1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Ayrim Grammatik shakllarorfoepiyasi
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
Ayrim Grammatik shakllarorfoepiyasi.
O’zbektilidaunlitovushlar, ayrimundoshtovushlarningorfoepiknormalaribilanbirga, so’zgaqo’shiladigan Grammatik shakllarninghamquyidagiorfoepiktalaffuzme’yorlarimavjud. Ayrim Grammatik shakllarningtalaffuzholatlariyozuvgata’sirqilmaganholda, ayrimlar Grammatik shakllarningtalaffuzigabinoanyozuvdaberilishiorfoepiyaningimloqoidalarigakiritilgan. Grammatikshakllarningtalaffuziyozuvdaaksetmaydiganquyidagiko’rinishlarhammavjud: 1) jo’nalishkelishigiqo’shimchasi – ga: sinfga-sinfka, kuchga-kuchka, ishga-ishka, darsga-darskakabiso’zlarda –katarzidaaytiladi; 2) o’rin-paytvachiqishkelishigiqo’shimchalari –da, -dan: universitetda-universitetta, gilosdan-gilostan, kurashda-kurashta, yog’ochdan-yog’ochtankabi –ta, -tantarzidaaytiladi. Bahorda, kuzdan, bozordan kabi so’zlarda –da, -dan tarzida aytiladi; 3) uch, to’rt sonlariga –ov, -ala qo’shimchalari qo’shilganda, bir ch, t tovushlari orttirilib talaffuz qilinadi: uchala-uchchala, to’rt-to’rtala kabi; 4) –cha, -chan qo’shimchalari oxiri t, d undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda: adabiyotchi-adabiyochchi, harakatchan-harakachchan, tanqidchi-tanqichchi kabi talaffuz qilinadi; 5) –boz, -bon qo’shimchalari dorboz, kaptarboz, masxaraboz, darvozabon kabi so’zlar tarkibida –voz, -von shaklida aytiladi: dorvoz, kaptarvoz, masxaravoz, darvozabon kabi; 6) o’tgan zamonni hamda III shaxsni ko’rsatuvchi –di qo’shimchasi, oxiri b undoshi bilan tugagan fellarga qo’shilganda yozibdi-yozipti, boribdi-boripti, chopdi-chopti kabi jarangsiz undosh t undoshi bilan tugagan so’zlarda ham aytdi-aytti, ko’rsatdi-ko’rsatti, bekitdi-bekitti kabi aytiladi; 7) o’tgan zamon sifatdosh qo’shimchasi –gan jarangsiz t, sh, ch undoshi bilan tugagan fellarga qo’shilganda, ketgan-ketkan, shoshgan-shoshkan, kechgan-kechkan kabi aytiladi; 8) –lik ot yasovchi qo’shimchasi og’zaki nutqda tinchlik-tinchli, yaxshilik-yaxshili, shodlik-shodli kabi talaffuz qilinadi. Talaffuz va ohang Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og’zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori ustiga qo’yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo’ladi va bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi. Ustsegment birliklar urg’u, to’xtam (pauza), nutqning emotsional bo’yog’i (darak, so’roq, buyruq, his-hayajon) kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi. Og’zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o’zaro munosabatidan iborat bo’ladi. Ko’pincha bunga imo- ishoralar, mimikalar qo’shilib, nutqimizni yana ham ta’sirli, bo’yoqdor qilishga xizmat qiladi. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling