biri Italiya opera guruhining 1900 yilda Toshkentda qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bo‘lgan. Italiyaliklar Toshkentda «Rigoletto», «Traviata», «Trubadur», «Karmen», «Payatsi», «Faust» kabi operalarni rus ziyolilariga tonishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari o‘z konsert dasturlarida g‘arb va rus klassik kompozitorlarining simfonik asarlarini operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topilishida poydevor tuzganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomijskiyning «Rusalka», Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari bo‘lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining «Rigoletto», Gunoning «Faust», Rubenshteynning «Demon», Chaykovskiyning «Pikovaya dama», Musorgskiyning «Boris Godunov», Boroddining «Knyaz Igor», Verdining «Traviata», «Aida, Puchchinining «Bogema», Rossinining «Sevilskiy seryulnik» asarlari sahna yuzini ko‘rdi. Rus opera teatrining san’atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib opera san’atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot etaboshladilar va bu xizmatlar o‘zbek operalarini tashkil topishiga asos bo‘ldi.
30-yillarning II-yarmisidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Bo‘ron» operasi bilan R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operalari edi.  «Bo‘ron» operasi besh pardali katta asar bo‘lib uning mazmunida 1916 yilda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan bo‘lgan to‘qnashuvlari o‘z aksini topgan. Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa ham lekin o‘zbek xalqining ozodlikga chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad bo‘lib qolgan. O’zbek operasi, turmush sharoitlariga ko’ra, zamon talablari asosida, asta sekinlik bilanmusiqali drama ildizida o’z rivojini topdi. Birinchi o’zbek operi 1930 yillarning oxirlarida vujudga keladi. O’zbekiston musiqa san’atining rivojlanishida rus musiqa madaniyatining alohida hissasi borligini kompozitorlar V.A.Uspenskiy, R.M.Gliyer, A.Kozlovskiy, G.Mushel va boshqalar o’zbek musiqa san’atining turli janrlarida ijod qilinganliklari sababli yana ham boyigan. Opera so’zi nima? Opera janri o’zi nimalardan iborat? Opera bu lotin tilidan olingan bo’lib mahsulot asar ma’nolarini bildiradi. Operaning adabiy tahlili libretto bo’lib, avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiradi. Opera vokal solo ansambl, xor va cholg’u (simfonik) musiqa, dramaturgiya, xoreografiya (raqs sahnalari), tasviri san’at (dekloratsiya, kostyum va boshqalar) ni o’z ichiga oladi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi o’rin egallaydi. Yakkaxonlar nomerlari (ariya, ariozo, qo’shiq, monolog, kavatini), regitativ ansambllar (duet, tertset, kvartetlar), xor sahnalari, raqslar orkestr nomlari (uvertyura, anrtaktlar) opera musiqasining asosiy shakllaridir. O’zbekistonda opera janri yuqorida aytib o’tilganimizdek musiqali dramasi asosida rus va chet el klassik operasining ta’sirida yuzaga keladi. 1939 yilda S.Vasilinko va Muxtor Ashrafiyning «Bo’ron» operasi sahnalashtirilgan. Dastlabki o’zbek operalari o’zbek va rus kompozitorlarning ijodiy hamkorligi natijasida yuzaga kelgan hamda O’zbekistinda ijod qilingan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan. Masalan: R.Glier va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun», «Gulsara», S.Vasilenko va Muxtor Ashrafiyning «Bo’ron» va «Ulug’ kanal», B.Zeydan, Yu.Rajabiy, D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon» va boshqa hamkorlik operalari. Keyinchalik o’zbek kompozitorlarning afsonaviy romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil operalari paydo bo’ldi. Muxtor Ashrafiyning «Dilorom», «Shoir qalbi», Rashid Hamroyevning «Zulmatdan ziyo», «No’malum kishi», S.Bobyevning «Hamza» va bolalar uchun yozilgan «Yoriltosh», H.Raximovning «Zafar», birinchi o’zbek hajviy operasi S,Yudakovning «Maysaraning ishi» bo’lib bu hajviy opera bir necha qardosh respublikalar shu jumladan Moskvada ham sahnalashtirilgan. 

Xulosa
O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o’quvchilarini, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati, go’zalligi bilan o’rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg’ulotlarida keng foydalanish talab etiladi. O’quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr-ishtiyoqini oshirish, musiqadan zarur bilim va amaliy malakalar doiarasini tarkib toptirish ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirishda jumladan opera asarlarini tahlil eta olish mazmuni-mohiyatini to’g’ri tushinish kabilarni amalga oshirish ustoz-o’qituvchidan katta mahorat, samarali uslublardan foydalanishni taqozo etadi. O’quvchilarda opera va balet janrlarini tinglash va idrok qilishga o’rgatish metodlarini maktabda tajribada tadqiq qilish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik. Opera va balet janrlarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish ma'naviy barkamol insonni shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi..Bolalar operalaridan namunalar kuylash jarayonida o’quvchilar qo’shiq matnida mazmun mohiyatini go’zallikka yanada oshno bo’lishni, xullas insoniylikka xos barcha ijobiy fazilatlarni o’zida mujassamlashtira boradi. .Opera va balet janrlarining qamrovi ancha kеngdir, uning tarbiyaviy imkoniyatlari insonni ma'naviy jihatdan kamol topishida muhim o’rin tutadi va yaxshi samaralar bеradi. .Tinglangan opera va balet asarlari o’quvchilarning badiiy estеtik tafakkurini shakllantirshga yordam bеradi.Opera va balet asarlarini o’rganish orqali o’quvchilarning estetik madaniyati rivojlanadi. Yosh avlodning musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda opera va balet janrlarini o’rganish muhim o’rin egallaydi. Mustaqil rivojlanish davrida xalqimiz o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlarining ushalishini ta’minlovchi eng ishonchli yo’llaridan biri: bu – ta’lin va tarbiya, yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish ma’naviy va ma'rifiy rivojlanishini eng yuksak darajaga ko’tarishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pekker Ya., O’zbekskaya Opera , M., 1984; Murodova D.,
2. Mustaqillik davri O’zbekiston kompozitorlik ijodiyoti to’g’risida, — Musiqa ijodiyoti masalalari, T., 2002.
3. Abdullaev R. Opera dramaturgiyasi. Toshkent. 2007-yil.
4. Amanullayeva D. Estrada va jaz vokalizlari, “Musiqa” nashriyoti Toshkent, 2014 yil.
Download 26.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling