1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Sifat, ravish, taqlid so’zlardan sifat yasovchi qo’shimchalar
- Sifat yasovchi qo’shimchalar Sifat yasovchilar so’z yasovchi qolipida quyidagi tarkibda joylashadi
- Fe’l yasovchi qo’shimchalar
- Shaxs- son qo’shimchalari(tuslovchilar) I guruh tuslovchilari
- II guruh tuslovchilari
- III guruh tuslovchilari
- Fe’l yasovchilar so’z yasalishi qolipida quyidagi tartibda joylashadi
Sifat yasovchi qo’shimchalar Sifat yasovchilar so’z yasovchi qolipida quyidagi tarkibda joylashadi: Asos (ot, sifat, fe’l, ravish, taqlid) + sifat yasovchi + lug’aviy shakl (-gina,- kina, -qina, -roq, -mtir, -imtir, -ish) = yasama sifat. Quyidagi so’zlarni namunadagidek yozing. Namuna: kuch+li+roq - asos (ot) +sifat yasovchi + lug’aviy shakl (qiyosiy daraja shakli) = 3 morfema, yasama sifat. Jizzakiroq, serhosil-ku, havoyiroq, sezgirroq, iliqroq, qarimsiq, bijildoqroq, achimsiq, ko’tara (savdo), noma’lum, teshik, kechagi, dastlabki, erkin, g’amxo’r, devonavor, bilag’on, sayroqi, ozg’in, asrandi, qizg’anchiq, qoloq, kechagi, likildoq, fidoyi, aybdor, maymunsimon, ig’vogar, tinch, tirishqoq, muzdek, gapdon, o’tmas, tuzuk, sog’lom, bahorgi, ishchan, badavlat, zulmkor, devoriy, o’tkir, hurkovuch. Fe’l yasovchi qo’shimchalar
Shaxs- son qo’shimchalari(tuslovchilar) I guruh tuslovchilari Bor+di+m - asos+zamon+I-shaxs birlik (sintaktik. shakl hosil qiluvchi); Bor+di+ng - asos+zamon+II-shaxs birlik (sintaktik. shakl hosil qiluvchi); Bor+di - asos+zamon Bor+di+k - asos+zamon+I-shaxs ko’plik (sintaktik. shakl hosil qiluvchi); Bor+di+ngiz - asos+zamon+ II-shaxs ko’plik (sintaktik. shakl hosil qiluvchi); Bor+dilar - asos+ (tuslovchi+zamon) II guruh tuslovchilari Bor+a+man - asos+zamon+I-shaxs birlik (sintaktik) Bor+a+san - asos+zamon+II-shaxs birlik (sintaktik) Bor+adi - asos+zamon Bor+a+miz - asos+zamon+I-shaxs ko’plik (sintaktik) Bor+a+siz - asos+zamon+II-shaxs ko’plik (sintaktik) Bor+adilar - asos+zamon+ III-shaxs ko’plik III guruh tuslovchilari Bor+ay - asos (fe’l)+I-shaxs birlik (mayl qo’shimchasi) Bor+gin - asos+ II-shaxs birlik (mayl qo’shimchasi) Bor+sin - asos+ III-shaxs birlik (mayl qo’shimchasi) Bor+aylik - asos+ I-shaxs ko’plik (mayl qo’shimchasi) Bor+ingiz - asos+II-shaxs ko’plik (mayl qo’shimchasi) Bor+ sinlar - asos+III-shaxs ko’plik (mayl qo’shimchasi) Fe’l yasovchilar so’z yasalishi qolipida quyidagi tartibda joylashadi: Asos (ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid, modal) + fe’l yasovchi + lug’aviy shakl +sintaktik shakl hosil qiluvchi = yasama fe’l. Quyidagi so’zlarni namunadagidek tahlil qiling. Namuna: ish+la+di+k - asos (ot) +fe’l yasovchi + zamon (lug’aviy shakl) + I-shaxs ko’plik (sintaktik shakl hosil qiluvchi) = yasama fe’l, 4 morfema. Oq-la-di-ngiz - asos (sifat) +fe’l yasovchi + zamon (lug’aviy shakl) +II-shaxs ko’plik (sintaktik shakl hosil qiluvchi) = yasama fe’l, 4 morfema. Sekinlayapti, shivirlagansiz, chuhlamoqdasiz, senlayapti, chirqillayapti, tunamoqchiman, bo’shayapman, o’ynamoqdasiz, qiziqyapti, qisqargan, ko’karmoqda, birikmoqchi, yo’liqqan, boyidik, tinchidingiz, faxrlandim, ikkilanyapman, ko’maklashdingiz, suhbatlashmoqda, yarqiradi, sensirayapman, suvsadim, qoraygan, kuchayadi, yo’qotdim, to’latdingiz, berkitmoqchi, gapirmadim, tupurmagansiz. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling