1. Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlar Operatsion tizimlarning tuzilishi va asosiy komponentlari
Download 26.43 Kb.
|
operatsion
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi davr (1955-1965 yillar)
- Uchinchi davr (1965-1980 yillar)
- To‘rtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha)
6.Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengayuvchanlik. Evolyutsiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo‘shilishi mumkin. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo‘ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak Ikkinchi davr (1955-1965 yillar) 1950yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar, dasturchilar, operatorlar, 11 ekspluatatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar. Uchinchi davr (1965-1980 yillar) Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgichli elementlardan (tranzistor turidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari seriyasidir. 1960yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan baho/unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasi tan olindi. To‘rtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha) Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (KIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan mutaxassis bo‘lmagan 14 foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi. Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar turlari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edi, faqat ularning narxlarida farq bo‘ldi. Minikompyuterlar korxona va universitetning bo‘limlariga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi. Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zg‘atdi Download 26.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling