1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
- Topshiriq: 1. Tutuq belgisi qo’yilishi bilan ma’nosi o’zgaruvchi so’zlar toping.
Tutuq belgisining ishlatilishi
1. Tutuq belgisi a’lo, Ra’no, ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l, Nu’mon, shu’la kabi o’zlashma so’zlarda unlidan keyin kelib, uning cho’ziqroq aytilishini ifodalaydi. 2. San’at, in’om , qat’iy, mas’ul , sur’at, qal’a singari o’zlashma so’zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo’yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. 3. S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasida tutuq belgisi qo’yiladi. Masalan, Is’hoq, as’hob. 4. Moʻjiza, moʻtadil , moʻtabar kabi soʻzlarda oʻ unlisi choʻziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qoʻyilmaydi. 16-mashq. Quyidagi she’riy parchadagi tegishli so’zlarga tutuq belgisini qo’yib ko’chiring. Shaklkim mitti vergul go’yo, Mano, Rano men-la ro’yo. Kaba, qala, vada, surat Meyor-u etibor, jurat Davat, talat, suniy, sanat Mensiz yozilmasdir, albat. Etiroz-u, elon, ezoz Hamisha men bilan hamroz. Topshiriq. 10 ta tutuq belgisi qo’llangan so’zli gaplar tuzing. Mashq. Berilgan juftlikdagi so’zlarning ma’nosini izohlab, farqini tushuntiring. Ularishtirokida gaplar tuzing. San’at -sanat sur’at -surat qal’a -qala She’r -sher sa’va -sava ta’na -tana Topshiriq: 1. Tutuq belgisi qo’yilishi bilan ma’nosi o’zgaruvchi so’zlar toping. Alam, davo, nasha, sanat, surat, etibor, tana, tasir-tusur, taqib, sher, sava, qala, davosiz, qada… Namuna: Ayon- a’yon. Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi. O’zbekcha so’zlarning fonetik tuziilishidagi o’ziga xoslik shundaki, so’zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so’zning oxirida ham st (ost,ust), lt (yilt,milt), rt (to’rt, turt, qurt) kabi qator undoshlardan tashqari boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi. Traktor, stakon, stol kabi so’z boshida qator undosh kelgan so’zlar ovro’pa tillaridan kirib kelgan so’zlardir. So’z oxirida qator undosh kelgan go’sht, musht, daraxt, barg,baxt kabi so’zlar esa, asosan fors-tojik tilidan o’tgan. Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir. So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi. Go’sht, do’st, barg kabi so’z oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling