1. Osiyo mamlakatlari jurnalistikasiga umumiy tavsif


Download 52.29 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi52.29 Kb.
#1409229
  1   2   3   4

1. Osiyo mamlakatlari jurnalistikasiga umumiy tavsif.
Osiyo mamlakatlarida jurnalistikaning rivojlanishi o‘zgacha tarzda kechdi. Yevropa matbuotining taraqqiyoti u yerdagi ishbilarmonlik muhitiga bog‘liq holda davom etgan bo‘lsa, Osiyo va Sharq mamlakatlarida bu jarayon Gʻarbning aralashuvi va mustamlakachilik siyosati sababli ancha orqaga surildi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning og‘irligi, ya’ni mazkur davlatlarda xalqning mustabid tuzum sharoitida turmush kechirishi, aholining savodsizligi va boshqa qiyinchiliklar davriy matbuot rivojiga salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
XIX asrning birinchi yarmida Osiyo va Sharq mamlakatlarida matbuot mustamlakachilik kayfiyatida edi. Gazeta va jurnallar asosan mustamlakachilar hamda xokimiyat organlari uchun mo‘ljallanib, metropolistlar tilida nashr etilardi. Shri Lankaning “Gavernment gazett” (1802), Hindistonning “Bengal gazett” (1816), Singapurning “Singapur kronikl” (1824), irmaning “Moulmeyn kronikl” (1836) singari ingliz nashrlarida, Turkiyaning “Monitor ottoman” (1831), Jazoirning “Monitor aljeryen” (1832) kabi fransuz tilidagi nashrlarida faqatgina mustamlakachi ma’muriyatning qarori va farmoyishlari chop etilardi. Ushbu gazetalar aslida mustamlakachilik siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi vosita vazifasini o‘rnatdi.
Gazeta va jurnallarni nashr etishda metropolist rahbarlari ham faol ishtirok etishdi. Fillipinda 1811 yilda nashrdan chiqqan “Del superior goviyerno” gazetasi ispan mustamlakasining gubernatori tomonidan tashkil etildi. Syeylonda 1832 yili chiqa boshlagan “Kolombo djornal” gazetasida esa faqat Kolumbiyada turib orolni boshqargan gubernator maqolalari chop qilindi. Shuni aytish kerakki, o‘sha paytdagi gazetalarda metropolist rahbarlarining manfaatlariga xizmat qilgan.
Mentalitet bir biriga qarama-qarshi bshlgan tabiy va madaniy emosional va haqli rasional va norasional individual va umumbashariy taraflarni bir biriga bog‘lab turadi. Shu bilan birga mentalitet arxoik strukturalar va mifologik asoslarga ega bo‘lgan uzoq o‘tmishning analiz qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi zamonaviy mentalitet tushunchpsi nisbatan kengroq ma’noga ega bo‘lib faqat ma’lum yirik ijtimoiy guruhlar va umumbashariy ma’naviy me’yorlarga xos bshlgan madaniy stereotiplar bilan cheklanmay fikrlash tarzi va bayoni ma’naviyat asoslariga ega bshlgan kishilarning kichik guruhlarini ham qamrab oladi.
Milliy idrok xarakteri jurnalist faoliyatida o‘z aksini topmasligi kerak. Professional jurnalist yoki olim tadqiqotchi mentalitetga xos qarashlardan xoli bo‘lib xalqqa informasiya yangilik va ilmni taqdim etishda progressiv yo‘l tutishi lozim. Informasiya (axborot) bayoni yoki interpretasiyasining boshqa yo‘llarda amalga oshirilishi xalqaro turli xil qoidalarga ziddir. Shundan kelib chiqib jurnalist informasiyani mafkura va milliy me’yorlardan xoli hamda ob’yektiv tarzda uzatishi lozim.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham Ommaviy axborot vositalari keng rivoj topib takomillashib bormoqda. Toshkent telekanallarida o‘nlab xorij kanallarini ulab xorijda ro‘y berayotgan voqea xodisalardan boxabar bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganlar soni oshib borayapti. Afsuski, anna shu kanallarda har xil bema’ni ko‘rsatuvlar soni anchagina “NTV”, “DTV” singari Rossiya telekanallarida berilayotgan filmlar va ularda berilayotgan “Okno” va boshqa bir qancha ko‘rsatuvlarni tomosha qilayotgan yoshlarning milliy xarakterida, mentalitetida o‘zgarishlar bo‘lmaydi deb kim kafolat bera oladi. Bugun seriallar ham ancha avj olib ketdi. Koriya seriallarining o‘ziga xosligini ko‘radigan bo‘lsak, bunda albatta tarbiyaviy seriallarni ham ko‘rish mumkin, ammo har qanday sharoitda ham bu seriallarda koreyaning o‘ziga xosligi, milliy ko‘rinishlari bilan taqsinga sazavordir.

Download 52.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling