O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU FARG'ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI
FAKULTETI
AKADEMIK YOZUV 1
FANIDAN
1-ORALIQ ISHI
BAJARDI: 1-KURS MASOFAVIY 810-22 guruh talabasi Farxodjonov Javohir
QABUL QILDI: XAMDAMOVA O. M.
FARG’ONA-2022
“Kelajakda IT olamida mening o‘rnim”
mavzusida esse
Zamonaviy dunyoda ITning o’rni kundan kun oshib borar ekan, uning zamonga moslashishi ham tezlikni talab qilmoqda. Bugun ishlab chiqilgan dastur ertaga yangilanishi shart va zarur. Shunday ekan men ushbu kasbda o’zimni yangi bilimlar bilan doim to’ldirib borishim menga ko’plab mas’uliyatni yuklaydi. Bugungi kunda oddiy o’zbek farzandlari ham dunyoning katta kompaniyalarida dasturlash bo’yicha ishlayotgani meni ushbu sohaga bo’lgan qiziqishimni oshirdi. Va bu istak meni hozirgi ishimdan ajralmagan tarzda ta’lim olish imkoniyati mavjud bo’lgan institut sari olib bordi.
O'ylaymanki, men o'zim o'ylagan institutga kirganim uchun kelajakdagi orzuimning kichik bir qismini amalga oshirdim. Hozirgi orzuim - IT sohasida insonlar uchun mashhur, qulay va juda foydali dastur va iovalar yaratish! Mening maqsadim bugungi va ertangi kunda insonning bir qismiga aylangan xizmat ko'rsatadigan ilovalar yaratishdan iborat. Buning xarajatlari va foydalari tomonlarini sinovdan o’tkazib keyin amaliyotga taqdim etaman. Shundan keyin men bu ishni qilmoqchiman. Bu orzuim ro'yobga chiqishi uchun men hozirdan chuqur dasturlashni o'rganishni lozim topdim va ingliz tilini ham yaxshi o'rganishim kerakligini angladim. Xudo xohlasa, bu orzuimni albatta amalga oshiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |