Mavzuga oid tayanch iboralar:
Yunon-Baqtriya, Kushon, Xorazm, tetradraxma, stater, «Varvarcha taqlid tangalar», Yevkratid, Antiox, Geliokl va Laodika, Kudzula Kadfiz.
Mavzuga oid savollar:
1. Yunon-Baqtriya podsholigining tangachilik tizimi qaysi standartga asoslangan?
2. Qaysi kushoniy hukmdor davrida kushon tangalarini zarb qilishga kirishilgan?
3. Sosoniy-kushonshohlarning tangalari necha turga bo‘linadi?
4. «Darik» tanga haqida nimalarni bilasiz?
5. Qadimgi dunyoning eng yirik tangalaridan biri bo‘lgan 160 grammlik tanga qaysi Yunon-Baqtriya hukmdori tomonidan chiqarilgan?
Mavzuga oid test savollari:
1. Qaysi hukmdor davridan Kushon davlatida oltin tangalar tangalar zarb qilina boshlangan?
a) Kudzula Kadfiz
b) Vima Kadfiz
s) Kanishka
d) Geliokl
2. «Siyovushdek dongdor» yozuvlari qaysi qadimgi davlat tangalarida uchraydi?
a) Kushon podsholigi
b) Xorazm
s) Davan
d) Yunon-Baqtriya
3. «Stater» bu – …?
a) Kumush tanga
b) jez tanga
s) oltin tanga
d) mis tanga
4. O‘rta Osiyoning o`z tangalari qachon paydo bo`lgan?
a) miloddan avvalgi IV asrda
b) IV asrda
s) miloddan avvalgi V asrda
d) miloddan avval III asrda
100 donaga yaqin Yunon-Baqtriya kumush tangalar xazinasi qaerdan topilgan?
a) Kitob shahri atrofidan (Qashqadaryo)
b) Dalvarzintepa atrofidan (Surxondaryo)
s) Axsikent atrofidan (Farg‘ona vodiysi)
d) Ko‘zaliqir atrofidan (Xorazmshosh)
Do'stlaringiz bilan baham: |