Nomozov Boysoat page1


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana20.11.2020
Hajmi1.97 Mb.
#148336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5350353267295521145


Nomozov Boysoat 

page1 

 

 



Nomozov Boysoat 

page2 

 

Muallifdan 

Assalomu Aleykum kitobxon o'zizga ma'lumki, ingliz tili barcha tillar singari o'quvchilar uchun  

muammolarga to'la. Ba'zi muammolarni yechimi juda oddiy va tushinish oson; masalan: Ingliz tilida 



savollar tuzish, zamonlarni yasash va shunga o'xshash muammolar. Lekin  ba’zi muammolar yanada 

murakkab va hatto yuqori darajadagi bilimlilar va o'qituvchilar uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Masalan 

Present Perfect zamoni qachon to'g'ri ishlatiladiBa’zi birikmadan keyin qaysi predlog ishlatilish  

kerak?Home va House so'zlarining farqi nimada?  Nega ba'zi sifatlarni qiyosiy darajalari yo'q? Each 

va Every o’rtasida nima farq bor? Va hokoza 

Bu kitob shunga o'xshash o'rganuvchilar uchun qiyinchilik talab qiladigan va doim xato qilinadigan 400ta 

muamolar bilan shug'ullanadi. Agarda o'rganuvchi biror birikmani qanday ishlatilishini bilmasa yoki xato 

qildi va nega xato qilganini bilmoqchi bo’lsa, bu kitob unga yordam beradi. 

Kitob asosan ingliz tilini o'rganayotgan va ingliz tilida o’rta bilimga ega bo’lganlar va o'qituvchilar uchun 

mo'ljallangan. Men kitobni imkon boricha  tushunarli va sodda tillarda  izohlar bilan tashkil qilishga 

harakat qildim. Birinchi siz xato qiladigan muamoni keltirib, tagidan siz qiladigan xatoni va uning 

to'g’irlangan misolini berib undan so'ng tushuntirishlar berib bordim.  Masalan:  



1. Die of an illness ( kasallikdan o’lmoq), from an illness 

 

Wrong

: Many people have died from malaria

 

Right

: Many people have died of malaria

 

Eslatma : Biz 

die fe’lidan keyin nimadan o’lganligini bu tarzda aytamizdie of illness (kasallikdan), of 

hunger (ochlikdan), of thirst (chanqoqdan), of yoki from wound (jarohatdan); from overwork (ortiqcha 

ishdan); by violence (zo’ravonlikdan), by the sword (qilichdan), by pestilence (o’latdan); in battle 

(jangda); for their country (vatani uchun), for a cause; through neglect (beparvolik orqali); on the 

scaffold (iskala ustida); at the stake (xavf ostida). 

 

Shu misolga e’tibor bering: Buyerda kasallikdan o’lmoq so’zi die of an illness holida ishlatilishi va 

from an illness xato ekanligi ko’rsatib berilgan. Bunda o’rganuvchi xulosa qilish kerakk,i doim  die of 

dan keyin biror kasalik nomi kelib, biror kishini shu kasallikdan vafot etganligini bildiradi. E’tibor 

qaratishimiz kerak bo’lgan qismi die of holida ishlatishdir. Ko’pchilik die from holida ishlatadi va 

xatoga yo’l qo’yadi. Pastda sizga eslatma tarzida qay holatda o’lishni aytishda die so’zi qaysi predlog 

va so’zlar bilan birikishi ko’rsatib o’tilgan. 

2.  Deprive of ( dan mahrum qilish), from emas 

Deprive so’zidan so’ng of predlogi keladi, from predlogini ishlatish xato. Kitobda ba’zi misollar shu 

tarzda berilgan. 

3.  Everything, all so’zlaridan keyin which yoki what ishlatish xato 

 

Wrong

: I heard everything which(or what) he said

 

Right

: I heard everything that  he said

 

Biz everything, all, something, anything, a lot, little, nothing so’zlaridan keyin 



that ishlatamiz.  Bu 

so’zlar bilan 



what  yo which ishlatish xato. Biz that ni bu so’zlardan so’ng qo’yishimiz yoki tushirib 

qoldirishmiz mumkin 

 

I heard everything (that ) he said



 

Nomozov Boysoat 

page3 

 

 



Bu misolga e’tibor bering: Ko’p ingliz tilini yaxshi biladiganlar ham hatto shu yerda adashishadi yoki 

bu qoidani bilishmaydi. Everything, all so’zlaridan keyin which yoki what ishlatishadi. Lekin biz bu 

so’zlardan keyin 

that ishlatamiz. Bu bilimlar nega kerak? Bu narsalar sizga yordam beradimi? Ha albatta 

siz oliy o’quv yurtiga topshirishda grammatikadan test yechasiz va test davomida shu misollarga duch 

kelishingiz mumkin. Agarda o’rganib qo’ygan bo’lsangiz albatta imtihonda qiynalmaysiz. Yana ko’p 

misollar keltirish mumkin; insho yozishda, kundalik suhbatlarda va hokoza… 

Qoidalar oddiy kundalik tilda ishlatiladigan so'zlar orqali ifodalangan.  Men terminlarni ishlatishdan 

ko'ra, izohlarni iloji boricha oddiy kundalik tilda berishni afzal ko'rdim. Ba'zi grammologlar tomonidan 

bu qoniqarli sifatda emas deb qaralishi mumkin, ammo men bu kitobni mutaxassislar uchun 

yozmayabman. Kitobdagi imloviy xatolar uchun uzr so’rayman. Kitobni tayyorlashda va dizayniga katta 

yordam ko’rsatgan 

Furqat Abdurayimovga, minnatdorchiligimni bildiraman.  

Kitobni boshlashdan oldin pastdagi so’zlarni yaxshilab o’qing: Omad 

 

Oʻqiging kelmayaptimi ? Charchadingmi ? Ertaga boshlamoqchimisan ? Endi meni 

soʻzlarimga quloq sol. Hayotda orzularing bormi ? Buyuk insonlardek senga havas 

qilishlarini istarmiding ? U holda sen buyuk boʻlishga munosibsan. Dunyoni oʻzgartira 

olishga qodirsan. Faqat sen hali yoʻldasan muvaffaqiyat gʻalaba seni yoʻlda kutib turibdi. 

Ishonaver sen buyuk insonlar safidan joy olishingga yaqin qoldi. Faqatgina sen oʻtirma 

charchadim, vaqtim boʻlmayapti, qoʻlimdan kelmayapti men uchun emas ekan deb. Yoʻq 

sen shunchaki buni istashing bunga bor vujuding bilan ishonishing kerak, oʻqib izlanishing 

o'sishing darkor. Biron manzilga borish uchun avvalo yoʻlni bosib oʻtish kerak. Sen hali 

oʻsha yoʻldasan seni orzuying,maqsading, muvaffaqiyating oʻsha manzilda kutmoqda ishon 

sen bu yoʻlni bosib oʻta olasan yoʻlni senga bilim oʻzi koʻrsatadi. Sen oʻqi ! Oʻrgan ! Kerak 

boʻlsa kuningni shunga bagʻishla ! Bu yoʻlda seni dangasalik, insonlarning qoʻysangchi sen 

qilolmaysan degan gaplari oyogʻingdan chalishga urinadi sen ularga eʼtibor berma bor 

etiboringni orzu va maqsadlaringga qarat, tasavvur qil sen muvaffaqiyatga erishganingda 

qanchalar baxtli insonga aylanasan, seni xurmat qilishni boshlashadi, senga havas qila 

boshlashadi. Nahotki shularni istamasang ? Nima oddiy insonlardek umringni 

oʻtkazmoqchimisan ? Hali hech kim uhlab, tushkunlikka tushib muvaffaqiyatli boʻlmagan. 

Hali hech kim tugʻilishi bilan gʻolib boʻlib qolmagan. Tinimsiz mehnat, shijoat, kuchli iroda 

ularni muvaffaqiyatli qilgan. Menga ishon sen ham bunga qodirsan, sen kuchlisan sen 

albatta uddalaysan, seni hali buyuk kelajak kutmoqda ! Mana endi sen oʻzgarding sen endi 

charchash nimaligini bilmaysan. Hozir oʻrningdan albatta turasan va ilm oʻrganishni 

boshlaysan, sport bilan shugʻullanishga kirishasan. Orzularingni birma-bir amalga 

oshirishga kirishasan qani boʻlaqol sen albatta uddalaysan 



Muallif : 

Nomozov Boysoat

 

Telegram kanalimiz : @InglizEnglish 



Testlar kanalimiz : @English_Tests 

 

Nomozov Boysoat 

page4 

 

Kitob intelektual mulk hisoblanadi. Uni muallif ruxsatisiz ko’paytirish, tarqatish va 



sotish taqiqlanadi. Mualliflik huqiqi qonun bilan himoyalandi 

Predloglarni qo’llashda qilinadigan xatolar 

Ingliz tilida ba’zi so’zlar o’zidan keyin ma’lum bir predloglarni oladi bu qonun tariqasda qabul qilingan. 

Aynan shu so’zlar keyin  qoidadagi emas boshqa bir predloglarni qo’llash juda ko’p uchrab turadi. 

Albatta qoidagi predlogni qo’llamaslik xato hisoblanadi. Bu yerda eng ko’p predloglar bilan 

qillinadigan xatolar berib o’tilgan.  

1. 

Absorbed in(juda qiziqqan, berlib ketgan), at emas. 

 

Wrong

: The man was absorbed at his work

 

Right

: The man was absorbed in his work

 

 

2. 

Accuse of(-da ayblamoq), for emas. 

 

Wrong

: She accused the man for stealing

 

Right

: She accused the man of stealing

 

Huddi shundek ayblamoq ma’nosida 



charge with ham ishlatiladi.  

The man was charged with murder - Bu 

odam qotillikda ayblangan  

3. 

Accustomed to(- ga ko'nikib qolgan), with emas. 

 

Wrong

: I’m accustomed with hot weather.

 

Right

: I’m accustomed to hot weather

 

Huddi shu ma’noda used to ham ishlatish mumkin. He is used to the heat – U issiqga ko’nikgan 

4. 

 Afraid of (dan qo’rqmoq, from emas. 

 

Wrong

: Shohsanam is afraid from the dog

 

Right

: Shohsanam is afraid of the dog 

 

5. 

 Aim at (ni nishonga olmoq), on yoki against emas. 

  

Wrong

: She aimed on(yoki against) the target

 

Right

: She aimed at the target

 

Bu fe’llar bilan yo’nalishni bildirish uchun 



at predloglarda foydalaning. Throw at, shout at, fire at,  

shoot at. Agar 

shoot o’zi at predlogisiz ishlatilinsa o’ldirmoq degan ma’no beradi. 

He shot a bird – U 

qushni otdi (qushni otdi va o’ldirdi)  

6. 

 Angry with ( dan jahli chiqgan), against emas. 

 

Wrong

: The teacher was angry against him

 

Right

: The teacher was angry with him

 

Eslatma : Angry with odamlar bilan ishlatilinadi, angry at esa narsalar bilan

.  He was angry at the 

weather ( 

angry withni the weather bilan ishlatib bo’lmaydi sababi angry with odamlarga ishlatiladi, angry at 

narsalarga.



Eslatma : Annoyed with, vexed with, indignant withodamlar bilan, lekin huddi shu so’zlar at bilan 

narsalarga nisbatan ishlatilinadi. 



7. 

 Anxious about ( dan xavotirlanmoq ma’nosida), for emas. 

 

Nomozov Boysoat 

page5 

 

Wrong



: They’re anxious for his health

 

Right

: They’re anxious about his health



Eslatma : Agarda “juda xohlamoq” ma’nosida anxious  for ishlatishimiz mumkin. 

Many civil servants 

are anxious for promotion. - Ko'pgina davlat xizmatchilari lavozimga ko'tarilishni juda xohlashadi

8. 

Arrived at (..ga yetib kelmoq), to emas. 

 

Wrong

:  We arrived to the village at night

 

Right

: We arrived at the village at night

 

EslatmaArrive at kichkina shaxar, qishloq va kichkina joylarga yetib borish, arrive in esa 

mamlakatlar va katta shaharlarga ye’tib bormoq ma’nosida ishlatiladi.  



He has arrived in London – U 

Londonga yetib borgan 

9. 

 Ashamed of (dan uyalgan) , from emas. 

 

Wrong

: He’s now ashamed from his conduct

 

Right

: He’s now ashamed of his conduct 

 

10. 

 Believe in (...ga ishonmoq) , to emas. 

 

Wrong

:  I don't believe to censorship of the arts

 

Right

: I don't believe in censorship of the arts 

 

11. 

 Boast of yoki about (...dan maqtanmoq) , for emas.  

 

Wrong

: James boasted for his strength

 

Right

: James boasted of(yoki about) his strength 

 

12. 

  Careful of, with, yoki about (...ehtiyot bo’lmoq), for emas. 

 

Wrong

: Abror’s very careful for her health

 

Right

: Abror’s very careful of/about her health

 

Eslatma : take care of – g’amho’rlik qilmoq. 

He takes care of his money - U pullariga g'amxo'rlik qiladi 

13. 

 Travel by train, etc.(poyezdda sayohat qilmoq), with train, emas 

 

   



Wrong

: He travelled with the train yesterday

 

 



Right

: He travelled by train yesterday.

 

Eslatma: by train, by plane, by boat, by bike; shuningdek, by land, by see, by air,  by bus, by car, by 

taxi. Lekin in a bus yoki on a bus, in a car, in a taxi, on horse-back, on a donkey on a bicycle; on foot.  

14. 

 Complain about ( dan shikoyat qilmoq), for emas 

 

Wrong

: Bobir complained for the weather.

 

Right

: Bobir complained about the weather 

Eslatma : Qachonki kasallikdan shikoyat qilishda complain of ishlatamiz. 

She complained of a sore throat - 

U tomog'im og'riyapti deb shikoyat qildi 

 

15. 

Composed of (dan iborat), from emas. 

 

Wrong

:  Our class is composed from thirty students

 

Right

: Our class is composed of thirty students

 

 

16. 

 Confidence in ( ga ishonch), to emas 

Nomozov Boysoat 

page6 

 

 



Wrong

: I have great confidence to you

 

Right

: I have great confidence in you 

 

17. 

 Conform to ( ga mos kelmoq, rioya qilmoq),  with emas 

 

Wrong

: We must conform with the rules

 

Right

: We must conform to the rules 

 

18. 

 Congratulate on ( tabriklamoq), for emas 

 

Wrong

: I congratulate you for your success

 

Right

: I congratulate you on your success 

 

19. 

 Consist of ( dan tashkil topmoq), from emas 

 

Wrong

:  A year consists from twelve months

 

Right

: A year consists of twelve months 

 

20. 

 Covered with (bilan qoplangan), with emas 

 

Wrong

: The mountains are covered by snow

 

Right

: The mountains are covered with snow 

 

21. 

Cure of ( dan davolanmoq), from emas  

 

Wrong

: The man was cured from his illness

 

Right

: The man was cured of his illness

 

 

Eslatma: Agar cure ot bo’lib kelsa for bilan ishlatilinadi. 

There is no cure for that disease – ushbu 

kasallikning davosi yo’q 

22. 

 Depend on yoki upon ( ga bog’iq bo’lmoq), from emas. 

 

Wrong

: It depends from her

 

Right

: It depends on (upon) her

 

Eslatma : rely on yoki upon – suyanmoq, tayanmoq, ishonmoq degan ma’no beradi. 

I can’t rely on (upon) 

him – Men unga ishonolmiman (suyanolmiman) 

23. 

 Deprive of ( dan mahrum qilish), from emas 

 

Wrong

: Nelson Mandela was deprived from his freedom.

 

Right

: Nelson Mandela was deprived of his freedom



 

24. 

 Die of an illness ( kassalikdan o’lmoq), from an illness 

 

Wrong

: Many people have died from malaria

 

Right

: Many people have died of malaria

 

Eslatma : Biz 

die fe’lidan keyin nimadan o’lganligini bu tarzda aytamizdie of illness (kasallikdan), of 

hunger (ochlikdan), of thirst (chanqoqdan), of yoki from wound (jarohatdan); from overwork (ortiqcha 

ishdan); by violence (zo’ravonlikdan), by the sword (qilichdan), by pestilence (o’latdan); in battle 

(jangda); for their country (vatani uchun), for a cause; through neglect (beparvolik orqali); on the 

scaffold (iskala ustida); at the stake (xavf ostida). 

25. 

 Different from (dan farqli), than emas 

 

Nomozov Boysoat 

page7 

 

Wrong



:My book is different than yours

 

Right

: My book is different from yours

 

 

26. 

  Disappointed by,about yoki at, (dan xafsalasi pir bo’lgan), from emas 

 

a)  by/at/about 

Wrong

:  Shohsanam was disappointed from the low mark she got in the test

 

Right

: Shohsanam was disappointed by/about/at the low mark she got in the test 

 

b)  with/in  

Wrong

: Jasur was disappointed from her son

 

Right

: Jasur was disappointed with/in her son

 

Eslatma : Odamlardan oldin in yoki with ishlatamiz, narsalardan oldin atabout yoki by ishlatamiz 

va 


gerunddan oldin at ishlatamiz: 

Akmal is very disappointed at not winning the prize – Akmal sovrini 

yutmaganidan juda xafa. 

   

27. 

 Divide into parts, (..qismlarga bo’lmoq), divide in parts emas 

 

Wrong

: I divided the cake in four parts

 

Right

: I divided the cake into four parts 

Eslatma : Divide in half yoki in two holida ham ishlatilishi mumkin ammo divide in parts holida emas.

 

Nargiz divided the apple in  half – Nargiz olmani ikkiga bo’lishdi 

28. 

 No doubt of yoki about (shubhasiz), for emas 

 

Wrong

: I’ve no doubt for his ability

 

Right

: I’ve no doubt of/about his ability

 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling