1. O‘rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar. Ma’rifatparvar o‘zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida


-ilova Bundan ko‘rinib turibdiki axloq-odobning normalari


Download 0.71 Mb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1571409
1   2   3   4   5
Bog'liq
М-1. Ўзб оила пед рив тарихи

10-ilova
Bundan ko‘rinib turibdiki axloq-odobning normalari
kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi.
Axloqiylik oiladan boshlanadi deb yuqorida ko‘rsatib o‘tdik. Inson dunyoga kelishi bilan o‘zini o‘rab olayotgan muhitni ta’siriga tushadi, atrofdagi voqea hodisalarga bog‘liq bo‘ladi. Chaqaloq gapira olmaydi. Bu tabiiy holat. Ota-onalarimiz bobo-momolarimizdan, biz esa ota-onalarimizdan, farzandlarimiz esa bizdan o‘rganadilar.
Avlodlar vorisligi ham ana shundan kelib chiqadi. O‘zbekona, milliy axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o‘tgan sabo qlari va bizga doim madad bo‘lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofati ila milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Oilada bolaga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning asosiy maqsadi ularda axloqiy fazilatlarni hosil qilish va ularni rivojlantirish, ularni yaxshi xulq-atvorga o‘rgatish, ularda ijobiy hatti-harakatlar ko‘nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat.
13-ilova
Xalqimizda shunday axloqiy qoidalar mavjudki, ular o‘zbekligimizni namoyon qilib, qadrimizni boshqa xalqlar oldida ko‘tarib turadi va milliy o‘zligiga xosligi bilan ajratib turadi. Oilada bolaning ongiga go‘dakligidanoq o‘zgalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, jamiyat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustuvor ekanligini uning ongiga singdirib borish muhimdir.
Oilaviy tarbiya mahorati bolada uni o‘rab turgan dunyoni fuqaro va vatanparvar sifatida ko‘rish va anglab yetishni o‘rgatishda ko‘rinadi. Toki, bola o‘z atrofida, o‘z yonida bo‘layotgan voqea va hodisalarga befarq qaramaydigan bo‘lsin, bolaligidanoq boshqalarning quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lsin, ko‘nglidan o‘tkazsin. Shunda boladagi fuqarolik hissi axloqiy qadriyat sifatida uning tabiatiga singib ketadi.
Fuqarolik hissini bola ongida shakllantirish, uni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning bugungi kungi asosiy mezoni bo‘lib qolayotganligini to‘la his qilish oilaviy tarbiyada muhim ahamiyatga egadir.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling