1. O’qituvchi –lоyihаchi to’g’risidа mа’lumоt
FANI BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
Download 1.44 Mb.
|
Shaxs va jamiyat фани бўйича таълим технологияси
FANI BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
KONSEPTUAL ASOSLARI “Shaxs va jamiyat” fani mustaqillik yillarining ilk yillaridan boshlab o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida alohida fan sifatida o`qitila boshlandi. Bugungi kunda ushbu fanga munosabat ham tubdan o`zgardi. Hammamizga ma`lumki, demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyat o`z-o`zidan paydo bo`lib qolmaydi. Insonlar biz orzu qilgan jamiyatni o`z mehnati bilan qurishadi, barpo etishadi. O`zlari barpo etgan jamiyatda esa, inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etiladi. Shunday ekan inson, uning qiziqishlari va ehtiyojlari doimo biz barpo etmoqchi bo`lgan jamiyatning diqqat markazida turadi, ushbu jamiyatning quruvchisi hisoblanadi. Insonning o`zi kim, jamiyatning o`zi nima, inson qanday vujudga kelgan, ularning axloqiy, siyosiy, diniy, estetik, huquqiy dunyoqarashlari qanday tarkib topgan, jamiyat va shaxsning o`zaro munosabati qanday vujudga kelgan degan masalalari doimo insoniyatni qiziqtirib kelgan. “Shaxs va jamiyat” predmeti ana shu muammolarni tushintirish va o`quvchilarda ularni qurshab turgan ijtimoiy voqelikning murakkab jarayonlarida bevosita ishtirok etish ko`nikmalarini hosil qilishga yo`naltirilgan. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, kishi ijtimoiy jarayonlarda o`z o`rnini bilishi, jamiyatda vujudga kelgan yurli vaziyatlarda o`zlarini tutishlari, fikr bildirishlari lozim. Muammolarni mustaqil hal qilib, olgan bilimlariga suyangan holda mustaqil xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Aynan “Shaxs va jamiyat” fani ushbu dolzarb masalalarni hal qilishga yordam beradi. Mazkur predmetni o`zlashtirish davomida esa o`quvchilarda quyidagi ko`nikmalar shakllanadi: Maktab davrida tarix, davlat va huquq asoslari, odobnoma va boshqa fanlardan ilgari olgan bilimlarini umumlashtirish; Tarixiy voqealarning amal qilishi jarayonining kishilar ongiga, dunyoqarashiga ta`sirini ko`ra bilish; Dunyoning kelib chiqishi, insonning vujudga kelishi va jamiyatning rivoji to`g`risidagi bilimlarni tarixiy, antropologik materiallar vositasida kengaytirish va chuqurlashtirish; Jamiyatdagi hodisa va jarayonlarning xarakterini turli xalqlar tarixi misolida ko`rib chiqish va ularning umumiy tendensiyasini aniqlash; Ijtimoiy o`zgarishlar va ularning mohiyatini davlat hujjatlari, ommaviy axborot vositalari xabarlari orqali tushuntirish; Turli ijtimoiy g`oyalarning mazmunini tushuna olish; Darslardagi muammoviy vaziyatlar haqidagi topshiriqlarni mustaqil ishlash vositasida jamiyatda vujudga keladigan turli holatlarga munosabat bildira olish; Jamiyatdagi siyosiy o`zgarishlarning sabablarini tez anglay olish; Yuz berayotgan ijtimoiy voqealarni mustaqil tahlil qila olish; Har qanday sharoitlarda ham mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini shakllantirish; Berilgan savollar va topshiriqlarni bajarishda yozma ish, referat, ishlanmalar tayyorlash; Dunyoda yuz berayotgan o`zgarishlar yo`nalishini tez aniqlash va ularning mamlakatimiz uchun ahamiyatini ko`ra bilish; O`zida ijtimoiy jarayonlarning yo`nalishini bashorat qila bilish ko`nikmasini tarkib toptirish; Insoniy munosabatlarda yuz berishi mumkin bo`lgan har xil muammolarga mustaqil baho berish; Umuminsoniy va milliy qadriyatlarning dialektikasini to`g`ri anglash; Baynalmilallik va vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash; Darsda muhokama qilinadigan muammolarni ilmiy jihatdan asoslab bera olish. “Shaxs va jamiyat” fani o`quv rejadagi bir necha fanlar bilan o`zaro bo`g`liqdir. Ayniqsa, tarix, ma`naviyat asoslari, milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, oila psixologiyasi, dinshunoslik va estetika singari fanlar bilan doimiy ravishda aloqadorlikda rivojlanadi. “Shaxs va jamiyat” fanini o’qitishda fanning mazmunidan kelib chiqqan holda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. “Shaxs va jamiyat” fani 57 soatga mo’ljallangan bo’lib, 22 soat nazariy, 18 soat amaliy soat, 17 soat mustaqil ishdan iborat. Ushbu fan kasb-hunar kollejlarining III-bosqich talabalari uchun mo`ljallangan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling