1. Oʼrgatish bosqichlari
Download 36.34 Kb.
|
11-12 yoshdagi oʼquvchilarga uyin elementlarini oʼrgatishda kunikma va malakalarni shakllantirish metodikasi (Valeybol misolida)
Mavzu:11-12 yoshdagi oʼquvchilarga o’yin elementlarini oʼrgatishda kunikma va malakalarni shakllantirish metodikasi (Voleybol misolida). Reja
1.Oʼrgatish bosqichlari 2. Toʼpni boshqarishni oʼrgatish 3. Umumiy va maxsus mashqlar orqali oʼrgatish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish Yosh voleybolchilarning toʼpni boshqaruvchanligini oshirish va dastlabki oʼrgatish davrida sport tayyorgarligi mazmuni xususan jismoniy sifatlarini rivojlantirishga (tizimli, kordinatsion qobiliyatli, epchilligi va boshqalar) shu jumladan, voleybol oʼyini texnikasi asoslarini egallashga qaratilgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan iborat boʼlishi kerak. Dastlabki bosqich ixtisoslashtirilgan mashqlarning kirish va boshlangʼich davri hisoblanadi. Yakuniy bosqich esa faqatgina uzoq vaqt ixtisoslashtirilgan mashqlar oʼtkazilishidan keyingina oʼtkaziladi. Dastlabki davrda olingan va shugʼullanuvchilar yakuniy natijalar oʼrtasidagi yaqin bogʼliqlik mavjudligi sport qobiliyatlarini ratsional tanlash va ishonchli tahmin qilinishini koʼrsatadi. Ilk boshlangʼich davrida sportchilarni maxsus kuzatishlar yordamida voleybol oʼyiniga koʼnikmalari va malakalarini muvaffaqiyatli egallashga qobiliyatlari toʼgʼrisida fikr yuritishi mumkin boʼlgan maʼlumotlar olinadi. Ularning sogʼliqlarini hisobga olib yosh sportchining qiziqishlari ularning voleybol bilan shugʼullanishlariga ota-onalarning munosabatlari, shugʼullanuvchining mehnatsevarliklari va irodaviy sifatlari va shu kabilar aniqlanadi. Аsosan harakatli oʼyinlarni mashqlar shaklida qoʼllash orqali mashgʼulotlarda biror-bir mashqni bajarilishi birinchi navbatda uning sport yutuqlarini oʼsishiga taʼsiri bilan belgilanishi qoidasidan kelib chiqish kerak. Аynan yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini va sakrovchanligini rivojlantirishga, harakatlanish harakatlari turlarini kengaytirishga, eng asosiysi voleybolchi uchun muhim boʼlgan taktik harakatlarga qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni taʼminlovchi psixofizik jarayonlari va funktsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradigan harakatli oʼyinlarni tanlab olish muhim deb xisoblaymiz. Chunki eng yaxshi natijalarga faqatgina dastlabki oʼrgatish davrida aniq vazifalarini va shugʼullanuvchilarning individual-guruhli xususiyatlarini hisobga olib harakatli oʼyinlarning oʼqitish, tarbiyalash va mashqlar boshqa vositalari bilan mosligida erishish mumkin. Shuning uchun jismoniy sifatlarini yaxshilashga va voleybol oʼyini koʼnikmalarini mustahkamlashga karatilgan harakatli oʼyinlarini ilmiy asosda tanlab olish zarur. Sport maktablarining amaldagi dasturlarini tahlil qilish, oʼquvchilarni boshlangʼich tayyorgarlik guruhlariga tanlash, koʼp yillik tayyorgarlik jarayonida yosh voleybolchilarni bitiruv va joriy sinovlariga asosan jismoniy rivojlanganligi, jismoniy va texnik tayyorgarligi belgilarini hisobga olish asosida oʼtkazilishini koʼrsatadi. Shu bilan bir vaqtda soʼnggi yillarda respublikamizda keng tarqalgan sport turlaridan biri –voleybolning rivojlanishida yaqqol koʼzga tashlanadigan tomonlaridan biri kombinatsion oʼyinning kuchayishi hisoblanadi. Bu esa sportchilarning oʼyinda fikrlashlari va taktik tayyorgarliklariga bir qator qatʼiy talablarni qoʼyadi. Voleybol bilan shugʼullanish uchun bolalarni tanlashda boshqa koʼrsatkichlar bilan birgalikda faqatgina jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va texnik tayyorgarlik koʼrsatkichlari yordamida aniqlash mumkin boʼlmagan oʼyin faoliyatiga qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyon etishga sabab boʼluvchi shaxsiy sifat va xususiyatlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega. Dastlabki tayyorlov guruhlariga maxsus mashgʼulot oʼtkazishga 7-8 yoshdan boshlab voleybol sport turiga takomillashishlari maqsadga muvofiqligini aniqlab olish muhimdir. Baholashning murakkabligiga sabab, ularning boʼlajak natijalarini 10-12 yil oldindan tahlil qilinishi bilan bogʼliq. Sportning baʼzi turlarida, shu jumladan voleybolda birinchi navbatda oʼyinchilar boʼyining uzunligi va sakrovchanligi hisobga olinishiga bogʼliq. Zamonaviy voleybolchilar shugʼullanuvchilar organizmiga qoʼyiladigan talablarni bilishi, yuksak malakali oʼyinchilarni samarali tayyorlash muhim shartlaridan biridir. Boshlangʼich va umumiy tayanch tayyorgarligida har tomonlama tayyorlash, yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirib, ularning sport natijalarini oʼsishiga ijobiy taʼsir koʼrsatishi uchun mazmunan turli xildagi harakatli oʼyinlar, yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish va boshqalardan foydalangan holda yondashish eng qulay shaklidir, chunki oʼyin isteʼdodi tuzilishini tashkil etadigan birliklarda turli xususiyatlari va sifatlarini namoyon etishga yordam beradi. Dastlabki tayyorlov boskichida tanlash va tayyorlashning uzaro bogʼliqligini shugʼullanuvchilarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, tanlangan sport turida texnik-taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni koʼzda tutadi. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida bizning kurs ishini maqsadi: yosh voleybolchilarni sakrovchanligini oshirishda harakatli oʼyinlardan foydalanish orqali jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida oʼquvchilarning jismoniy tayorgarliklarini rivojlantirishdan iborat. 1.Harakatli oʼyinlarni oʼyin yoʼnalishlariga binoan, turlarini ishlab chiqish predmetiga sinovdan oʼtkazish bilan ularni tanlash va voleybol xususiyatlariga moslashtirish. 2.Harakatli oʼyinlarning yosh voleybolchilar jismoni y rivojlanganliklari va texnik taktik tayyorgarliklari darajasiga taʼsirini aniqlash. 3.Yosh voleybolchilar sakrovchanligini oshirishda harakatli oʼyinlardan foydalanishning samaradorligini oʼrganish. 4.Dastlabki sport tayyorgarligi davrida yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda bolalarning mashgʼulotga moyilligini, qiziqishini, bor imkoniyatlarini ishga sola bilishligigini, vaziyatni oldindan koʼra bilish qobiliyati rivojlangan sportchilarni ajratib olish. Bu vazifalar sportchilarning sifat koʼrinishini oʼzgartirib, tanlovning butun tayyorgarligi davomida voleybolchilarni koʼp yillik tayyorlashga yordam beradi. Sportchilarni sakrovchanligini oshirish voleybol sport turidan kuchli sportchilarga ega boʼlgan va sport qobiliyati xususiyatini tashkil etuvchi sifatlar toʼplamini bilishga asoslanadi. Sakrovchanlik masalisini hal etishda sportchini sinovlar va oʼlchovlar –bir necha davri bilan uzoq vaqt oʼrganish va tekshirib borish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning amaliy ishonchliligini hamda aniqliligini ancha oshiradi va muhim ahamiyatga ega boʼladi. Biologik ishonchlilik tamoyilini yaratish sportchini yuksak sport mahorati davrida uni kutib turgan juda yuqori yuklamalar bilan mashq bajarish har qanday sharoitlari bilan bogʼliq sogʼligʼi holatida mumkin boʼlgan oʼzgarishlarni asosli ravishda tahmin qilish zarurligi talab etiladi. Download 36.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling