1. O‘qituvchi nutq madaniyati kursining dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari


Download 28.12 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi28.12 Kb.
#1224739
1   2   3   4
Bog'liq
1- Mavzu

4. O‘rta Osiyo notiqlik sanati. O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o’ziga xos mavqega egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya`ni, va`zxonlik, Qur’onni targ`ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma`nosi va undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan.
Ana shu nuqtai-nazardan qaralsa, “Nutq odobi”, “Muomala madaniyati” nomlari bilan yuritilib kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortib kelgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Mahmud qoshg`oriy, Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So’fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug` siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy e`tibor berishga da`vat etish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozdilar.
“Qobusnoma"da Kaykovus farzandiga shunday o’git bеradi: "Ey farzand, so’zning yuzin va orqasin bilg’il va ularga rioya qilg’il, har na so’z dеsang, yuzi bila dеgil, to suxango’i bo’lg’aysan. Agar so’z aytib, so’zning nеchuk ekanin bilmasang, qushga o’xsharsanki, unga to’ti dеrlar, ul doim so’zlar, ammo so’zning ma'nosin bilmas. Suxango’y shul kishi bo’lg’ayki, ul har so’zni dеsa, xalqqa ma'qul bo’lg’ay va xalq ham har so’z dеsa, unga ma'qul bo’lg’ay. Bunday kishilar oqillar qatoriga kirg’ay, yo’q ersa, ul inson suratida mavjud bo’lg’on bir hayvondur".
Olam ahlini hayrat barmog’ini tishlashga majbur qilgan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Bеruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimiz nutqning inson hayotidagi o’rni haqida ko’plab fikrlarni bayon qilganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida inson fozilligining muhim bеlgilaridan biri sifatida quvvai notiqa (nutq quvvati)ni ajratadi. Uning fikricha, inson dunyoga kеlishi bilan o’zini boqadigan quvvatga ega bo’ladi. Bu ilhomlantiruvchi quvvat sanaladi. Undan so’ng inson o’z takomili yo’lida turli quvvatlarni qo’lga kiritadi. Masalan, mutoxayyila quvvati (xayol qilish, umumlashgan obrazlar yaratish), aql quvvati va boshqalar. Insonning olamni bilish jarayonida notiqa quvvatining xizmati katta ekanligini ta'kidlaydi". Ulug’ shoir Yusuf Xos hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo’lgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so’zlarni to’g’ri tanlash va to’g’ri qo’llash haqida: “Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur” degan edi. qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma`no yuklash haqida: Ugush so’zlama so’z biror so’zla oz, Tuman so’z tugunini bu bir so’zla yoz. deydi. Mazmuni: So’zni ko’p so’zlama, kamroq so’zla.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar) ham so’zlaganda nutqni o’ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so’zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so’zlashga chaqiradi. Noto’g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib yurmagin, deb so’zlovchini ogohlantiradi:
Mazmuni, so’zni uqib so’zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so’zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
Nafaqat Sharq, balki butun dunyo tib ilmida o’ziga munosib taxt yaratgan ulug’ bobomiz Ibn Sino inson hayvondan aqli va tili bilan farq qilishini, shuning uchun insonning eng barkamoli — oqil va so’zga chеchani ekanligini aytadi.
Turkiy so’z xazinasiga tillo sandiq yasagan bobomiz Mahmud Koshg’ariyning "Dеvonu lug’otit turk" asarida "Odobning boshi tildir" dеgan maqol bor. Ulug’ alloma Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" dostonida "til ardami"(til odobi) haqida bir qancha go’zal hikmatlar mavjud:

Download 28.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling