O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilab qòyilgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlari
Download 22.84 Kb.
|
‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilab qòyilgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilab qòyilgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlari. Reja: 1.Fuqarolarning ijtimoiy huquqlardana foydalanishining huquqiy asosi. 2.Konstitutsiyadagi fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 3.Ijtimoiy huquqlar bòyicha mulohazalar,mamlakatimizdagi ijtimoiy huquqlarni boshqa davlatlar bilan solishtirish. Fuqarolarning normal hayot kechirishi, tabiiy va ma’naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog‘lig‘ini saqlashi uchun tegishli imkoniyatlar bo'lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o'rnatiladi. Bunday huquqlarning asosiylari Konstitutsiyada belgilanadi.Fuqarolarning mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, nafaqa olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy yutuqlardan foydalanish kabilarga bo'lgan huquqlari “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb belgilangan. Bu huquqlar davlat tomonidan o'rnatilib, davlatning iqtisodiy qudrati oshib borishi, imkoniyatlarining kengayishi natijasida kengayib boradi. Bu huquqlardan foydalanish orqali fuqarolar o'z yashash sharoitini o'zi ta’minlaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb atalib, uning alohida moddalarida belgilangan qoidalar, fuqarolarning turmush tarzi normal bo'lishini ko'zda tutadi.O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar doirasi, qo'llanish tarzi hech qanday demokratik davlatlardan kam emas va belgilangan qoidalar xalqaro hujjat normalariga va ularda belgilangan talablarga mosdir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolari huquq va erkinliklarining himoyachisi hisoblanib, bu huquq va erkinliklarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi, kafolatlar beradi, agar bunday huquq va erkinliklar buzilsa, aybdorlarni tegishli tartibda javobgarlikka tortadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zining ikkinchi bo‘limida dunyodagi boshqa ko‘pchilik konstitutsiyalar qatori inson va fuqarolarning asosiy huquq va burchlari to‘g‘risidagi muhim qoidalarni mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qonun chiqaruvchi hokimiyat Konstitutsiyada asosiy huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bilan birga ular mazmunini keng yoritish imkonini beradi. Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat o‘sha davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslargagina tegishlidir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini fuqaroligidan qat’iy nazar, har bir shaxsga tegishli bo‘lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Shaxslarning beriladigan huquq va burchlarning hajmi, Shaxsning Shu davlat fuqaroligiga yoki chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan Shaxsligiga qarab belgilanadi. Konstitutsiyamizda ko‘rsatilgan huquq va burchlar faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘liq taalluqlidir. Konstitutsiyada qayd etilgan huquq va erkinliklar, majburiyatlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan Shaxslarga ham taalluqlidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, asosiy qonunimiz har bir fuqaro uning hayotiy zarur bo‘lgan huquq va erkinliklarini o‘zida mujassamlaShtirganligi bilan ham muhim hujjatdir. Inson va fuqarolarning huquq va erkinligi haqidagi bob va undagi moddalar mantiqiy mazmunga egadir. Bular huquq va erkinliklarning, Shaxs va fuqarolar turmuSh darajalarini, o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etadi. Ana Shu belgilariga asoslanib, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar uch guruhga bo‘lingan. 1. Shaxsiy huquq va erkinliklar; 2. Siyosiy huquqlar; 3. Iqtisodiy – ijtimoiy huquqlar. Bunday tasniflash bu huquqlarni tarixiy jarayonda ketma-ket, bosqichma - bosqich jamiyatda insonlar tomonidan o‘rnatiliShiga qarab ajratiladi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdirlar. Inson, uning hayoti, sog‘lig‘i, qadr —qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari Konstitutsiyamizda oliy qadriyat deb tan olinadi. Binobarin, Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaShni birinchi o‘ringa qo‘yadi, Shaxsni ma’muriy - buyruqbozlik tizimining bir murvati, belgilangan maqsadga eriShiShning oddiygina bir vositasi deb hisoblamaydi. Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar har bir Shaxs va O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun taalluqlidir. Shaxsiy huquq va erkinliklar huquq nazariyasida tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning kundalik hayotida unga xizmat qiluvchi, tabiiy mavjudot sifatida mavjud bo‘liShi uchun zarur erkinliklar tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning tabiiy huquqlari g‘oyalari qadimdan Shakllanib taraqqiyot mezoni hisoblangan. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham, Konstitutsiyamizda ham e’tirof etilganidek, Shaxsning mazkur huquqlari daxlsizdir va har bir Shaxs tug‘iliShi bilanoq ana Shu huquqlarga ega bo‘ladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning Konstitutsiyada yuridik jihatdan mustahkamlaniShi, tabiiyki bizning yangi davlatimizning demokratik huquqiy va fuqarolik jamiyati qurayotganligidan dalolat beradi. Ijtimoiy huquqlar fuqarolarning normal turmush kechirishini ta'minlovchi, yashash uchun ma'lum darajada o'zinsonnning moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondiruvchi huquqlardir. Konstitutsiyamizda fuqarolarning bir qator ijtimoiy huquqlari belgilab òtilagan .Ulardan bazilari bilan chuqurroq tanishib òtamiz: Bilim insonni yuksak darajaga ko'taribgina qolmasdan, u yashayotgan mamlakatni ham yuksaltiradi. Jahon tajribasi ham faqat bilim orqaligina ko'plab muammolarni hal qilish mumkinligini ko'rsatadi. Bilimli kishilarning qobiliyati va yutuqlari bilan ko‘p mamlakatlar rivojlanmoqda. Shuning uchun har bir uzoqni ko‘zlovchi mamlakat o'z fuqarolarining bilimli bo‘lishidan manfaatdcy va shu yo'lda harakat qiladi. Fuqarolarning bilimli bo'lishiga esa, bilim olish qanday yo‘lga qo'yilganligi, unga qanday sharoitimkoniyatlar yaratilganligi ta’sir qiladi. Bunda ta ’lim tizimining qandayligi hal qiluvchi rol o'ynaydi.O'zbekistonda har bir shaxsning bilim olish huquqini ta’minlash maqsadida mukammal ta ’lim tizimi shakllantirildi va takomillashtirilmoqda.Konstitutsiyaning 41-moddasiga asosan: “Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, mamlakatda yashovchi barcha aholi fuqaroligi, millati, irqi, dini, jinsi va boshqalardan qat’i nazar shu huquqdan foydalanishini bildiradi.Konstitutsiyada belgilangan bilim olish huquqi O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g'risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi orqali to‘la ta’minlanadi, ro'yobga chiqadi.Milliy dasturda ta’lim tizimi, uning tarkibiy qismlarining vazifalari, ta’limning uzluksizligi belgilab qo'yilgan.Ta’limning har bir bosqichi uchun davlat ta’lim standartlari belgilangan. Shu asosda ta’lim muassasalari uchun yo'nalishlariga mos ravishda o‘quv rejalari tuzilib, shular asosida bilim berish yo'lga qo'yilgan. Mamlakatimizda keyingi vaqtlarda ta’limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishni tashkil qilishga alohida e’tibor berilmoqda.2012-yil 17-fevralda Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan o'tkazilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yurtimizda ta’lim sohasida olib borilgan islohotlarga atroflicha to'xtalib o‘tildi. Konferetsiyada Biriashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan ziyod mamlakatdan ishtirokchilar tashrif buyurdi. Prezident I.A. Karimov o'z ma’ruzasida ishtirokchilarni yurtimizda qabul qilingan dasturga muvofiq, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. “Mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo'yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o'qishdan so'ng o'quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo'yicha kasbhunarlarni ham egallaydi.O'zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo'yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman — bu biz uchun prinsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq joylarda, to'g'risini aytganda, hamma ham 12 yil o'qishni xohlamaydi. Bugungi kunda o'sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga, aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo'lishi kerak. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Chunki, yosh oilaning mustahkamligi, avvalo, qizlarning biror-bir mutaxassislikni egallab, hayotda o'zining mustaqil fikri va о rniga ega bo'lishi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo'yicha umumiy bilim beradigan umumta lim maktablarida 9 yil ta’lim olganidan keyin yoshlarimiz majburiy tarzda 2—3 ta zamonaviy mutaxassislik bo'yicha kasb-hunarlarga ega bo'lishiga biz alohida e’tibor qaratmoqdamiz”. Konstitutsiyada bepul ta’lim olish davlat tomonidan ta’minlanishi belgilangan. Mamlakatimizda boshlang'ich, umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim bepul bo‘lib, barcha xarajatlar davlat hisobidan ta’minlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratida, degan konstitutsiyaviy qoida ta’lim muassasalarining mulkchilik shaklidan qat’i nazar (ular davlat muassasasi bo‘ladimi, xususiymi, chet davlatlarga qaraydimi), davlat tomonidan nazorat qilinishini bildiradi. Davlat ta’lim muassasalari to'laligicha davlat tomonidan boshqarilib, nazorat qilinsa, nodavlat ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari va rejalarining talab darajasida bo‘lishi, bilim berish saviyasining yuqori bo‘lishi nazorat qilinadi. Attestatsiya (sinovlardan o‘tgan) natijalariga ko‘ra, nodavlat ta’lim muassasalari Akkreditatsiya qilinadi va litsenziya beriladi. Litsenziyaga ega o‘quv muassasalari davlat tomonidan tasdiqlangan va yuridik kuchga ega bitiruv haqidagi hujjatlar berish huquqiga ega. Konstitutsiyaning 40-moddasi “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”ligini mustahkamlagan.Bu huquq insonning hayotga, yashashga bo'lgan huquqining qo'shimcha kafolatidir. Inson sog‘-salomat, jismoniy kamchiliksiz yashasa, baxtli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z sog‘lig‘iga o‘zi turli yo'llar bilan g‘amxo‘rlik qiladi va bunda davlatning ko‘magiga, yordamiga tayanadi.Davlat insonning sog‘lig‘ini himoya qilib, ularga malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi. Bu huquq amal qilganda mamlakatda inson salomatligini saqlovchi, tiklovchi muassasalarni. malakali, bilimli mutaxassislar tizimi (kasalxona, poliklinika, sanatoriylar) faoliyat ko'rsatadi. Ular zamonaviy texnik vositalar orqali jihozlanadi. Inson salomatligini tiklovchi, saqlovchi muassasalarni ta ’minlashni davlat o'z zimmasiga oladi. Fuqarolarga tez yordam ko'rsatish xizmati ta’minlanadi. Bu huquqning amal qilishi natijasida har bir kishi tibbiy muassasalarga о z muammolari bilan murojaat qilishi va ulardan tegishli yordam, maslahat olishga haqlidir. Soģlom fuqarolar har bir mamlakatning eng qimmatli boyligi hisoblanadi. Shuning uchun ham sog'lik uchun davlat mas’ul va o'z vazifasini bajarish uchun tegishli choralarni ko'radi. Har qanday shaxs o'zi ta'minlashga majbur bo'lgan ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Bu huquqlarning to‘liqligi jamiyatdagi ijtimoiy mavqei bilan belgilanadi - pensionerlar, voyaga etmaganlar turli davlat imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Ammo bu imtiyozlarning barchasi har bir inson, qanday maqomga ega bo'lishidan qat'i nazar, jamiyatda va hayotda o'zini anglay olishi uchun berilgan. Ijtimoiy huquqlar bolalarning davlat tomonidan himoya qilinishini anglatadi Ijtimoiy huquqlar davlat tomonidan shaxs va fuqaroga beriladigan ijtimoiy imtiyozlar majmuidir. “Ijtimoiy” tushunchasi insonning jamiyat bilan aloqasini bildiradi va ularning munosabatlariga ta’sir qiladi. Ijtimoiy huquqlar insonga uning jamiyat hayoti bilan bog'liq manfaatlarini amalga oshirish uchun beriladi. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi va butun mamlakat aholisi uchun huquqlarning asosiy manbai va ularning kafolati Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasidir. Hujjat rossiyaliklarga, chet el fuqarolariga, hozirda fuqaroligiga ega bo'lmagan, mamlakatda bo'lgan yoki yashovchi shaxslarga beriladigan huquq va erkinliklarni belgilaydi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqlari va inson huquqlari tushunchalarini ajratib turadi. Inson huquqlari unga tug'ilgan kundan boshlab beriladi va uning millati, irqi, jinsi, dini va boshqa xususiyatlariga bog'liq emas. Hujjatli shaklda inson huquqlarining ta'riflari "har bir inson huquqiga ega" iborasi bilan to'ldiriladi va shu bilan Rossiya Federatsiyasi chegaralarida bo'lgan har qanday shaxsning huquqlari tengligini ta'kidlaydi. Har bir davlatda mavjud bo'lgan konstitutsiyaviy qonunlardan tashqari, inson huquqlari xalqaro shartnoma - Ikkinchi jahon urushi tugaganidan bir necha yil o'tgach, BMT Bosh Assambleyasi yig'ilishida qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan ham belgilanadi. Insonning ijtimoiy huquqlari boshqa xalqaro hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. Ijtimoiy huquqiy kategoriya sifatida qonun bilan himoyalangan. Ushbu turdagi ijtimoiy imtiyozlar faqat ma'lum bir davlat bilan barqaror huquqiy munosabatlarda bo'lgan, ya'ni uning fuqarolari bo'lgan shaxslarga beriladi. Ijtimoiy huquqlar huquq va erkinliklarning ikkinchi avlodiga tegishlidir. Umuman olganda, ushbu toifaning shakllanish tarixida uchta avlod ajralib turadi: Birinchi avlod Yevropada burjua inqiloblari avj olgan davrda (17—18-asrlar) paydo boʻlgan. Birinchi avlod huquq va erkinliklari kategoriyasi siyosiy va fuqarolik xarakterga ega. Negativizm tushunchasi ularga nisbatan qo'llaniladi, ya'ni ularning namoyon bo'lishining davlatning harakatlari va munosabatlaridan mustaqilligi. Birinchi avlodga yashash huquqi, fikrlash, so'z erkinligi, shaxs, uy-joy daxlsizligi va boshqalarni ko'rsatish odatiy holdir.Huquq va erkinliklarning ikkinchi avlodi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy imtiyozlarni o'z ichiga oladi, ularga ehtiyoj faqat 20-asrning o'rtalarida tan olingan. butun dunyoda paydo bo'lgan turli sotsialistik harakatlar bilan bog'liq. Ushbu huquqlar ijobiy deb tasniflanadi - ularni amalga oshirish va ularga rioya qilish uchun davlat aralashuvini talab qiladi (bolalik va onalik huquqi, sog'liqni saqlash, ta'lim, bepul mehnat va boshqalar). Uchinchi avlod huquq va erkinliklari toifasi jamoaviy va milliy manfaatlarni o'z ichiga oladi, ularga ehtiyoj butun xalqlar va xalqlarga ta'sir ko'rsatadigan global muammolarning kuchayishi (axborot olish huquqi, tinchlik, qulay muhit va boshqalar) munosabati bilan yuzaga kelgan. Muhim jihati shundaki, bir shaxsga berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish boshqa shaxslarning huquqlarini hech qanday tarzda buzmasligi yoki ularni buzmasligi kerak. Shuning uchun davlat bera oladigan imtiyozlar cheksiz bo'lishi mumkin emas, aks holda bu ko'plab nizolarga olib keladi. Har bir inson ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining moddalari mamlakatimizning har qanday fuqarosi foydalanishi mumkin bo'lgan bir qator ijtimoiy huquqlarni belgilaydi. Ijtimoiy ta'minot huquqi turli toifadagi fuqarolarga bir qator holatlar tufayli beriladi: pensiya yoshiga etish; nogironlik; vaqtinchalik nogironlik; boquvchisini yo'qotish; daromad (ish) yo'qolishi; normal hayotni ta'minlash uchun daromadning etarli emasligi va boshqalar. Ijtimoiy ta'minot moddiy ko'rinishda (pensiya, ishsizlik nafaqalari, nogironlik nafaqalari va boshqalarni to'lash) va nafaqalar berishda (jamoat transportida bepul sayohat, navbatsiz uy-joy, bepul dori-darmonlar va tibbiy xizmatlar va boshqalar) amalga oshiriladi. Pensiya va nafaqalarni hisoblash tartibi federal va mahalliy darajada tartibga solinadi. Onalik va bolalik huquqi, ularni himoya qilish, shuningdek, oilani himoya qilish quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi: bolani tarbiyalash va unga g'amxo'rlik qilish uchun ikkala ota-onaga teng huquq va majburiyatlarni berish; ota-onalarning huquqlarini bolaning manfaatlariga muvofiq amalga oshirish; yosh bolalarni tarbiyalayotgan ayollar va homilador ayollarni ishga qabul qilishni rad etishni taqiqlash; homiladorlik va tug'ish, bolani parvarish qilish, davlat nafaqalarini to'lash uchun ta'tillar berish. Onalikni rag‘batlantirish va oilani mustahkamlash zamonaviy davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Uy-joy huquqiga quyidagilar kiradi: yashash uchun huquqiy asos; uy-joyning arzonligi; uy-joyning yashashga yaroqliligi; yashash joyida zarur xizmatlar va infratuzilmaning mavjudligi. Rossiya davlatining uy-joy siyosati kam ta'minlangan oilalarni, boshqa nafaqa oluvchilarni va boshqa toifadagi fuqarolarni kommunal va xususiy uy-joy fondlarini yaratish va saqlash, xususiy mulkni rivojlantirish, ta'mirlash, qurish va texnik xizmat ko'rsatish sohasidagi raqobat orqali qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi. uy-joy fondi. Tibbiy muassasaga murojaat qilgan har qanday shaxs sog'lig'ini saqlash va tibbiy yordam olish huquqiga ega. Shahar va davlat tibbiyot muassasalari zarur yordamni bepul taqdim etadilar. Bunday muassasalarni moddiy ta'minlash byudjet mablag'lari, sug'urta mukofotlari fondi va boshqa mavjud moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Sog'liqni saqlashga bo'lgan huquqni ta'minlash va amalga oshirish uchun davlat siyosati fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish va mustahkamlashga, barcha darajadagi sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishga, aholining sog'liqni saqlash sohasiga qiziqishini oshirishga qaratilgan qator dasturlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. sog'lom turmush tarzi. Mamlakatimizda har qanday shaxs jinsi, millati, dini, moddiy farovonligi va boshqa holatlaridan qat’i nazar, bilim olish huquqiga ega. Rossiya Federatsiyasi qonunlari maktabgacha ta'limdan tortib o'rta kasb-hunar ta'limigacha bo'lgan barcha darajadagi ta'limning mavjudligi va bepulligini kafolatlaydi. Munitsipal va davlat ta'lim muassasalarida ta'lim federal standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Shuningdek, siz birinchi marta tegishli darajadagi davlat yoki shahar muassasasiga tanlov asosida o'qishga kirish orqali oliy kasbiy ta'limni bepul olishingiz mumkin. Rossiyada ta'lim tizimi ta'lim olish huquqini to'liq amalga oshirish uchun doimiy ravishda modernizatsiya qilinmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy huquqlar Davlat Konstitutsiyasi va turli xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi, ularning asosiysi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidir. Davlat nafaqat ijtimoiy nafaqalar berish, balki shaxslarning milliy, irqiy, diniy va boshqa farqlaridan qat'i nazar, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ularni amalga oshirish imkoniyatini ta'minlashi kerak Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - “Toshkent-Òzbekiston”-2019-yil 2.O.T.Husanov “Konstitutsiyaviy huquq”.Darslik.-Toshkent; Adolat, 2013.-552 b 3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharhlar. T. O‘zbekiston. 2008 yil. Download 22.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling