Yozuvning paydo bo'lishi va jamiyat tarixidagi o'rni


Download 61.5 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1312203
  1   2   3   4
Bog'liq
YOZUVNING PAYDO BO\'LISHI VA JAMIYAT TARIXIDAGI O\'RNI


YOZUVNING PAYDO BO'LISHI VA JAMIYAT TARIXIDAGI O'RNI
R e j a :

  1. Yozuv. Yozuv va til.

  2. Yozuv tarixidan.

  3. Davr va yozuv taraqqiyoti.

Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo`lishi, piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi.


Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o`ynagan. Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi.


Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma’nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv og`zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo`shimcha aloqa vositasi bo`lsa-da, unga qaraganda ko`p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o`rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo`lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili uchun noqulaylik tug`diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.
Yozuv tildan ancha keyin paydo bo`lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo`lgan. Og`zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo`lishiga olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to`lqinlari yetib borishi mumkin bo`lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo`lishidan oldin inson ramziy vositalardan keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling