Ona tili fanidan 3-chorak chsb savollari
Download 28.28 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-sinf Ona tili 3-chorak CHSB (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilgan gap Gapning turi
Ona tili fanidan 3-chorak CHSB savollari 1.Qo‘shma gaplar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? ( Bilish -1 ball) A. Fonetikada C. Sintaksisda B. Leksikologiyada D. Morfologiyada 2. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapli qo‘shma gapning sodda gapga aylantirilgan ko‘rinishidir. Shuning uchun ham ular ….. bo‘la oladi. (Bilish -1 ball) A) ma’nodosh B) Shakldosh C) zid ma’noli D) ko‘p ma’noli 3. Bilingki, jim turib salomat bo‘lish, gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? ( Bilish -1 ball) A. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C. Hol ergash gapli qo‘shma gap D. Ega ergash gapli qo‘shma gap 4.Qaysi qatorda o‘zlashtirma gap mavjud? (Bilish -1 ball) A) Deydilarki, oyda ham dog‘ bor. B) ”Kitob aqlning kaliti” – dedi bobom. C) Tabassum yaxshilikning belgisidir. D) Akam maqtonchoq bo‘lmaslikni uqtirdi. 5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘rtasida payt,sabab ,o‘xshatish, shart, zidlik,izohlash kabi ma’no munosabatlari mavjud. (Bilish -1 ball) A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 6. Kim xalq molini yesa , u zahar- zaqqum yegan bo‘ladi. Ushbu berilgan gapda kishi hayotini og‘ulaydigan, azobga aylantiradigan narsa ma’nosini bildiruvchi so‘z qatnashgan. (Bilish -1 ball) A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 7.Birinchi ustunda berilgan gapga ikkinchi ustundan tegishli izohni topib mos qo‘ying: ( Qo‘llash – 2 ball)
A)1-B, 2-A, 3-D, 4-C B)1-A, 2-B, 3-D, 4-C C)1-B, 2-C, 3-C,4-D D)1-D, 2-C, 3-A, 4-B 8.Tuyakashlar arabcha gaplashishar,afsuski, men bu tilni bilmas edim. (Qo‘llash – 2 ball) Berilgan gap… 1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblanadi 2. Bog‘langan qo‘shma gap emas 3. Gapda tuyakashlar yasama so‘zi ega vazifasida qo‘llangan 4. Gapda tuyakashlar so‘zi sodda tub so‘z hisoblanadi 5. Kesim ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. A. 1,3,4 B.1,2,3 C) 1,4,5 D) 1,3,5 9.Quyida berilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan qaysi birida tinish belgilari bilan bog‘liq xatolik mavjud? ( Qo‘llash – 2 ball) Traktorchilar tashvishlanib qolishdi – oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti. Mana, shohona bo‘lmasa-da , boshpana , kulbamiz bor,tanishib olamiz, gurunglashib chiqamiz. Vaqt ham allamahal bo‘ldi,yigitlar, biz ham endi yotib uxlaylik. D)Birinchidan, niyating pok bo‘lsin: Xudo seni qo‘llaydi. 10. Berilgan mulohazalar boyicha tasdiqlarni belgilab, savolga javob bering. ( Qo‘llash – 2 ball)
A)to‘g‘ri, noto‘g‘ri,noto‘g‘ri,to‘g‘ri,to‘g‘ri B)to‘g‘ri,to‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, to‘g‘ri C)to‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri D) noto‘g‘ri, noto‘g‘ri,noto‘g‘ri,to‘g‘ri,to‘g‘ri 11.” Oltin makre – kamyob baliqlarning biri,-dedi Edigey,-u dengiz tubida yashaydi, jussasi xiylagina katta, lekin uning xosiyati go‘zalligida : boshidan to dumining uchigacha oltin singari tovlanib turadi, shuning uchun ham uni oltin makre deb aytishadi”. Ushbu murakkab qo‘shma gap tarkibida nechta sodda gap bor? ( Qo‘llash – 2 ball) A. 5 ta B.6 ta C.7 ta D.8 ta 12. O‘zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo‘qdir g‘irrom , yoqdir yomonlik, Doimo do‘stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do‘stlik,omonlik. Ushbu she’riy parcha nechta sodda gapdan tashkil topgan? (2 ball) A)3 ta B)4 ta C)5 ta D)6 ta 13. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi nechta sodda gapning kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan? ( Qo‘llash – 2 ball) A)1 B) 2 C) 4 D) 3 14. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirishda quyidagi o‘zgarishlarning qaysi biri kuzatiladi? Tasdiqlarni belgilang. ( Qo‘llash – 2 ball)
Download 28.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling