1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


-mavzu: O’zbek tilining yangi imlo qoidalari


Download 336.21 Kb.
bet31/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

5-mavzu: O’zbek tilining yangi imlo qoidalari
Yozuv va uning tarixi
Bilib oling. Yozuv fikrning tashqi shakily ifodasidir. Yozuv orqali kishilar o’z fikrlarini bir-birlariga bildiradilar, avlodlarga qoldiradilar. Yozuv orqali biz minglab yillar oldin o’tgan voqealar, shaxslar, ilm va odatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lamiz. Ana shunday qiymatga ega bo’lgan yozuv birdan paydo bo’lmagan.
Dastlabki yozuv rasmlar orqali (bu xil yozuv piktografik, “pictus” -chizilgan, “graphe” - yozaman, yozuv deyiladi) bo’lgan. Bunda har bir rasm (yoki narsa) biror ma’no ifodalagan (quyosh- kunduzni, oy- tunni, toshbaqa- baxtni kabi).
Yozuvning keying davri - ideografik yozuvdir (grekcha “idea”- tushuncha, “graphe” - yozaman). Bu xil yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik shakl olinadi. Masalan, ko’z -ʘ, asir - O, oy - , tog’ -  kabi.
Piktografik va ideografik (uning birinchi bosqichlarini logografik (“logo” -so’z, “graphe” -yozaman) yozuv ancha murakkab bo’lib, yuzlab shakllarni chizish va ularning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi - fonografik (yun. “phane” -tovush, “graphe”- yozaman) yozuvga - avvalo ayrim bo’g’inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o’tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya yozuvi bilan bog’lanadi.
Xalqlar fonetik yozuvning turli - lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlari va ularning ayrim o’zgargan turlari kabi shakllarini yaratganlar.
Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog’och, qamish kabi qattiq jismlarga, so’ngra pergament va qog’ozga yozilgan. Yozuvlar o’ngdan chapga, chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga qarab o’qilishi mumkin.
Tarixda o’rxun-enasoy, so’g’d, xorazm, uyg’ur ,Avesto kabi yozuv turlaridan foydalanilgan.
O’rta Osiyoda VIII-IX asrlarga kelib arab yozuvi tarqala boshlagan va qariyb 1200 yil qo’llanib kelingan.
1930-yildan to 1940-yilgacha lotin yozuvidan foydalanilgan.
1940-yil may oyidan rus grafikasiga asoslangan o’zbek yozuvi amalga tatbiq etildi.
1993-yilning 2-sentabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling