1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni


) savollar shunday ifodalangan bo`lishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin va ular aniq javoblarni talab qilsin


Download 199.06 Kb.
bet26/58
Sana03.02.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1155956
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
2-kurs MO`M majmua

2) savollar shunday ifodalangan bo`lishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin va ular aniq javoblarni talab qilsin.
Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar yetakchi rol o`ynaydi. Har bir tadqiqotda oldin o`rganish yetakchi tanlash, nazariy tahlil asosida bu ob’yekt qaysi faktlarga bog`liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan yetakchilarini tanlash lozim.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asosilari va printsiplarini ishlab chiqish, ishchi gipotezani tuzish kerak. Shunga mos ravishda tadqiqot o`tkazish metodikasini ishlab chiqish, olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash xulosalarni ifodalash lozim.
Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiqot qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarini o`rganish va tahlil qilish kerak.
Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid tadqiqotlarda ham qo`llaniladi. Adabiyotni o`rganimay turib va nazariy tahlil qilmay turib, fanda izchillik ta’minlanmaydi.
2. O`qitish metodi tushunchasi va ularning klassifikatsiyasi.
1. O`qitish metodi tushunchasi va ularning klassifikatsiyasi.
2. O‘quv – bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari.
3. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari.
4. O`quv – bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari.
5. Dasturlashtirilgan o`qitish.
O`qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Didaktika va metodikaga oid adabiyotlarning ko`pchiligida o`qitish metodlari o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari bo`lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarga erishiladi, o`quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi deb tavsiflanadi.
Demak, o`qitish metodlari o`zlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish funksiyalarini bajaradi. Metod aniqlab olingandan keyin odatda konkret o`qitish metodlari ro`yxati beriladi. Ammo, hozirgi paytda yangi metodlar soni adabiyotlarda 100 dan ortiq nomda keltiriladi. Ma’lum o`qitish metodlaridan ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlarini ongli tanlab olish uchun o`qitish metodlari klassifikatsiyasini o`rganib chiqish zarur.

Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling