1 O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat
) O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nazokat va odob-axloq
Download 405.79 Kb. Pdf ko'rish
|
amaliy ishlar
2) O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nazokat va odob-axloq.
Har bir o’qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim- tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini , mahoratini o’stirishi kerak. o’qituvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab ularning ko’ngigi ozor yetkazmasdan muomala madaniyatini bilgan holda ish olib bormog’i lozim. Har bir o’qituvchining dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: “Bola shirin so’zning gadosi”. Bas shunday ekan, tarbiyachi o’z muomilasida juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. A.Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “SHirin so’z ko’ngillar uchun bamisli asaldir”. Yana bu haqda Husayin Voiz Koshifiy shunday deydi: “Nasihatli shirin so’z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas”. Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo’lgan eksperimental tayanch o’quv rejasi va dasturlar har tomonlama puxta o’rganilishi zarur. Ushbu dastur va rejani yaratishda mamlakatimizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Undan avvalo o’quvchilarni psixologik fiziologik xususiyatlariga muhim o’rin berilgan. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari umumta’lim maktablari oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqishlari lozim. ta’lim-tarbiya shaklari usuli vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish; ta’lim madaniy-ma’rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida zamonaviy jihozlash; o’qituvchi murabbiy ijodkorligini ta’minlash kasb mahoratlarini oshirishning samarali yo’llarini topish; oila, mahalla, maktabda ta’lim-tarbiya mazmunini mukammal ishlab-chiqish amaliyotiga keng tadbiq etish. SHunday qilib o’qituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu haqdagi g’amxurligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug’ yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo’ladi. Download 405.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling