Lotin/кирилл


Download 22.74 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi22.74 Kb.
#1055677
Bog'liq
Dovon

Davan
24 ta til



  • Maqola

  • Munozara

lotin/кирилл




Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qadimgi davlat.
Miloddan avvalgi lll-asrlardagi manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. lll asrgacha uchraydi. Soʻngra Davan oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. Davanga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar Davan deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Miloddan avvalgi ll asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Davan aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, Davanliklar koʻzlari kirtaygan, qalin soqolli xalq boʻlib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan "osmon tulporlari" — argʻumoqlar Sharqda mashhur boʻlgan. Miloddan avvalgi 104101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qoʻshin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan (qarangErshi mudofaasi)[1].

Davan davlati tarixi
Fargʻona vodiysining qadimgi davr tarixi yetarli darajada oʻrganilmagan. Tarixiy yozma manbalarda ham bu haqida deyarlli hech qanday maʼlumotlar uchramaydi. Faqat Xitoy manbalarida baʼzi bir qisqa, uzuq-yuluq maʼlumotlar uchrab turadi. Buning sababi Fargʻona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chegaradosh va yaqin boʻlganligidir. Qadimgi Fargʻonaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati boʻlganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatning qachon paydo boʻlganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hech narsa deyilmagan. Davlat taxminan, mil. avv lll asrda paydo boʻlib, Fargʻona vodiysida joylashgan. Davan davlatining mil. avv. ll-l asrlarda qudratli davlat uyushmasi boʻlganligi maʼlum xolos. Mil. avv. Vl-lV asrlarda Markaziy Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Margʻiyona, Sugʻd, Xorazm kabi oʻlkalari Eron ahamoniylari tomonidan bosib olinganida qadimgi Fargʻona bunday tobelikdan ozod boʻlgan. Bu davlat Xorazm davlati singari Makedoniyalik Iskandarga ham tobe boʻlmagan. Manbalarda Fargʻona vodiysining qadimda Salavkiylar davlati tarkibida boʻlganligi haqida ham hech qanday maʼlumotlar m, avjud emas. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Demodam mil.avv.280-yilda Yaksart (Sirdaryo)dan oʻtib yunon xudosi Appolon shaʼniga altar (mehrob) (olovxona) oʻrnatdi degan manbalar ham mavjud. Antik davr tarixchilari Yunon-Baqtriya podsholaridan biri Sharqiy Turkistonga Fargʻona orqali bir marta qoʻshin tortib borganligini qayd qilish bilan cheklanganlar. Bundan yana bir marta maʼlumot paydo boʻladi, Fargʻona davlati — Davan mil.avv.ll asrda emas, balki mil.avv.IV yoki III asrlardayoq tarix sahnasida mavjudligi maʼlum boʻladi. U paytda bu davlatning nomi Parkana deb ham atalgan. Davan nomi esa Xitoyliklar tomonidan berilgan nomdir. Baʼzi yozma manbalar xitoy manbalarda, mil.avv.ll-l asrlarda Davan aholisi koʻp dehqonchilik va hunarmandchilik xoʻjaliklari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qoʻshinga ega boʻlgan mamlakat edi. Buni arxeologiyaga oid topilmalar ham tasdiqlaydi. Olimlar tomonidan Davan tarixining bu davri Shoʻrabashat bosqini deb ham ataladi. Shoʻrabashat Oʻzgan shahri yaaqinida joylashgan boʻlib, bu vodiyning shaharlaridan biri boʻlgan, uning yer maydoni 70 gektarga teng edi.

Boshqaruv shakli


Davanda mil.avv.ll asrda boʻlgan Xitoy elchisi Chjan Syan bergan maʼlumotlarga qaraganda bu davlat kuchli siyosiy tizimga ega boʻlgan. Davlat tepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan. Manbalarda ularning nomlari xitoycha Mugua, Chan Fin Yanli deb tilga olinadi. Hukmdor oʻzining yonida eng yaqin ikkita qarindoshi bilan davlatni boshqargan. U davlatni idora etishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Kengash hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy muammolar bilan shugʻullangan. Ayni paytda oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini baʼzi bir muhim masalalarda nazorat ham qilib turgan. Bu oqsoqollar kengashi oldida hukmdorning huquqi cheklanganligini koʻrsatadi. Xususan, urush, tinchlik, tashqi aloqalar masalalarida hal etuvchi kuch va huquq bu kengash qoʻlida boʻlgan. Oliy kengash zarur boʻlsa, hukmdorni hokimiyatdan chetlatishi, uning oʻrniga yangisini saylashi ham mumkin edi. Hatto oʻzaga davlatlar bilan boʻlgan dovonliklarning magʻlubiyati uchun oliy hokimiyat egasi — hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan oʻlim jazosiga tortilganligi ham manbalarda qayd etilgan. Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqiga tayanardi. Qadimgi Dovon davlatini mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan. Buni Xitoy manbalari tasdiqlaydi.

Tarixiy yodgorliklari


Manbalarda koʻrsatilishicha, qadimgi Fargʻonani 419-yilgacha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilishgan Davan davlat tizimining shakllanishida bronza davrida (mil.avv. XI-VII asrlarda) qaror topgan dehqonchilik vohalari va ular negizida tashkil topgan qadimgi shaharlar asos boʻlgan edi. Bunday dehqonchilik vohalarining soni arxeologiyaga oid izlanishlar maʼlumotlariga qaraganda 10 dan ortiq boʻlgan. Bular Aravansoy, Akbura, Sultonobod, Qoʻrgʻontepa, Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Ulugʻnor, Shahrixonsoy, Akman, Yilgʻinsoy va boshqalardir. Ularning har birida oʻnlab antik davr yodgorliklari mavjud edi. Bu vohalar asosan soʻnggi bronza davrida oʻzlashtirilgan, mil.avv. IV-I asrlarga kelganda esa ular zamirida shaharlar qad rostlaganligi aniqlangan. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syanning taʼkidshicha, qadimgi Fargʻona bilan Xitoy oʻrtasida doimiy sur’atda siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar olib borilgan. Xitoy hukmdorlari doimo Fargʻona vodiysi boyliklariga, uning samoga uchar duldul otlariga hasad bilan qaraganlar va shu negizda ikki davlat oʻrtasida tez-tez urushlar ham kelib chiqqan. Davanliklar oʻz erki va ozodliklari uchun doimo dushmanlarga qarshi kurashib kelganlar. Xitoy manbalari qoldirgan maʼlumotlarga qaraganda mil.avv. ll-I asrlarda Davanda dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan.

Aholisi
Chjan Syan bu davrda hammasi boʻlib 70 ta obod shaharlar boʻlganligini, unda necha yuz ming aholi yashaganligini yozadi.

Qishloq xoʻjaligi
Davlat aholisi yerga ishlov berishda oʻta mirishkor boʻlgan. Ular sholi, bugʻdoy va boshqa ekinlarni ekib dehqonchilik qilganlar. Fargʻona vodiysida qadimdan uzumchilik keng rivoj topgan, unda sharbat tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Boylarning yertoʻlalarida oʻn yillab saqlangan sharoblar boʻlgan. Ammo bu yerda Parfiya, Baqtria, Xorazm, Sugʻdda boʻlgani singari tanga pullar zarb etilmagan. Savdo asosan pulsiz mol ayirboshlash yoʻli bilan olib borilgan. Antik Fargʻonada hunarmandchilikning qator tarmoqlari keng rivoj topgan. Toʻqimachilik va kulolchilik sohalari ham bundan mustasno emas.

Qadimgi Fargʻonaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ayollarning oʻrni salmoqli boʻlgan. Ayollarga nisbatan hurmat-tavoze kuchli boʻlgan. Yozma manalarning guvohlik berishicha, ayolning eriga bergan topshirigʻI soʻzsiz bajarilishi lozim boʻlgan. Davan aholisining tashqi qiyofasi qangʻarlarga oʻxshab ketishi Xitoy manbalarida koʻrsatiladi. Ular chuqur koʻzli va uzun soqolli boʻlganlar. Chjan Syan Davandan (Fargʻonadan) to Anʼsi (Parfiya)gacha boʻlgan hududlarda yashovchi aholi til jihatdan har xil boʻlsa-da, ular bir-birlarini tushunganlar, ularning urf-odatlari ham bir-biriga oʻxshash boʻlgan, deb taʼkidlaydi.



Harbiy qudrati
Chjan Syanning Davan davlatining harbiy qudrati haqida maʼlumotlari ham eʼtiborlidir. Bu davlat 60 ming qoʻshinga ega boʻlgan. Piyoda askarlar oddiy qurollar bilan qurollangan boʻlsa, otliq qoʻshin harbiy mahoratda tengsiz boʻlgan. Davan suvoriylarining ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan oʻqlari har qanday dushmanni ham dogʻda qoldirgan. Davlatning hatto ayollari ham kamondan oʻq uzish va mohirlikda erkaklardan qolishmagan. Davan davlati gʻarbda qangʻarlar, shimolda usunlar, sharqda esa uygʻurlar bilan doim yaqin aloqada edilar. Tashqi dushman bilan boʻlgan jangda ular har doim qangʻarlarni qoʻllab-quvvatlab, yordam berganlar.

Markaziy Osiyo hududlarida Eftaliylar davlati qaror topgach, qadimgi Davan davlati ham oʻz mustaqilligini yoʻqotib, Eftaliylar davlati tarkibiga kirdi.[¹]
Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling