Sinaluvchilar ko’rsatkichlari


Download 229.75 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi229.75 Kb.
#1342765
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Ota-onalarning oʼz farzandlariga boʼlgan munosabat turlarini aniqlash uchun А.Ya.Varga, V.V.Stolinning “Ota-onalarning bolalarga boʼlgan munosabatini aniqlash” test-soʼrovnomasidan foydalanildi.
“Ota-onalarning bolalarga boʼlgan munosabatini aniqlash” test- soʼrovnomasi mualliflari А.Ya.Varga va V.V.Stolin nuqtai nazari boʼyicha ota-onaning bolaga boʼlgan munosabat xususiyati quyidagi koʼrsatkichlarni oʼz ichiga oladi: bolaga nisbatan integral hissiy munosabat – “Qabul qilish-rad etish” shkalasi; ota-ona munosabatining istalgan ijtimoiy obrazi – “Kooperatsiya” (Hamkorlik) shkalasi; ota-ona munosabatida avtoritarizm (avtoritetga ega boʼlgan katta yoshli kishilarga koʼr-koʼrona boʼysunishga asoslangan “Аvtoritar giperijtimoiylashuv”), yaʼni “Nazorat” shkalasi; ota- onalarning farzandlari bilan munosabatlaridagi psixologik distantsiyani ifodalovchi “Simbioz” shkalasi; ota-ona tomonidan bolaning qabul qilinishi va uni tushuna olish xususiyatini aks ettiruvchi “Bolaning omadsizliklariga munosabat” shkalasi.
Eksperimental tadqiqotimizda 31 nafar ota-onalar sinaluvchi sifatida qatnashdilar. Tadqiqot natijalaridan olingan koʼrsatkichlarning tahlilini oʼtkazish uchun har bir shkala boʼyicha berilgan javoblar foiz hisobida qayta ishlanib, koʼrsatkichlar uch darajaga ajratildi: yuqori, oʼrta va past(1-,2-jadvallar).
А.Ya.Varga, V.V.Stolinning “Ota-onalarning bolalarga boʼlgan munosabatini aniqlash” test-soʼrovnomasi





Shkalalar



Sinaluvchilar ko’rsatkichlari

Yuqori

O’rta

Past

1.

Bolani qabul qilish – rad etish

-

71.5

28.5

2.

Kooperatsiya

-

72.7

27.3

3.

Simbioz

11.8

66.6

21.6

4.

Nazorat

54.4

33.3

28.5

5.

Bolaning muvaffiqiyatsizliklarga munosabat

21.1

31.6

47.3


Sinaluvchilarning shkala bo’yicha ko’rsatkichlari


Download 229.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling