1. Otlarning son kategoriyalari (Birlik va ko’plikda)


Download 26.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi26.82 Kb.
#1567604
Bog'liq
Abdunazarova ona tili


1.Otlarning son kategoriyalari
(Birlik va ko’plikda)
1.Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning mehmondorchilig’I uchun yig’ilgan ,yuqorida ismlari o’tkan zotlardan Homid ,Rahmat ham Hasanali bor edilar.(O’tkan kunlar A.Qodiriy11-bet)
2.Ziyo shohidchi bilan o’g’li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxonga qistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishga sabab bo’lsa ham ,ammo bizning Otabekka sira asasr qilmas,xayollanib o’ltirar edi.(O’tkan kunlar A.Qodiriy 1-bet)
3.Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg’andan dasturxon qadrlik mehmonga maxsus turlangan edi.
4.O’ris shaharlariga borib savdo qilg’uvchilar turkistonda juda oz edi,chet ellarni ko’rgan Otabek majliska tasdiqlandi. (O’tkan kunlar 14-bet A.Qodiriy)
5.Majlis Otabekning shamay taassurotlarini maroq bilan eshitkan , shu kungacha hech kimdan eshitilmagan uning fikrlariga ajablangan edi.(O’tkan kunlar A.Qodiriy 15-bet)
2.Otlarning nokategorial shakllari.
1.Shokirbekning kecha ertalab chiqg’anidan beri daraksiz ketishiga tashvishlanib o’lturgan usta Ali muni yo’lakda ko’rishi bilanoq so’radi. (214-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy).
2.Kech Komilbekning Mirzakarim akaning qizi bilan nikohlari bo’lmoqchi ekan . (217-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy).
3.Qutidordek qo’ymijoz biro damning bunday zo’r ishga aralashqanlig’iga aql ham bovar qilmas edi. ( 94-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
4.Qushbegi javob berish o’rniga maktubni olib ko’rpacha ostig’a yashirdi va Kumushbibini tanbihladi .(94-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
5.Marg’ilon o’rdasida ko’rganimizdek bir dahliz , ammo bu o’zining naqshlari, gullari, anvo’I sirlari , oliyliq va ko’rkamligi bialn Marg’lonnikini ko’lagada qoldirarliq edi ersa - dan , eskirganligi uning ortiqlig’ig’a xalal bermakda edilar . (108-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
3.Otlarning aloqa-munosabat kategoriyalari
1.Bu yerda so’zimni eshitguvchi birov bo’lmadi,bo’lsalar ham :’’Sening orzuyingni shuxonlar eshitmadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb ma;yus qildilar.(O’tkan kunlar 15-bet).
2. Mening uning xon qizini olish maqsadi borlig’ini bilmayman , -dedi kulimsirab,-biroqul xon qizini olsa arzimaydigan yigit emas…..(o’tkan kunlar 17-bet).
3.Ammo Otabek to’g’risidag’I tashvishi boyag’idan o’n qaytaga orqan edi(O’tkan kunlar 20-bet ).
3. Ko’ylakchang egniga choponini yopinib o’rnidan turdi, hujradan chiqib otabek darichasi oldig’a yana kelib o’ltirdi.(O’tkan kunlar 20-bet ).
4. Endi uning butun borlig’I quloq bo’lib aylangan o’zini unutib barcha diqqati hujra ichiga og’gan edi. (O’tkan kunlar 20-bet ).
5. O’rni ustiga choponini yopti-da , ko’rpasi ichiga kirib o’lturdi va “chindan oshiqmi?”degan savolni ko’nglidan kechirdi . (O’tkan kunlar 20-bet ).

4.Otlarning kelishik kategoriyasi.


1.Ammo ertaga bekning o’zini sinab ko’rmakchi bo’lib ko’zi uyquga ketti . (O’tkan kunlar A.Qodiriy 21-bet ).
2. Bu gapsan keyin hasanalining ko’zi bekka tikilgan edi , agar tundagi uyqusirash Hasanalining o’ylag’an ehtimoliga to’g’ri kelsa , o’zining halegi so’zi Otabekka o’zgarish berishida shubha qilmas edi.( O’tkan kunlar A.Qodiriy 21-bet).
3. Hasanalining sinashi nihoyasiga yetgandek bo’ldi, hatto yuqoridag’I javobni eshutkan vqtida nima uchundir o’zini kulgudan arang to’xtatib qolg’an edi . ( O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
4.Ayniqsa sizning meng’a saqlag’an ishonchingiz tugalgan o’xshab o’zimdan qandog’ kamchilik o’tkaniga hayratdaman.(O’tkan kunlar A.Qodiriy 22-bet ).
5. Otabek o’ziga qattig’ tikilib turg’an hasanalidan yuzini chetka buzishka majbur bo’ldi . ( O’tkan kunlar A.Qodiriy 23-bet ).
5.Otlarning egalik kategoriyasi.
1.Otabek to’satdan o’zgarib , boyag’I asabiylik holatini yo’qotti, shumdog’ bo’lsa ham o’zini yig’ib kulgan bo’ldi.(O’tkan kunlar 23-bet ).
2.Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli…. (7-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
3. Qoqilib-suqilib yo’lak zindonidan qutiling’ach bir ulug’ ariq yoqasig’a,o’rdadek havliga chiqilur va rohat tin olinur.(O’tkan kunlar 24-bet ).
4. Havlining janub tarafi do’konlar orqasi , ammo katta tup gilos yog’ochlari qulab yotardilar. ( O’tkan kunlar 24-bet ).
5.Endi biz tashqari hovlini qo’yib mehmonxonaning yonidan ichkariga kiramiz .(O’tkan kunlar 25-bet ).
6.Otlarning yasalishi
1.Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonlik bilan qarshi olindi.(O’tkan kunlar 30-bet . A. Qodiriy).
2.Xayriddinning rahmdilligi , ammo tushunchasining kengligi,iymoni basalomat ekanligi (Tushda kechgan umrlar 6-bet . O’. Hoshimov ).
3.Soatning onasi eri qatl etilgandan keyin birdan namozxon bo’lib qolib , joynamoz ustida o’g’liga insof so’raydi.( Tushda kechgan umrlar 8-bet . O’.Hoshimov ).
4. “Oshqozoningizda kasal yo’q xola, xola , - dedi nihoyat.(Tushda kechgan umrlar 20-bet O’. Hoshimov ).
5.Qurbonoy xola bir qo’lida paqir , qo’ltig’ida supurgi bilan uyni aylanib o’tayotganida “do’m chekkasidagi baqaterak tagida sharpa ko’ringandek bo’ldi . ( Tushda kechgan umrlar 21-bet . O’. Hoshimov ).
7. Otlarning tuzilish jihatdan turlari
1. To’ybeka nari-beri oshini yeb tashqarig’a chiqib ketdi.(O’tkan kunlar 29-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy).
2. Hasanali Ziyo shohichining uyig’a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasiga qaradi . ( O’tkan kunlar 35-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy).
3. Saroy qop-qorong’i,tinch uyquda,ammo bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xashak chaynashlari va atrofdagi xo’rozlarning qichqirishlarig’ina buzar edilar.(19-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
4.Suv bir do’konning ostidan chiqib , bu havlida uch-to’rt quloch chamasi ochiq havoda oqar va ko’prik – tom ostig’a ketar edi.(27-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
5.O’rtada tag’in so’zsizlik, o’ngg’aysizlik boshlandi. (39-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )

8.Sifat so’z turkumi


1.Og’ir tabiatlik , ulig’ gavdalik , ko’rkam va oq yuzliq , kelishkan , qora ko’zlik , muttanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan yigit . ( O’tkan kunlar 4-bet . A. Qodiriy ).
2. Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik , yuzga to’la ozroqqina soqol – murtlik , 25 yoshlar chamalig’ bir yigit bo’lib , Marg’ilon boylaridan Ziyo shihodchi deganning Rahmat otlig’ o’g’lidir.(O’tkan kunlar 4-bet , A, Qodiriy ).
4.Bu chol Hasanali otlig’ bo’lib , 60 yoshlar chamasida, cho’ziq yuzliq, do’nggiroq peshonalik, sariqqa moyil , to’garak qora ko’zlik, oppoq uzun soqllik edi. (O’tkan kunlar 5-bet . A. Qodiriy ).
5.Birmuncha vaqt so’zsiz edilar. (O’tkan kunlar 35-bet.A.Qodiriy ).

9.Sifatlarning daraja kategoriyalari.

1.Aytkaningizdek masalani bu tarafi ham nozik , - dedi,-ammo qutidorning Otabekka qarashini yaxshi bilsam ham o’rtada yirog’liq masalasi bor….(O’tkan kunlar 37-bet . A.Qodiriy ).
2. Bu gal qusuq boyag’i qatiq aralash ko’kimtir va sarg’imtir narsalar edi. (O’tkan kunlar 362-bet A.Qodiriy ).
3. Hozir Zaynabning chehrasi ochiqroq ko’rinsa ham , ammo bu ochiq chehraning zamirida uni jiddiyroq mashg’ul qilg’an yana bir gap bordek (O’tkan kunlar 358-bet .A,Qodiriy ).
4. O’qug’uvchining juda qimmatliq vaqtini ayag’animdek , qalamni ham bu g’idi –bididan ozod qilishni muvofiq ko’dim . (O’tkan kunlar 349-bet.A.Qodiriy ).
5. Bir turlik,bir ohanglik nafis , musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga , qon tomirlarig’a ajoyib bir o’zgarish bergan edilar. (O’tkan kunlar 52-bet.A.Qodiriy ).

10.Sifatlarning yasalishi


1.”Tuzuk –tuzuk, kuyavlikka arzigundek , chaki chakkiga tushmabdi, olma-yu anor” deyishdilar. (54-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
2.Ammo shunisi ham borki, shu keying vaqtlarda Azizbek Qo’qonning yorlig’ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. (13-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
3.Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg’anliqdan dasturxon qadrli mehmonga maxsus turlangan edi. (13-bet O’tkan kunlar A.Qodiry ).
4.Shamayda ekanman, qanotim bo’lsa o’rusning hukumat qonunlarini birma – bir ars qilsam xon ham arzimni tinglasa-da , barcha elga yorlig’ yozib o’rusning idora tartibini dasturulamal etishka buyursa, men ham bir yoy ichida o’z elimni o’risniki bilan bir qatorda ko’rsam … (14-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
5.Ba’zi xotin uradirgan va xotin ustiga xotin olib, xotinlarig’a zulum qiladirg’an hayvonsifat kishilardan bo’lib ketishi menimcha ehtimoldan juda uzoqdir,inim mulla Xomid….(17-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
11.Sifatlarning tuzilish turlari

1.Kumushning yaqinlarig’a emas, balki fojiadan xabardor bo’lg’an shaharning katta-kichigi Zaynabga beriladigan jazoni erta-kech kutmakda edilar . ( O’tkan kunlar 365-bet A.Qodiriy ).


2.Qiziq, u avvalo urinadiki, qani aqalli bir quchoq surilsa. (O’tkan kunlar 51-bet . O’.Hoshimov ).
3. Tuzuk –tuzuk , kiyavlikka arziguvlik, chakki-chakkiga tushmabdi ,olma-yu anor.(O’tkan kunlar 54-bet A.Qodiriy ).
4.Qo’rboshi kelguvchining salomiga e’tiborsizg’ina javoblang’an bo’ldi-da , ruhsiz bir tovush bilan dedi.(60-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
5.Rayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabayroq to’nlik kishi Hasanalini ko’rishi bilanoq :(81-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
12.Son so’z turkumi
1. Bu uyda o’ttiz – qirq chamaliq qizlar majlisi, gullar majlisi . (O’tkan kunlar 49-bet A.Qodiriy).
2.Unashilg’an kunga bugun yettinchi kun, - dedi Oftob oyim ,-
Shundan beri Kumushingiz kun ham yig’laydi, tun ham . (O’tkan kunlar 48-bet . A.Qodiriy ).
3.Ikki soatlik qiziq bazimdan so’ng qizlar charchadilar-da o’yinni to’xtatdilar.(O’tkan kunlar 52-bet A,Qodiriy ).
4.Ikki yoshg’a muhabbatlik umr so’rab fotiha o’qilgandan so’ng Otabek ichkariga uzatildi . ( O’tkan kunlar 55-bet A.Qodiriy ).
5.Hukumat xizmatida turg’aningdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan… ( O’tkan kunlar 86-bet A.Qodiriy).

13.Son ma’nosi va gramatik belgilari


1.1264-hijriy , dalv oyining o’n yettinchisi qishqi kunlarning biri , quyosh botqan tevarakdan shom azoni eshitiladir..(4-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
2. Darvoza sharqi janubiga qaratib qurilgan bu dongdor saroyg’a Toshkent, Samarqand, Buxoro savdogarlari joylashg’anlar, saroydagi bir-ikki hujrani isloh qilish bilan boshqalari musofirlar bilan to’la. (4-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
3. Saroy darvozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan biravi darvoza yonidag’i kimdabdir so’radi: (4-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
4. Hasanali o’ttiz yoshliq vaqtida sotib olg’an bir cho’riga uylantirilg’an bo’lsa ham, ammo o’g’il-qizlari bo’lmag’an, bo’lsalar ham yoshliqda o’lib ketkanlar. (6-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
5.-Yigirma to’rt yoshg’a kirdimmi, ota? - dedi bek. (7-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
14.Sonning sintaktik vazifalari va ma’no jihatidan turlari .
1. O’ttiz qadam bosmay tag’in ikki o’likka uchradilar. (278-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
2. Kumushbibi endi o’n yettini qo’yib o’n sakkizga qadam bosqanliqdan bo’yi ham onasig’a yetayozg’an, ammo jussasi onasig’a ko’ra to’laroq edi. (27-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
3. Mirzakarim ismli qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko’z, yaxshig’ina kiying’an bir kishi bo’lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag’I bir keksa edi. (11-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
4. Ammo haqiqatda oradan o’n besh-yigirma yil o’tib, siz ham katta yigit bo’lg’ansiz, umr-otilg’an o’q emish. (11-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy)
5. Anavi kun Marajabbek bilan hisoblashib ko’rsak, Qo’qonning o’zidan ikki yilning ichida yetmish sakkiz bek o’ldiribdilar. (266-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy )
15.Olmosh so’z turkumi
1.Bu bizning kishimiz taqsir , Marg;ilondan keladir.(81-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
2.Menga ruxsatmi ,bek ?(82-bet O’tkan kunlar A. Qodiriy ).
3.Nega vaqtsiz kelding, Otabek sog’mi ? –deb so’radi . (82-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
4.Uning qandey kishi bo’lg’anini Toshkentning yetti yosharidan yetmish yosharig’acha bilganlikdan guzar va mahallalardan unga duch kelgan kishilar joylaridan turib salom berarlar. ( 83-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
5.Nima va qaysi to’g’rilarda so’zlashdilar , Otabek qipchoqlarg’a qarshi so’zlamadimi ? (83-bet O’tkan kunlar A.Qodiriy ).
Download 26.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling