1. O’quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish muammosi. Milliy istiqlol g’oyasining negizlari


Download 27 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi27 Kb.
#1599677
1   2
Bog'liq
Milliy dasturni o\'quvchilar ongiga sindirish

Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda e’tiborni quyidagilarga qaratish:
- insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish.
- buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yoritish;
- umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlarning yaratilish tarixini o’rganish;
- umumxalq bayramlarining tarixini o’rganish, o’tkazilishida milliy ruh kiritish;
- biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan buyuk olimlar hayotining ibratli tomonlarini ko’rsatish zarur;
Jumladan, «Evolyutsion ta’limot» bobini o’rganishda o’quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish jarayonida milliy qadriyatlarimiz bo’lgan Axmad ibn Jayxoniy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Boburlarning asarlarida evolyutsion g’oyalarning yoritilishi va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissalarini qayd etish orqali milliy g’ururni shakllantirish, Empedokl, Aristotelь, Teofrast, Lukresiy, Kar, Galen, K.Linney, JKьyuve, J.B.Lamark, Ch.Darvinlarning evolyutsion nazariyaning yaratilishi va rivojlantirishga qo’shgan hissalarini bayon etib umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini tarkib toptirish masalasi o’qituvchining diqqat markazida bo’lmog’i lozim.
O’quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi milliy mafkuraning bosh va asosiy g’oyalarini chuqur angladi, olib boriladigan ma’naviyma’rifiy ishlarni tashkil etishda mazkur g’oyalarga asoslanishi, o’quvchiyoshlarni shu yuksak maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishda biologiya darslari, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etish, mavzu mazmuniga bog’liq holda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berish lozim.

Adabiyotlar:




1. O’zbekiston, milliy istiqlol, iqtisodiy, siyosat, mafkura. I.Karimov.1 tom. 1996.
2. Tolipova. J, A.T. G’ofurov. Biologiya o’qitish metodikasi. Toshkent. Bilim.2004.
3. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Tosh. O’qit. 1983.
4. J.G’. Yo’ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O’qit. 2004.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling