1. O’qituvchi –lоyihаchi to’g’risidа mа’lumоt


Dаsturning mаzmuni (40 sоаt)


Download 1.44 Mb.
bet4/98
Sana13.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1352489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Shaxs va jamiyat фани бўйича таълим технологияси

Dаsturning mаzmuni (40 sоаt)
BIRINCHI BO`LIM
INSON VA UNING SHAXS TAVSIFI (8 soat nazariy, 8 soat amaliy)


1 В О В. ANTROPOSOTSIOGENEZ ( 4 soat nazariy, 4 soat amaliy)
l-§. Inson - jonli mavjudotning alohida tipi
(1soat) nazariy
Hayot tadriji va inson. Bilimlar tizimida insonning turlicha tavsiflanishi: Koinotning noyob hodisasi; barcha mavjudotlarning o`lchovi; ochiq tizim sifatida alohida ustunliklariga ega mavjudot; tadrijiylikning boshi berk tarmog`i; tabiiy patologiya va h.k. Insonning tabiiy-biologiyaviy, ijtimoiy va ruhiy-ma`naviy jihatlardan o`rganilishi.
2-§. Insonning o`zini o`zi hamda tashqi dunyoni bilishi zarurligi va imkoniyatlari
(1soat) nazariy
Bilish - insonning xos ehtiyoji. Bilishning turlari va darajalari. Ilmiy bilimlar, haqiqat muammosi: mutlaqlik, nisbiylik va konkretlilik jihatlari. Fanlar tasnifi. Ma`naviyatning ba`zi tashkil etuvchilarining bilish salohiyatlari to`g`risida. Falsafa - bilishning oliy tarzi. Nomumtozlikdan keyingi bilimlar tavsifi.


3-§. Insonning yaratilishi to`g`risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an`anaviy ilmiy nazariyalar(1soat) nazariy
Dinda insonning yaratilganligi to`g`risida. Antropogenezga doir ilmiy bilimlar va dalillarning to`planib borganligi. Hayot tadriji va inson. Homo turining kelib chiqishi va keyingi tadriji to`g`risidagi hozirgi zamon bilimlari. Tadrijiylik nazariyalarining ijobiy jihatlari va kamchiliklari. Koinotiy nazariyalar va ularning kamchiliklari. Anomal hodisalar nazariyasi va uning dalillanganligi muammosi.


4-§. Antropogenezning noan`anaviy nazariyalari.(1soat) nazariy
Insonning kelib chiqishi to`g`risidagi ilgaridan mavjud ilmiy nazariyalarga muqobil ta`limotlarning asoslanishi zarurligi va imkoniyatlari. Quvvat-axborot nazariyasi. Oqsil nazariyasi. Ma`naviy madaniyat nazariyasi (insonning aqli yordamida o`zini-o`zi takomillashtirishining belgilovchiligi to`g`risida). O`zaro munosabatlar nazariyasining asoslanishi. Inson genezining sinergetik tushuntirilishi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling