Jamiyatning ijtimoiy barqarorligi
5-ilova
O’QUV LOYIHA
“Hozirgi davrning global muammolari”
LOYIHA TOPShIRIG’I
Kirish.
O’zbekiston davlati Jahon hamjamiyatiga dadil kirib bormoqda. Boshqa xalqlar bilan tengma-teng munosabatda bo`lmoqda. Bugungi kunga kelib jahon miqiyosida bir qancha muammolar paydo bo`ldiki, bu muammolar global tarzda o`sib bormoqda. Bu bilan yer yuzida juda ko`plab insonlarning hayotlari xavf ostida qolmoqda. Zero, yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda “Millionlab kishilarning taqdiri xavf ostida qolar ekan, buni hech qanday maqsad bilan oqlab bo`lmaydi.” Biz esa mana shu muammolarga ko`zimizni yumib o`tirmasligimiz kerak. Chunki, global muammolar bizga ham taaluqli, bizning rivojlanishimiz yo`lidagi to`siqdir. Shu ma`noda ta`kidlashimiz joizki, har bittamiz hozirgi davrning global muammolarini kelib chiqishi sabablari, oqibatlari va uni bartaraf etish yo`llari haqidagi bilim va malakaga ega bo`lishimiz kerak.
O’quv loyiha mavzulari:
1. Global muammolar tushunchasi.
2. Global muammolarning kelib chiqish sabablari.
3. Bugungi kunda yer yuzidagi global muammolar.
Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi muammo: O’zbekiston hududida yashovchi aholini hozirgi davrning global muammolari haqida me’yoriy hujjatlarga asoslangan aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash;
Loyiha maqsadi: Global muammolarning paydo bo`lish shart-sharoitlari, oqibatlari va ularni bartaraf etish haqida yetarlicha ma’lumot berish;
Yakuniy natija: Hozirgi kundagi global muammolar haqida etarlicha bilim va malakaga ega bo’ladilar .
Foydalanuvchilar: Talabalar va o’qituvchi .
Tayanch bilim va ko’nikmalar. Loyihani muvaffaqiyatli bajarish uchun talabalar quyidagilarni bilishi va uddalashi lozim: global muammolar, global muammolarga bag`ishlangan konsepsiyalar to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishi, normativ hujjtlar bilan ishlash malakasi: ma’lumotlarni qayta ishlash, maqsadni belgilash va hamkorlikda ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |