1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni


-Mavzu: O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar


Download 199.06 Kb.
bet34/58
Sana03.02.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1155956
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
2-kurs MO`M majmua

9-Mavzu: O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar
Reja:
1.O`quv–bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari.
2.O`quv–bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari
Asosiy tayanch tushunchalar: O’qitish mеtodlari; o’qitish mеtodlari tasnifi; o’quv-bilish faoliyatlarini tashkilqilish, rag’barlantirish, samaradorligini nazorat qilish mеtodlari, og’zaki, ko’rsatmali, amaliy, induktsiya, dеduktsiya, analogiya, mustaqil ishlar.
1.O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari
Rag`barlantirish va ta’limotni asoslash metodlari jumlasiga bilish xarakteridagi o`yinlar, o`qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash va boshqalarni kiritish mumkin. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish va o`quv predmetiga qiziqish uyg`otishda o`yin alohida ahamiyatga egadir.
Qiziqarlilik elementlarini, o`yinlarni o`quvchilarning jiddiy o`quv mehnati qatoriga qo`shish mumkin. Bu o`quv ishini yanada unumliroq qilish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarda o`yinlarga bo`lgan talab darajasi katta bo`ladi. o`yinlar ijodiy, harakatli, didaktik o`yinlarga bo`linadi.
Boshlang`ich ta’limda o`rgatuvchi yoki didaktik o`yinlar muhim ahamiyatga ega. Bunday o`yinlar asosida o`quvchining masalani yechishga yo`naltirilgan bilish xarakterdagi mazmuni, aqliy va iroda kuchi, o`yin qoidalari yotadi. Didaktik o`yinlarda fikrlashning asosiy jarayonlari – analiz, taqqoslash, xulosa chiqarish va h.k.lar rivojlantiriladi.
Didaktik o`yinlar o`rgatish maqsadlarida o`ylab topiladi va o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. O`yin vaqtida paydo bo`ladigan ijobiy emotsiyalar o`quvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, ularning erkli diqqatlarini, xotiralarini rivojlantiradi. O`yinda o`zlari payqamagan holda juda ko`p matematik amallarni, mashqlarni bajaradilar, sanashni mashq qiladilar, taqqoslaydilar, masalalarni yechadilar va h.k. Ular diqqati o`yinga, uning maqsadlarini bajarishga qaratiladi, ammo shu vaqtda matematik xarakterdagi ishlarni bajaradi, bor bilimlarini yangi sharoitga o`tkazadi.
M: O`qituvchi yosh iztoparlar shifrlangan xat topib olganliklarini, ularga bu shifrni yechishni yordamlashish kerakligini aytadi. Bu ishni berilgan bir ustun misollarni yechib, javoblarda chiqqan raqamlar o`rniga kerakli harf qo`yilsa, bajarish mumkinligi aytiladi. Ular aqalli bitta misolini noto`g`ri yechsalar ham, xat shifrini ocha olmasliklarini bildiradilar va mashqni yechishda kuchli emotsiya hosil bo`ladi. Bu ularni aktivlashtiradi, erkin diqqatlarini to`playdi, o`zlagshtirishda yangi natijalarga erishish imkonini beradi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematikadan miqdoriy, fazoviy tasavvurlarini rivojlantiruvchi ko`p miqdorda didaktik o`yinlar yaratilgan. Misol, qilib «Arifmetik loto», «Domino», «Doiraviy misollar», «Zinacha», «Jim», «Tirik raqamlar», kabilarni keltirish mumkin.
Matematik mazmunli o`yinlarni tanlashda ma’lum izchillikda amal qilish muhimdir: qiyinroq matematik topshiriqni o`yinlardan oldin bu o`yinlarni o`tkazish uchun tayyorlaydigan soddaroq topshiriqli o`yinlar o`tkazilishi kerak.
Didaktik o`yinlarni o`tkazish metodikasi o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab etadi. Ya’ni didaktik o`yin bilan tanishtirish puxta o`ylangan bo`lishi kerak, u ermakka aylanib qolmasligi muhimdir.

Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling