1. Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik mahorat tushunchasi


Download 62.5 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1623130
  1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik mahorat fanining predmeti m


O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Oriental universiteti





PP(s)2.17-guruh talabasi


Abbaqova Shohistaxon


Mavzu: Oila pedagogikasining predmeti,
maqsadi va vazifalari


TOSHKENT – 2023
REJA:
1. Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Pedagogik mahorat tushunchasi.
3. Pedagogik mahoratning tuzilishi.
4. Pedagogik faoliyat va mahorat.


Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Pedagogik ijodkorlik; pedagogik muloqot; muomala; pedagogik masala; pedagogik vaziyat; empatiya; pedagogik qobiliyat; pedagogik texnika; o’qituvchining shaxsiy intilishi; professiogramma; tashkilotchilik; mo’ljallay olish; kuzatuvchanlik; pedagogik texnika malakalari; individual pedagogik texnika; bir qolipdagi fikrlar; pedagogik qobiliyat; o’qituvchining shaxsiy xususiyatlari; ixtisosga oid metodik tayyorgarlik; o’qituvchi faoliyatida insonparvarlik.



  1. Pedagogik mahorat kursining predmeti, maqsad va vazifalari

Zamonaviy, ilg’or o’qituvchilarning ta’lim-tarbiya sohasida erishgan umumpedagogik tajribalari - qobiliyat va mahoratlari “Pedagogik mahorat” kursining predmeti hisoblanadi.
Mazkur qobiliyat, mahoratning mazmun - mohiyati, tarkibini sistema sifatida o’rganishda, oliy o’quv yurtlarida kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishdaPedagogik mahorat” kursini o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. “Pedagogik mahorat” kursi o’qituvchilar, jumladan, bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim-tarbiyaviy ishlarga ilmiy metodik va amaliy jihatdan tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy vazifalari: bo’lajak tarbiyachi, o’qituvchida pedagogik ijodkorlik, topqirlik, pedagogik muloqot, o’qituvchi nutqi, o’quvchiga har tomonlama ijobiy ta’sir etish usullari, pedagogik texnika hamda tarbiyachining tarbiyachilik mahoratini shakllantirishdan iboratdir.
Amaliy-seminar darslarida esa, o’qituvchi nutqi va fikrlash madaniyati, pedagogik ta’sirning rang-barang usullari, tarbiyachi o’qituvchining tashkilotchilik mahorati kabi masalalar o’rganiladi.
Amaliy darslarda diqqat va xayolni to’plash mashqlari bajariladi. Labaratoriya va mustaqil ishlarga ajratilgan soatlarda pedagogik vaziyatlar hosil qilinib, talabalar hamkorligida yechiladi. Bunday masala yoki pedagogik vaziyatlar o’qituvchining o’quvchilar bilan muomala qilia bilish malakasini tarbiyalashga xizmat qiladi. “Pedagogik mahorat” kursining amaliy darslaridan muayyan qismi maktablar va kollejlarda o’tkazilishi mumkin va ular nazariy bilimlarni mustahkamlashni ko’zda tutadi. “Pedagogik mahorat” fanining boshqa pedagogik tizimdagi fanlardan asosiy farqi shundaki, u o’qituvchi va o’quvchi munosabstlarida keng ijodiy imkoniyatlardan foydalanish uchun bitmas-tuganmas ijodiy faoliyat uchun maydon hisoblanadi.




  1. Download 62.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling