1. O‘rta asrlarda jismoniy tarbiya va sport
Download 44.77 Kb.
|
JAVOBLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.Qadimgi Rusda jismoniy tarbiya
Ritsarlar tarbiya tizimi. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida ritsarlik tarbiya tizimini qo‘llab-quvvatlagan. Salb yurishlaridagi ritsarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, ulami tayyorlashga e’tibor kuchaytirilgan va ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil etilgan. Ritsarlami tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov qilish, suzish, kamondan o‘q otish, shaxmat o'yini, she’iFaytish kabilardan foydalanilgan.
Ritsarlar tayyorlash tizimining dastlabki bosqichida oddiy feodallar o'zlarining 7 yoshlik o‘g‘illarini senyor (boy feodal) qal’a-siga yuborganlar. Bo'lajak ritsarlar qal’ada 7 yoshdan 14 yoshgacha paj xizmatini o‘taganlar va bunda zodagon, obroii feodal ayollar tarbiyasini olganlar. Bu davrda ular kuchli va epchil bo‘lish uchun maxsus o‘qituvchilar yordamida kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, suzish va otda yurish kabi mashqlar o‘rgatilgan. Ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob qoidalari o‘rgatilgan. Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar navbatdagi bosqichda, 14 yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o‘tkazilgan. Ritsarlar tayyorlash tizimining ikkinchi bosqichida qurolbardorlar maxsus o‘qituvchilar rahbarligida asov otlami minish, og‘ir temir qalqonlar kiygan holda va ularsiz uzoq masofalarga chopish, xandaqlardan va devorlardan sakrab o‘tish, qal’a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqish, qurol bilan va qurolsiz suvda suzish, ov qilish, shaxmat o‘ynash o‘rgatilgan. Qurolbardorlikning oxirgi yillari-da yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish hamda to‘la asbob-aslahalari bilan otda yurishni rnashq qilganlar. 13.Qadimgi Rusda jismoniy tarbiya Eng avvalo e’tirof etish lozimki, jismoniy madaniyat va sport tarixiga doir darsliklar (1968 yildagi tarjima), V.V.Stolbov rahbarligi tahriri ostida tayyorlangan, keyingi darsliklar (1983, 1989 va boshqa ruscha) birmuncha eskirdi. V.V.Stolbov tahriri ostida 2000 yilda nashrdan chiqqan «Istoriya fizicheskoy kulturы i sporta» darsligi (uchinchi qayta ishlangan) birmuncha ixcham, voqyealar oydinlashgan, so’nggi yillardagi o’zgarishlar, dalillar oddiy qilib bayon etilgan. Eradan avvalgi IV-III asrlarda shimoliy rus xalqi mehnat va turmushda chang’idan ko’p foydalangan. Sibir va Uzoq Sharq xalqlari yugurish, nayza uloqtirish, boltani mo’ljalga otish, eshkak eshish, ayiq o’yinlari va jismoniy harakatlarning boshqa turlari bilan mashg’ul bo’lishgan. Qadimgi slavyanlarning jismoniy mashqlari va turli xil o’yinlari alohida ajralib turgan. Sharqiy slavyanlar xalqlari quldorchilik tuzumini deyarli boshdan kechirmaganlar. Ular chorvachilik, yer haydash, ovchilik, mayda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi slavyanlarda qizlarni onalar, o’g’il bolalarni esa otalar tarbiyalashgan. Har bir o’g’il bolaning jangchi bo’lishi uchun tayyorlanishi kuzda tutilgan. Tarbiya ikki yoshdan boshlanib, bola to’rt yoshga yetganda, uni otga o’tqazganlar. 10 yoshga to’lgan bolalar qilichbozlik qilib, barcha hunarlarni yaxshi egallagan. Slavyanlar Volga, Dnepr daryolari va Qora dengizda suzish, eshkak eshishni yaxshi o’rganishgan. Sharqiy slavyan xalqlar o’zlarining an’analari va marosimlarida «Ayiq jangi», «Ho’kiz bilan olishuv», «Ovda» kabi o’yinlarni ijro etishdi. Ta’kidlash lozimki, Rossiyaning madaniyati hamda jismoniy tarbiyasi davrlar o’tishi bilan rivojlangan. Bu Oktyabr inqilobidan keyin (1917) ham u bevosita Rossiyada va mustamlaka mamlakatlarida (Kavkaz, Markaziy Osiyo, Boltiq bo’yi va h.k.) davom ettirildi. Rossiya Federasiyasi va Sobiq SSSRning jismoniy tarbiya va sport tarixi bir hisoblanadi. Shuning uchun Rossiya Federasiyasi va Sobiq SSSR jismoniy tarbiya va sport tarixi birgalikda ifoda etildi. Download 44.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling