1-o‘quv savoli: Harbiy harakatlar oqibatidan tinch aholini himoya qilish
Download 147 Kb.
|
XGH мавзу № 8-1
2-o‘quv savoli: Qurolli to‘qnashuvlar huquqiga muvofiq kombatantning aholiga nisbatan hatti- harakat qoidalari.
Kombatant tushunchasi (frantsuzcha – jangchi, askar) qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va harbiy harakatlarida bevosita qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shaxsni anglatadi. «Kombatant» atamasini faqat xalqaro qurolli mojaro mazmunida ishlatish mumkin. Muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi (tibbiy, diniy va intendantlik xizmati xodimlardan tashqari), shuningdek, ko‘ngillilar qo‘shini, partizanlar otryadlari shaxsiy tarkibi, agar ular quyidagi talablarga javob bersa, kombatantlar hisoblanadi: - o‘z qo‘l ostidagilar uchun ma’suliyatni zimmasiga olgan rahbarga ega bo‘lishsa; - aniq va uzoqdan ko‘rinadigan alohida farqlovchi belgiga ega bo‘lishsa; - qurol-yarog‘ini ochiq olib yurishsa; - o‘z xatti-harakatlarida urushning qonun-qoidalari va udumlariga amal qilishsa. Kombatantlar ularni fuqaro shaxslardan ajratib turadigan yuqoridagi belgilarga, odatda muayyan bichimda tikilgan kiyim-kechakka ega bo‘lishlari shart. Biroq ba’zan harbiy vaziyat bunga imkon bermagan paytda ular: a) har bir jang paytida; b) dushman ko‘z o‘ngida jangovar tartibga o‘tish paytida, ya’ni, boshqacha aytganda, hujum boshlanadigan pozitsiyalardagi xatti-harakatlarida qurollarni ochiq olib yurishlari bilan kombatant maqomini saqlab qoladilar. Qurolli mojaro olib borilayotgan paytda hali bosib olinmagan hududning aholisi dushman yaqinlashib kelayotgani tufayli ularning hujumini qaytarish maqsadida stixiyali va ommaviy tarzda qo‘liga qurol olgan, ammo qarshilik ko‘rsatish harakatining tashkiliy tuzilmalariga aylanib ulgurmagan yoki muntazam qurolli kuchlarga qo‘shilishga ulgurmagan paytda, ular: a) qurollarini ochiq olib yursalar, va b) qurolli to‘qnashuvlar qoidalariga rioya qilsalar kombatantlar, deb hisoblanadilar. Harbiy nokombatantlar – qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga kiruvchi ba’zi toifadagi kishilar ham borki, ular kombatant hisoblanmaydilar. Ularga eng avvalo qurolli kuchlardagi tibbiyot xodimlari, diniy xodimlar kiradi. Ular (shuningdek, ularning muassasalari, jihozlari va transport vositalari) Jeneva Konventsiyalarining himoyasi ostida turadilar. Ularni harbiy asirga aylantirish mumkin emas. Dushman tasarrufiga tushgan paytlarida ham ularga o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi kerak. Bunga oid qoidalar I Jeneva Konventsiyasining 19, 24, 35, 36-moddalarida, II Jeneva Konventsiyasining 22, 27, 36, 37- moddalarida aks ettirilgan. Xuddi shuningdek, harbiy jurnalistlar, hariy ta’minotchilar va maishiy xizmat xodimlari ham kombatant hisoblanmaydilar. Ular o‘zlari tegishli bo‘lgan harbiy ma’murlardan ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjat va shaxsini tasdiqlovchi guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak. Bu haqdagi qoida I Qo‘shimcha Protokolning 79-moddasi va mazkur Protokolning II ilovasida aks ettirilgan. 1949 yilda qabul qilingan IV Jeneva Konventsiyasining 4-moddasi va I Qo‘shimcha Protokolning 50-moddasiga muvofiq qurolli kuchlar tarkibiga kirmaydigan va ichki sabablar tufayli vujudga keladigan ommaviy qurolli chiqishlarda qatnashmaydigan har qanday kishi fuqaro shaxs sanaladi. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling