1-Oraliq nazorat Variant-16


Iste’molchining optimal nuqtasi


Download 50.72 Kb.
bet2/4
Sana13.03.2023
Hajmi50.72 Kb.
#1265905
1   2   3   4
Bog'liq
16-variant Tajikulova

2. Iste’molchining optimal nuqtasi
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini о‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:

  1. mavjud va cheklangan byudjetdan tо‘liq foydalaniladi;

  2. ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.

Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – uning tо‘liq sarflanmaganligini, о‘ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.
Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari tо‘plami eng ma’qul kо‘rilgan kombinatsiyada bо‘lishi lozim.






A
S

 D
 F I3


I2
I1
0 B



1-rasm. Iste’molchining optimal tanlovi.

1-rasmda uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bо‘lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – о‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan kо‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng kо‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.


D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar tо‘plami eng kо‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi.



Download 50.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling