Sinaluvchilar ko’rsatkichlari
Bolani qabul qilish – rad etish
Download 229.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinaluvchilarning shkalalar bo’yicha ko’rsatkichlari ( ball hisobida)
Bolani qabul qilish – rad etish
Kooperatsiya Simbioz Nazorat Bolaning muvaffiqiyatsizliklarga munosabat 80 70 60 50 40 30 20 10 0 yuqori o’rta past “Ota-onalarning bolalarga boʼlgan munosabatini aniqlash” test-soʼrovnomasi natijalar (ballarda) 2-jadval
Sinaluvchilarning shkalalar bo’yicha ko’rsatkichlari ( ball hisobida) 14 12 10 8 6 4 2 0 yuqori o’rta past “Bolani qabul qilish-rad etish” shkalasi kattalarning bolalarga nisbatan integral hissiy munosabatini aks ettiradi. Uning yuqori koʼrsatkichi ota-onalar tomonidan bolalarning layoqatlariga, xususiyatlariga past nazar bilan qarashlari, ularni omadsiz deb baholashlarini izohlaydi. Ularning fikricha, bola hayotda yetarli darajada muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi, buning uchun unda zarur qobiliyatlar yetishmaydi. Umuman olganda, bunday ota-ona bolaning imkoniyatlariga ishonmaydi va uni hurmat qilmaydi. Quyi koʼrsatkich esa, buning aksini koʼrsatadi. Tadqiqotimizda ishtirok etgan respondentlarning javoblarining(1-,2-rasmlar) tahlili mazkur mezon boʼyicha sinaluvchilarning bolalarga nisbatan destruktiv munosabatini tavsivlaydi(28.5 foiz). Bu holat ularda bolalarga nisbatan hissiy iliq munosabatning yetarli darajada emasligini, ular bolaning shaxsiy pozitsiyasi va qiziqishlarini qabul qilishi bolalarga boʼlgan munosabatda muhabbatning tabiiy emasligini koʼrsatadi. Sinaluvchilarning oʼz bolalarini rad etishlari va bolalar imkoniyatlarini yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, yaʼni oʼsmirlik davridagi psixologik oʼzgarishlarni adekvat baholay olmasliklaridan dalolat beradi. Аlbatta bu holat oz miqdordagi respondentlarga xos boʼlsada, bolalariga munosabatlarida muammolar mavjudligini koʼrsatuvchi xavotirli belgi hisoblanadi. Bu esa sinaluvchi oʼsmirlarning hissiy rivojlanishida, xarakter aktsentuatsiyalarida oʼz aksini topadi. Ushbu shkala boʼyicha oʼrtacha darajadagi koʼrsatkich 71.5 foizni tashkil etadi(1-rasm). “Hamkorlik” shkalasi ota-onaning bolani reja va ishlariga qiziqish darajasini aniqlaydi hamda ota-onaning ijtimoiy maʼqul obrazini aks ettiradi. Mazkur shkala boʼyicha yuqori koʼrsatkich ota-onaning bolalarga barcha ishlarida yordam berishi, ularning qaygʼulariga hamdard boʼlishi, intellektual va ijodiy imkoniyatlarini toʼgʼri baholay olishga intilishi, u bilan faxrlanish tuygʼusini his etishi, bola rivojlanishi va tarbiyasi bilan anglangan holda shugʼullana bilishi, bolaning tashabbusi va mustaqilligini ragʼbatlantira olishi, u bilan tengqurday munosabatda boʼlishga harakat qilishidan darak beradi. Ushbu shkala boʼyicha 27.3 foiz sinaluvchi ota-onalarga quyi daraja xos(1-jadval). “Hamkorlik” shkalasi boʼyicha quyi darajaga oid koʼrsatkichlar koʼpchilik respondentlarning oʼz farzandlari bilan oʼzaro munosabatlarida ziddiyatlar mavjudligini koʼrsatadi. Chunki bolalarning imkoniyatlarini toʼgʼri baholay olmaslik, ularning hayot tarzi, faoliyati, kelgusi rejalariga eʼtiborsizlik, ularning intilishlarini hurmat qilmaslik tushunmovchiliklarni vujudga keltiruvchi omil boʼlib xizmat qiladi. Tadqiqotdagi sinaluvchi bolalar oʼsmirlar ekanligini va bu davr psixologik va jismoniy oʼzgarishlar davri ekanligini hisobga oladigan boʼlsak, ushbu koʼrsatkichlar ota-onalarning oʼz vazifalarini bajarishlarida maxsus pedagogik va psixologik savodxonlik yetishmasligining natijasi sifatida qaralishi mumkin. “Nazorat” shkalasi. Ushbu shkala kattalar bola hulq-atvorini qanday nazorat qilishlari, bola bilan boʼlayotgan munosabatlari demokratik yoki avtoritar uslubda qurilishini xarakterlaydi. Mazkur shkala boʼyicha 54.4 foiz respondentlar yuqori koʼrsatkichga ega ekanliklarini koʼrish mumkin. Yuqori koʼrsatkich kattalarning boladan soʼzsiz boʼysunishni va intizomni talab etishga, oʼz soʼzlarini oʼtkazishga moyilliklari, bolaning fikrini inobatga olmaslik, bolaga nisbatan avtoritar nazoratning ustunligini koʼrsatadi. Ushbu shkala boʼyicha 33.3 foiz oʼrta daraja, 28.5 foiz kuyi darajani koʼrsatadi(1-jadval). Demak, tadqiqot natijasida olingan maʼlumotlar sinaluvchi ota- onalar tomonidan bolalarni nazorat qilishdagi avtoritar munosabatning ustunligini koʼrsatadi. Bolalarga boʼlgan avtoritar nazoratning ustunlik darajasi turli omillarga ham bogʼliq boʼlishi mumkin. Jumladan, ijtimoiy qiyin sharoit, bolalar psixik rivojlanishidagi oʼziga xos jihatlar, yosh xususiyatlari, bolalar xavfsizligini taʼminlash uchun yuqori darajadagi nazoratni oʼrnatishga majbur etishi mumkin. Kattalar tomonidan bola shaxsiga nisbatan oʼtkazilgan bosim kelgusida ular oʼrtasidagi “ota-ona – farzand” munosabatlarining buzilishiga sabab boʼladi. Аvtoritar giperijtimoiylashuv bosimi ostida tarbiyalangan bolalar esa soʼzsiz boʼysunadigan, kamgap, xavotirlilik darajasi yuqori boʼlib, xarakterida salbiy sifatlar namoyon boʼlishiga olib keladi va hayotning keyingi bosqichlarida muhitga moslashuvida oʼziga xos muammolarga duch kelishlariga olib keladi. “ Simbioz “ shkalasi. Bu shkala savollari kattalar bola bilan birlashishga intilishi yoki masofa saqlab qolishga intilishini aniqlashga yoʼnaltirilgan. Simbioz – bola bilan kattalarning oʼziga xos aloqasi. Ushbu shkala boʼyicha sinaluvchilarning 66.6 foizi oʼrtacha koʼrsatkichga ega ekanligi maʼlum boʼldi. Аmmo 11.8 foiz sinaluvchilar mazkur shkala boʼyicha past koʼrsatkich namoyon qildilar(1-rasm). Bu esa ushbu ota-onalarning farzandlari bilan munosabatlarida keskin psixologik distantsiya oʼrnatishlaridan, ular toʼgʼrisida unchalik gʼamxoʼrlik qilmasliklaridan dalolat beradi. “Bolaning omadsizliklariga munosabat” shkalasi ota-onalarning bolani qanday qabul qilishlari munosabati koʼrsatkichi, ota-onaning bolaga boʼlgan qabul qilish va tushunish xususiyatini aks ettiradi. Mazkur mezon boʼyicha yuqori koʼrsatkich oiladagi bolalarga nisbatan befarq munosabatda boʼlish, ularning hatti-harakatlari, qarorlarini hurmat qilmaslik, yosh davri va jismoniy hamda psixik imkoniyatlarini toʼgʼri baholamasliklari koʼrsatkichidir. Tadqiqotda ishtirok etgan ota-onalar ham oʼz farzandliarining real imkoniyatlariga nisbatan befarq munosabatni bildirib, bolalarning rivojlanishi darajasini adekvat baholay olishdan biroz yiroq ekanligini bildiradi. Bunda kattalar doimo bolani real yoshiga nisbatan kichik deb koʼradi, ularni hayotning qiyinchiliklaridan chegaralashga harakat qiladi. Zero, ularning bolani butun umri davomida koʼrsatmalar bilan yashashga undashi, ularning harakatlari va erkinligini chegaralashga urinishlari bolaning meʼyordagi ijtimoiylashuvi kechishiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. “Bolaning omadsizliklariga munosabat” shkalasi boʼyicha ota- onalarning 21.1 foiz javoblaridan (1-jadval) yuqori daraja koʼrsatkichlari xavotirga oʼrin borligidan maʼlumot beradi, chunki bolalarga ishonch bildirilishi, ularni mustaqil faoliyat yuritish koʼnikmalariga oʼrgatish ijtimoiylashuv jarayonining bir sharti sifatida ota-onalardan kattalik hamda oʼziga ishonch hissi shakllangan shaxsni kamol toptirishni talab etadi. Bolalarni doimiy ravishda tergash, ularni kamsitish ularda oʼziga ishonch shakllanishiga toʼsqinlik qilishi mumkin. Ota-onalar va bolalar oʼrtasidagi bu tarzdagi destruktiv munosabat shakllari oʼsmir shaxsi xususiyatlari, shuningdek, xarakter sifatlari shakllanishiga salbiy taʼsir etib, ularning jamiyatga integratsiyalashuvidagi ichki psixologik qarshiliklarni taʼminlashi mumkin. Sinaluvchi ota-onalarda 47.3 foizni mazkur shkalaning quyi koʼrsatkichga ega ekanligi ularning koʼpchiligida farzandlari bilan munosabati hurmat va ishonch asosiga qurilganidan darak beradi (1-rasm va 1 –jadval).Demak, ular farzandlari yoshiga nisbatan imkoniyatlarini toʼgʼri baholaydi, unga ishonadi, uning qiziqishlari , fikrlari , tuygʼulariga jiddiy munosabatda boʼladi. Tadqiqot natijalari asosida sinaluvchi ota-onalarni ikki guruhga ajratish mumkin: - bolaga nisbatan konstruktiv munosabatni namoyon qiluvchi ota- onalar(49%) ; - bolaga nisbatan destruktiv munosabat xususiyatidagi ota-onalar(43%). Demak, ota-onalar tomonidan bola shaxsiga nisbatan oʼtkazilgan bosim kelgusida ular oʼrtasidagi “ota-ona va farzand” munosabatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Аvtoritar giperijtimoiylashuv bosimi ostida tarbiyalangan bolalar esa soʼzsiz boʼysunadigan, kamgap, xavotirlilik darajasi yuqori boʼlib, hayotning keyingi bosqichi muhitiga moslashuvida oʼziga xos muammolarga duch kelishlari mumkin. 43% sinaluvchi ota-onalar bolalariga boʼlgan munosabatda ularning qobiliyatlari va imkoniyatlariga ishonchlari yoʼqligini yuqori ballar orqali hamda omadsiz kichkintoy sifatidagi munosabatda boʼlishlari orqali namoyish qildilar. O’tkazilgan metodikaga ko’ra, olingan natijalar quyidagi jadvalda havola qilinadi:
Sog’liq ko’rsatkichi: Sinaluvchilarning sog’liq bo’yicha ko’rsatkichlarini eng past darajasi 13% ni, o’rtacha darajasi 10% ni, yuqori darajasi esa 77% ni tashkil etgan. Demak, sinaluvchilarning asosiy qismi o’zining salomatligiga ishonadi. Bu ularning ko’p kasal bo’lmasliklari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich umumiy tahlil qilinsa, ijobiy natija sifatida olinishi mumkin, chunki barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash muhim bo’lgan ayni sharoitda yosh avlodning salomarligi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sinaluvchining BAXT ko’rsatkichi bo’yicha natijalari quidagicha – past darajasi – 8%, o’rta ko’rsatkich – 10%, yuqori ko’rsatkich – 82% ni tashkil etdi. Bunga ko’ra sinaluvchilarning kata qismi o’zini baxtli xis qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bbu ko’rsatkich ham davlatimiz tomonidan qo’yilgan ayni kundagi talab va siyosatga mos keladi. Bolalarning o’zini baxtli xis qilishi ularning ozod va obod Vatanda yashashini his qilishi bilan bog’liq holda tahlil qilinsa yanada ijobiy baho berish mumkin. Qolaversa, o’zini baxtli his qilgan bola, avvalo, ruhan baquvvat bo’ladi, bu uning po’quv faoliyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. AQLIY DARAJA ko’rsatkichi – sinaluvchilarda quidagicha taqsimlangan – past daraja – 15%, o’rta daraja, 20%, yuqori daraja 65% ni tashkil etgan. Sinaluvchilarning asisiy qismida o’zining qobilyatlarini yuqori darajada baholashgan. Buni shunday izohlash mumkinki, bolalarning o’z kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi. Malumki, “Men” – obrazi shakllanishining reallik darajasi va tayanchlari maktabgacha davrda paydo bo‘lib, aynan maktabdagi o’zlashtirish darajasi bilan bog‘liq. Shu o’rinda bolalardagi past ko’rsatkich - o‘z qadr qimmati haqidagi tasavvurning yaxshi shakllanmaganligi va bu esa bolada maktabda o‘qish bilan bog‘liq turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Sinaluvchilarning XARAKTER ko’rsatkichlari quidagicha - past daraja - 20%, o’rta daraja - 13%, yuqori daraja - 67%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich sinaluvchining “MEN” konsepsiyasi bilan bog’liq. Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rnini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “Мen” ini belgilaydi. Yuqoridagi ko’rsatkichlar sinaluvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida ko’rinadi. Download 229.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling