1. Oqsil tarkibida 65 ta peptid bog’ bo’lsa, uning molekulyar massasi qanchaga teng
Download 17.01 Kb.
|
oqsil
1. Oqsil tarkibida 65 ta peptid bog’ bo’lsa, uning molekulyar massasi qanchaga teng. A) 7960 B) 7800 C) 7920 D) 6210 2. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarda 140 ta karboksil guruh peptid bog’ hosil bo’lishida ishtirok etgan bo’lsa, ushbu oqsilda nechta aminokislota bo’ladi. A) 130 B) 140 C) 141 D) 142 3. Molekulyar massasi 66600 D bo’lgan oqsilda nechta peptid bog’ bor. A) 551 B) 554 C) 555 D) 556 4. Molekulyar massasi 21000 D bo’lgan oqsilda barcha peptid bog’lar uzilsa (gidrolizlansa) nechta aminokislota hosil bo’ladi. A) 174 B) 175 C) 176 D) 178 ta 5. Molekulyar massasi 29400 D bo’lgan oqsilni sintezlash jarayonida qancha gm suv hosil bo’lgan. A) 4392 B) 4410 C) 4374 D) 4376 6. Translyasiya jarayonida 90 ta t RNK ishtirok etgan. Oqsil sintezida qatnashgan: a) aminokislotalar soni b) peptid bog’lar soni c) ajralib chiqqan suv miqdorini aniqlang. A) a – 90; b- 89 c- 89 gm B) a – 90; b- 90 c- 1332 gm C) a – 91; b- 90 c- 1352 gm D) a – 90; b- 89 c- 1602 gm 7. Malum bir oqsil tarkibidagi aminokislotalar sonining 50 % ini asiklik aminokislotalar tashkil etadi. Bu oqsil tarkibida barcha halqali aminokislotalar uchrab – ular 2 martadan, asiklik aminokislotalar 1 martadan takrorlansa oqsilda nechta aminokislota bor. A) 40 B) 30 C) 26 D) 19 8. Katta yoshli odam sutkalik ovqat ratsionida bo’lishi kerak bo’lgan oqsilning yuqori darajasini istemol qilgan. Agar bu oqsillarning 50 % i plastik ahamiyatga ega bo’lsa, energetik ahamiyatga ega bo’lgan oqsillar qancha energiya hosil qiladi (kj) A) 246 B) 492 C) 1056 D) 2112 9. Oqsil zanjiri hosil bo’lishida ribosomada 6300 gm suv ajralib chiqqan bo’lsa, nechta aminokislota o’zaro peptid bog’ hosil qilib birikkan. A) 354 B) 355 C) 351 D) 350 10. Ribosomada amalga oshadigan bir molekula oqsil sintezida 16 xil, 255 ta t RNK ishtirok etgan. Sintezlangan oqsilning molekulyar massasi qancha va necha gm suv ajralib chiqqan. A) 30480; 4590 gm B) 30600, 4572 gm C) 30720, 4572 gm D) 30360, 4590 gm 11. Oqsillar denaturatsiyaga uchraganda quyidagilardan qaysi biri sodir bo’ladi. A) peptid bog’lar uziladi B) oqsillar parchalanib, ko’p miqdorda energiya hosil bo’ladi C) oqsillarni peptid bog’lari uzilmay, tabbiy holati buziladi D) yangi zanjirlar hosil bo’ladi 12. Malum bir oqsil tarkibida 2 xil xalqasiz aminokislota 4 marta, 5 xil halqasiz aminokislota 3 martadan, 4 xil halqasiz aminokislota 1 martadan, barcha halqali aminokislotalardan 50 % i 2 marta, 50 % i 3 martadan takrorlangan bo’lsa, bu oqsil zanjirida: a) necha xil b) nechta aminokislota c) nechta peptid bog’ hosil qilib birikadi. A) a-17; b- 42; c-41 B) a-18; b- 44; c-43 C) a-17; b- 41; c-40 D) a-20; b- 42; c-41 13. Oqsil tarkibida 145 ta aminokislota bo’lib, undagi azot miqdori interfaza davridan so’ng necha % ini tashkil etadi. A) 16 B) 24 C) 32 D) 64 14. Agar oqsil tarkibidagi peptid bog`lar soni 149 ta bo`lsa u holda… a.shu oqsilni monomerlar soni 150 ta bo`ladi b.uni sintezlagan genni shakarlari orasida 448 ta bog` bo`ladi c.translatsiya jarayonida ajralgan suv transkiripsiyada hosil bo`lgan suvga nisbatan 300 molekulaga farq qiladi d.uni sintezlagan geni uzunligi 153 nm e.ribosoma 149 ta kodonni bosib o`tadi f.uni hosil qilgan i-RNK dagi nukleotidlar soni 900 ta bo`ladi A.d,a,b B.c,a,f C.a,b,c,f D.e,c,b 15. Oqsil tarkibida aminokislotalar peptid bog’ hosil qilishda uning qaysi tarkibiy qismi ishtirok etmaydi. A) karboksil guruh B) azot asosi C) aminoguruh D) radikal guruh 16. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarning qaysi tarkibiy qismi barcha aminokislotalarda bitta va har xil bo’ladi. A) karboksil guruh B) azot asosi C) aminoguruh D) radikal guruh 17. Plastik va energetik ahamiyatga ega bo’lmagan oqsillar berilgan qatorni toping. 1. gemoglobin 2. globulin 3 albumin 4. pepsin 5. tripsin 6. lipaza 7. kazein 8. sitoxrom 9. Lipoprotein A) 4, 5, 6 B) 1, 8, 9 C) 2, 3, 7 D) 1, 4, 7, 8, 9 18. Translyasiya jarayonida 6210 gm suv ajralib chiqqan bo’lsa, aminokislotalar nechta peptid bog’ hosil qiliob o’zaro birikkan? A) 344 B) 345 C) 346 D) 347 19. B – gemoglabin bitta polipeptid zanjirida nechta aminoguruh (a), nechta karboksil guruh (b) peptid bog’ hosil qilishda ishtirok etgan. A) a- 141; b- 141 B) a- 142; b- 142 C) a- 145; b- 145 D) a- 144; b- 144 20. RNK zanjirida uratsil nukleotidlari soni 60 ta bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 40 % ini tashkil qiladi. Shu RNK zanjiri asosida sintezlangan oqsil tarkibidagi monomerlar sonini toping. A) 50 B) 49 C) 150 D) 298 Download 17.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling