1. O‘rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport
Pedagogikaga doir adabiyotlarda jismoniy tarbiya masalalari
Download 44.77 Kb.
|
JAVOBLAR
Pedagogikaga doir adabiyotlarda jismoniy tarbiya masalalari.
Rus davlatining taraqqiy etishi va mustahkamlanishi bilimning turli sohalariga doir adabiyotlarga ijtimoiy ehtiyoj tug’dirdi. Tabiatshunoslik, medisina va pedagogikaga oid har xil kitoblar chiqa boshladi. Yoshlar jismoniy tarbiyasiga salbiy munosabatda bo’lgan ruhoniylar bu masalaga doir adabiyotlarning Rusda tarqatishiga xalaqit berardi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, XVII asr oxirlarida jismoniy tarbiya masalalari haqida ham to’xtalib o’tilgan pedagogik asarlar paydo bo’ladi. Ularning orasida eng yirigi olim, monax Yepifaniy Slavineskiyning (1676 yilda vafot etgan) «Bolalar odatlarini tarkib toptirish» nomli kitobi edi. Muallif o’zining bu kitobida «Domostroy»da (Turmush qoidalari va bolalar tarbiyasi to’g’risida maslahatlar to’plami) bayon qilingan tarbiya g’oyalaridan tubdan farq qiluvchi yangi insonparvar pedagogika g’oyalarini ilgari surdi. Slavineskiyning asari bolalar shaxsiga hurmat bilan sug’orilgan edi. U bolalar tarbiyasida harakatli o’yinlarga alohida ehtibor berdi. Slavineskiy harakatli o’yinlarga faqat bir ermak deb qaramadi, balki ularni sog’liqni mustahkamlash va ma’naviy jihatdan kamol toptirish vositasi deb hisobladi. Yepifaniy Slavineskiy Rusda birinchi bo’lib o’yinlarni bolalar tarbiyasida qo’llash uchun kerakli va keraksiz guruhlarga ajratib, ularni toifalashga intildi. U to’p o’yini, yugurish va har xil sakrash o’yinlarini birinchi guruh o’yinlariga; pul yutish va yutqizish bilan bog’liq bo’lgan oshiq va qarta o’yinlarini, shuningdek, firibgarlik, shuhratparastlik va boshqa nuqsonlarning ildiz otishiga sabab bo’ladigan o’yinlarni ikkinchi guruh o’yinlariga kiritdi. Slavineskiy «O’yinni nima bezaydi?» degan savolga shunday javob beradi: «Barqarorlik, haqiqiy quvonch, jonlilik va tafakkur kuchi o’yinni bezaydi. Odamlar aytganidek, o’yinda ko’zbo’yamachilik va ayyorlik bilan emas, balki halollik va to’g’rilik bilan g’alaba qilish kerak». Uning xatosi shuki, suzish va kurashni sog’liq uchun zararli deb hisobladi. Download 44.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling