1. O‘qituvchi nutq madaniyati kursining dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari


Download 28.12 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi28.12 Kb.
#1224739
  1   2   3   4
Bog'liq
1- Mavzu


1.Mavzu: Nutq madaniyati va notiqlik san’ati fanining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi tarixi. O‘rta Osiyo notiqlik san’ati. “Qobusnoma” va “Mahbub ul qulub” asarlarida nutq madaniyati va so‘zlashish odobi masalalari.
Reja:
1.O‘qituvchi nutq madaniyati kursining dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari.
2.Nutq madaniyati tushunchasi va uning tarixi.
3. Nutqiy etiket.
4. O‘rta Osiyo notiqlik san’ati.
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, oliy maktablarda, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va umuman dars o‘tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog`liq.
Notiqlik bu-so`z san`ati, bu-so`z san`ati bo`lganda ham ohangdan libos kiyib talaffuz bilan jilolangan so`z san’atidir.
O‘zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o’rganish ham o’zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nixoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til meyorlarining umumiy holatini, undagi turg`un va noturg`un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin emas.
Til ham, fe`l-atvor ham odamga qon bilan kirib, uning butun jismu joniga taralib ketuvchi ananalar ekan, bularga e`tibor bermaslik, hamisha katta-kichik fojialarni keltirib chiqaradi.
«Maktabda bolalar mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi, aminmanki o’rgatilmaydi. Mabodo, biror o’quvchi oqituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga hech kim
havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishini talab qiladi. Prinsip ham tayyor: mening aytganim-aytgan, deganim-degan».
«O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarga mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo, bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir». (Barkamol avlod orzusi. 16-bet).
Nutq tadbirkorligini singdirish maktabda o’qituvchining bosh vazifasidir. U birinchi soatdan boshlab to oxirgi mashg’ulotgacha o’quvchilarda nutq madaniyati (tadbirkorligi)ni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak.

Download 28.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling