1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni
Baholash va baho me’yorlari yakuniy nazorat
Download 199.06 Kb.
|
2-kurs MO`M majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazi- Doska Partadagi Daftar ahvoli
3.Baholash va baho me’yorlari yakuniy nazorat. Bu nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham maxsus «O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajratiladi. Shu vaqt davomida olgan bilimlar yuzasidan savollar tuziladi, yozma ish o‘tkaziladi va baholanadi.
Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda o‘qituvchi maxsus daftarida quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi:
«Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning mohiyati va mazmuni Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Maktabda sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish ham kiradi. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deganda o‘quvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: - bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; -o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; -matematikaga qiziqishlarini orttirish, matematikaga qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlikni, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylik xislatlarini tarbiyalash. Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega: O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya’ni qiziqtirishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida aktiv o‘quvchilarga aylanishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik prinsipiga asosan quriladi. Lekin qiziqishni ta’minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi. Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlarni yetishmaydigan yoki berilgan ma’lumotlari ortiqcha masalalar, logik masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar va boshqalar kiradi. Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, soatliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak: Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning hohishi, havaskorligi, ijodkorligi prinsiplariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish formalari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va sistemaliligining murakkabligidadir. Matematikadan sinfdan ish turlarining mazmuni. Download 199.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling