1.O’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha.
Ilmiy rahbarim k.f.n. Sharipov Sh.R. bilan kafedra tomonidan belgilangan dars jadvali bo’yicha uchrashib maslahatlar oldim.
Ishchi o’quv rejadagi fanlar, ulardagi talabalarning o’quv yuklamasi uchun ajratilgan dars soatlari va taqsimoti bilan tanishib chiqdim.
“Ilmiy- tadqiqot metodologiyasi”- (65 soat)
“Amaliy xorijiy tili”- (130 soat)
“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”- (65 soat)
“Noorganik kimyoning nazariy asoslari”- (180 soat)
“Organik kimyoning nazariy asoslari”- (236 soat)
“Atrof- muhit obyektlari analizi”- (201 soat)
“Mutaxassislik fanlarini o’qitish metadikasi”- (130 soat)
Ushbu fanlardan dars o’tadigan professor- o’qituvchilardan mustaqil ta’limda bajariladigan ishlar yuzasidan maslahatlar oldim.
k.f.d. dots. Yaxshiyeva tomonidan “Kimyoni o’qitishda zamonaviy texnologiyalar” fanidan o’qilgan ma’ruzalarida men Kimyo o’qitishda zamonaviy texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlari haqida juda qiziqarli ma’lumotga ega bo’ldim.
Umummetadalogik va mutaxassislik fanlaridan dastlabki ma’ruza darslari boshlanib, ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari va muammolari to’g’risida chuqur tushunchalar berildi. Semestr davomida belgilangan ma’ruza, semenar, amaliy mashg’ulot darslari va mustaqil ta’lim haqida to’liq ma’lumot berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |