Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
Kimyo o’qitish metodikasi kafedrasining o’qituvchilari Sharipov Sh.R., Yunusova Z., Yaxshiyeva Z.Z., Sultonov M. larning bakalavriant ta’lim yo’nalishiga o’tiladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulot hamda, seminar darslarida qatnashdim. Biz seminar darsini kuzatib o’quvchilarning ma’ruzani qanchalik darajada o’zlashtirganliklarini va o’qituvchining seminar mashg’ulotidagi rollini kuzatdik. Dars davomida seminarni qanday tashkil etishni o’rgandim. Ustozlarimizning ilmiy va pedagogik mahoratlari, darslarni olib borish uslublari, foydalangan ko’rgazmali qurollari va dars mobaynida qo’llagan metodlari haqida bilimlarga ega bo’ldim. Shu bilan birgalikda darslar davomida talabalarni baholash mezonlari bilan ham tanishib oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |