1. O'quvchini baholash mezoni haqida
Pedagogikaning o'rganilish tarixi Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi
Download 0.62 Mb.
|
2 5229185462416979013
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar.
Pedagogikaning o'rganilish tarixi Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi.Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi.Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: Milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; Pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; Pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. “Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar. “Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan. Inson Ezgu fikr Ezgu so'z Ezgu amal VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o’lding».
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi. VII asrdan XIV asrningbirinchi yarmigacha O’rta Osiyodabir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa,qorixona, daloilxona) mavjud edi.Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qisho’rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savodo’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha,ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalariniegallaganlaridan so’ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni boshlaganlarMaktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar. Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola)bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganiniqayd etish lozim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling