1. Oraliq stansiyalarning texnik qurilmalari Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari


Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari


Download 222.98 Kb.
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi222.98 Kb.
#1354070
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Ma\'ruza

2. Oraliq stansiyalarda yo‘lovchi inshootlari
Yo‘lovchi harakatiga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘lovchi binolari, platformalari va ularni o‘zaro bog‘lovchi o‘tish yo‘laklari, hamda qo‘shimcha inshootlar (bagaj omborxonalari va boshqalar) quriladi. Yo‘lovchi binolari odatda 25, 50 100 va 200 yo‘lovchi sig‘adigan qilib namunaviy loyiha asosida quriladi. Yo‘lovchilar uchun xonalar, stansiya boshlig‘i, stansiya navbatchisi (strelka va signallarni boshqarish pultlari bilan) va boshqa maishiy va xizmat xonalari joylashadi. Stansiya navbatchisi xonasini joylashtirishda stansiya yo‘llarining va manevr harakatlarining yaxshi ko‘rinib turishi va xonadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformaga chiqish imkoniyati bo‘lishi kerak. Yangi qurilayotgan raz’ezd, quvib o‘tish punkti va oraliq stansiyalarda stansiya binolari bosh yo‘l o‘qidan kamida 20 m, tez yurar harakat yo‘llarida esa 25 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu talablar bajarilganda yo‘lovchi binosi tomonidan qo‘shimcha yo‘l qurish va zaruriy platforma kengligini ta’minlash imkoniyati saqlanib qoladi.
Kichik stansiyalarda odatda iz sathidan balandligi 0,2 m bo‘lgan past platformalar quriladi. Zinasiz motorvagon harakat tarkibi yuradigan joylarda balandligi 1,1 m platformalar quriladi. Oraliq stansiyada platformalarning uzunligi harakatdagi yo‘lovchi poezdlar uzunligidan kam bo‘lmasligi kerak.
Uzaytirilgan yo‘lovchi poezdlari yuradigan stansiyalarda yo‘lovchi platformalar tegishli ravishda uzaytirilishi kerak. Uzaytirilgan yoki qo‘shma yo‘lovchi poezdlar yuradigan yo‘llarning dastlabki davrlarida shu poezdlar o‘tadigan yo‘llarda platformalar qurilishi, yoki yo‘l oralig‘i asfaltlanishi mumkin. Asosiy yo‘lovchi platformasining yo‘lovchi binosi oldida kengligi 6m (qiyin sharoitlarda 5 m), qolgan uzunligida esa 3 - 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. I va II toifali yo‘llarda past platformalar kengligi kamida 4 m, poezga chiquvchi yo‘lovchilar 25 dan oshmasa hamda III va IV toifali yo‘llarda kamida 3 m olinadi. Baland platformalar odatda 6 – 8 m kenglikda, yo‘lovchi ko‘priklardan tushish yoki tonnellarga kirish hisobini olib quriladi.
Yo‘lovchilarning binodan past platformalarga o‘tishi va bagajlarni oraliq platformalarga o‘tkazish uchun iz sathi balandligida o‘tish yo‘llari (nastыl) quriladi. O‘tish yo‘llarining soni kamida 2 ta va kengligi 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan oraliq stansiyalarda oraliq platformalar yo‘lovchi binosidan uzoqda, yuk poezdlari yo‘llaridan keyin joylashgan bo‘lsa, u holda piyoda ko‘priklari yoki tonnellar quriladi. Bunday o‘tish yo‘llari yuqori platformalar bo‘lganda alohida ahamiyatlidir. Tonnellar qaddi past bo‘lgani uchun yo‘lovchilar uchun ancha qulay, ammo qurilish narxi qimmat.
Piyoda ko‘priklarining yurish yo‘li kengligi kamida 2,25 m. Tonnel kengligi esa kamida 3 m. Tonneldan chiqishda bir yo‘lakli zinalar kengligi 3 m. Ikki yo‘laklilari esa kamida 2 m qilib quriladi. Yo‘lovchi binosi oldida vokzal oldi maydoni qurilib shahar bilan bog‘lanish uchun xizmat qiladi. Vokzal oldi maydonida avtobuslar, yengil mashinalarni qulay joylashtirish imkoniyati bo‘lishi kerak.



Download 222.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling