1. O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari. Qadimgi So‘g‘d tangalari


Download 24.2 Kb.
bet3/6
Sana19.09.2023
Hajmi24.2 Kb.
#1681454
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
seminar Mavzu-2

Qadimgi So‘g‘d tangalari. So‘g‘d (So‘g‘diyona) – O‘rta Osiyoning qadimiy viloyatlaridan bo‘lib, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida joylashgan. So‘g‘diylar – O‘rta Osiyodagi qadimiy xalqlardan hisoblangan. O‘rta Osiyoning baqtriyaliklar, xorazmiylar, parfiyaliklar, marg‘iyonaliklar qatori so‘g‘diylar ham ahamoniylar imperiyasi qo‘shinida muhim o‘rin egallaganlar. So‘g‘d va Parfiya ahamoniylarning satrapliklari tarkibida bo‘lgan. Ushbu davrda so‘g‘dliklar ahamoniylarning zarblangan tanga pullari – oltin dariklar bilan tanishganlar. Qisqa muddatli ellin hukmronligi davrida esa so‘g‘dlar yunon tangalari namunalari bilan tanishganlar. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi So‘g‘dning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lgan. Savdo-iqtisodiy aloqalar natijasida tashqaridan keltirilgan tangalar ko‘pincha asl nusxa bo‘lib, undan o‘xshatma tangalar zarblangan. Aleksandr Makedonskiy, salavkiylar, Yunon-Baqtriya tangalari So‘g‘d uchun ellinizi timsoli hisoblangan.
Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida So‘g‘d podsholigi Yunon-Baqtriya imperiyasidan ajralib chiqqan. Ammo Yunon-Baqtriya turmush tartibiga taqlid qilgan holda o‘z tangalarini zarb etishda davom etgan. Tez orada mazkur tangalardagi yunon yozuvi so‘g‘d yozuvi bilan almashtirilgan. Eramizning boshlarida bir tomonida podsho tasviri, ikkinchi tomonida yoychining rasmi aks ettirilgan so‘g‘d kumush tangalari paydo bo‘la boshlagan. Ularning vazni ancha yengil bo‘lib, og‘irligi 0,3 gr.ni tashkil etgan.
So‘g‘dning mil. avv. I asrdan – milodiy I asrgacha bo‘lgan tangashunosligi namunalari biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘p sonli va turli turdagi ushbu davrga oid So‘g‘d tangalarini bir necha guruhlarga birlashtirgan holda o‘rganish mumkin:
1. Antiox I tomonidan zarb qilingan orqa tomonida otning boshi tasvirlangan Salavka tangalari asosida zarb etilgan kumush va mis namunalar (mil. avv. II–I asrlar hamda milodiy I asr).
2. Salavka tangalari va Aleksandr draxmalariga borib taqaluvchi Gerakl va Zevs tasviri zarb qilingan, biroq so‘g‘d yozuvli kumush tangalar.
3. Chopayotgan ot yoki tik turgan ma'buda tasvirlangan Girkod kumush tangalari.
4. So‘g‘d yozuvlari va kamonchi tasviri zarb etilgan kumush tangalar.
5. Yevtidem tetradraxmalariga taqlid qilingan, ammo yunon tilidagi bitiklari xiralashgan va pala partish so‘g‘d yozuvlari bor tangalar.
Yevtidemga taqlid qilingan tangalardan tashqari so‘g‘d tangalarining ko‘pchiligi to‘g‘ri shakldagi, yuzi o‘ymali, vazni va kichik diametrli kumush tangalardan iborat.
Bularning orasida skifat, ya'ni bir tomoni qavariq, ikkinchi tomoni botiq, tirandoz tasvirli tangalar alohida o‘rin tutadi. Hozirgi paytgacha mis so‘g‘d tangalarining juda oz qismi topilgan. So‘g‘d tangalarini zarb qilishda asosan kumushdan foydalanilgan. So‘g‘diy tangalarining old tomonida hukmdorning yon tomonidan berilgan tasviri; tersida esa kamonchi, nayza ko‘tarib turgan iloh, chopib ketayotgan ot yoki shoxli ot boshi tasvirlangan.
Girkod guruhiga mansub so‘g‘d tangalari asosan mil. avv. II asr ikkinchi yarmi – milodiy I asrda So‘g‘dga bostirib kirgan ko‘chmanchi qabilalar hukmdorlari tomonidan zarb qilingan bo‘lsa kerak. Ushbu guruhga mansub ilk namunalarda faqat yunon bitiklari mavjud bo‘lib, keyinchalik so‘g‘d va yunon tilidagi mushtarak yozuvlar va nihoyat faqat so‘g‘diy bitiklar paydo bo‘lgan.
Ushbu tangalarning old qismida peshonasi tor, katta burunli va bodomqovoqli hukmdor tasvirlanganligini ko‘rish mumkin. Uning do‘rdoq lablari ustidan shopmo‘ylovlari osilgan, iyagidagi bir tutam soqoli, peshonasini qoplagan sochlari hafsala bilan taralgan, sochiga qo‘sh tasma tang‘ib qo‘yilgan. Dastlabki tangalarning ters tomonida o‘ng qo‘lida nayza tutgan, kiftlari uzra olov yolqinlanuvchi, nigohi to‘g‘riga qaragan tangri tasviri, keyinchalik esa chopib borayotgan ot tasviri paydo bo‘lgan. Girkod tangalarida hukmdorlarning antropologik tuzilishi, soch turmaklari, mo‘ylab va soqol qo‘yish usullari bir-biriga yaqin bo‘lgan. Shuningdek, mil. avv. I va milodiy I asrlarda Baqtriya va So‘g‘d podsholiklarini bosib olgan boshqa ko‘chmanchi qabilalarning hukmdorlari joriy etishgan tangalardagi tasvirga o‘xshab ketadi.

Download 24.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling